Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘zA: O‘z bolamizni, uyimiz va mahallamizni o‘zimiz asraylik!

×

 2019-02-24 20:38:11    471

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida shu mavzuda umumprofilaktik targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarni sektorlarga bo‘lgan holda ish tashkil etish tizimining joriy qilingani xalq bilan aniq manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga zamin yaratdi. Farg‘ona viloyatida ham bugungi kunda ushbu yo‘nalishdagi ishlar yangi bosqichda davom ettirilmoqda. Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda sektorlar faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan mazkur tadbir ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.

Sektor rahbarlari boshchiligida targ‘ibot guruhlari shakllantirilib, deputatlar, imom-xatiblar, madaniyat va sport sohasi vakillari hamda iqtidorli yoshlar jalb etildi. O‘tkazilgan tadbirlarga 4 mingdan ziyod aholi, jumladan, 720 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar qamrab olindi.

Marg‘ilon shahar hokimi, 1-sektor rahbari Mirzohid Ubaydullaev rahbarligidagi targ‘ibot guruhi tadbirlari 1-umumta’lim maktabidan boshlandi. Dastlab o‘quvchilar hunarmandchilik namunalari, o‘qish va sportda erishayotgan yutuqlarini namoyish etdi. Maktab majlislar zalida “Oila – muqaddas qo‘rg‘on” mavzuida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Targ‘ibot guruhi a’zolari – O‘zbekiston xalq artisti YOrqinoy Hotamova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Dilfuza Abdullaeva hamda o‘qituvchilar, ota-onalarning samimiy muloqotidan so‘ng a’lochi o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Marg‘ilon milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida “Men ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman”, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzularida insholar, tasviriy san’at tanlovlari o‘tkazildi. Hududdagi Hunarmandchilik markazida o‘tkazilgan osh tanlovida 15 oshpaz ishtirok etdi. Targ‘ibotchilar guruhi sektor hududidagi mahallalarda bo‘lib, uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar a’zolariga sovg‘alar berdi.

SHahar prokurori, 2-sektor rahbari Alisher Xo‘jaev boshchiligidagi targ‘ibotchilar ishtirokida 23-umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazilib, farzandlar ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq muhim masalalar sarhisob qilindi. YOshlar markazida hunarmand yoshlar mahsulotlari ko‘rgazmasi, “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘inida “Prokuror sovrini uchun” futbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Marg‘ilon shahar drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan spektakl namoyish etildi.

Marg‘ilon bank kollejida 3-sektor rahbari, shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i SHavkatjon Dadaxonov boshchiligidagi targ‘ibot guruhi a’zolari hamda ota-onalar, o‘qituvchi-murabbiylar, o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati kelajagimiz vorislarining o‘qishi, axloq-odobiga bag‘ishlandi. SHundan so‘ng Turkiston ko‘chasi bo‘ylab yugurish bo‘yicha ommaviy sport musobaqasi o‘tkazildi. Marg‘ilon xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kollejida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 43 ta muassasa 425 ta ish o‘rni taklif etdi. YArmarka davomida “YOdgorlik” va “AVS tekstil” korxonalari, oilaviy poliklinika va maktabgacha ta’lim muassasalari hamda ish izlovchilar o‘rtasida 30 ga yaqin mehnat shartnomasi imzolandi. “Libos – madaniyat ko‘zgusi” deb nomlangan yana bir targ‘ibot tadbirida hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Viloyat musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Zalolat” spektakli tadbir qatnashchilarining maroqli dam olishini ta’minladi.

Targ‘ibot guruhi a’zolari va shahar faollari jam bo‘lgan avtobus 32-umumta’lim maktabida tantanali ravishda kutib olindi. SHahar davlat soliq inspeksiyasi, 4-sektor rahbari Umidjon YUsupov boshchiligida ta’lim dargohida bo‘lib o‘tgan ota-onalar majlisi yangicha uslubda tashkil etildi. Yig‘ilishlar guruhlarga bo‘lingan holda olib borilib, o‘qituvchilar jamoasi birinchi, ota-onalar ikkinchi, o‘quvchilar uchinchi, ekspertlar to‘rtinchi guruhdan joy egallashdi. SHu tariqa fikrlar erkinligi va xilma-xilligi asosida ish yuritishning samarali usullari belgilandi.

Marg‘ilon shahar pedagogika kolleji, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi hamda shahar drama teatrida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirlarda sektor faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar kelishib olindi.

Ijodkorlar bog‘ida targ‘ibot tadbirlarining yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi. “Eng orasta libos”, “Eng yaxshi ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazgan maktab”, “Eng mohir oshpaz” singari 20 dan ortiq nominatsiya g‘oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

San’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.