Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘zA: Farg‘onalik jurnalistlar Surxondaryoda

×

 2019-02-24 20:55:08    479

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati jurnalistlari mamlakatimiz janubiy hududlarida yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar bilan yaqindan tanishish, hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashish, kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Surxondaryo viloyatiga keldi.

Termiz temir yo‘l vokzalida mehmonlar davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ijodkorlar va yoshlar tomonidan tantanali kutib olindi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda borcha sohalarda bo‘lgani kabi adabiyot, madaniyat va san’atni yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishi, amalga oshirilayotgan islohotlarni xolis, tezkor yoritishi uchun qulay sharoitlar yaratishga e’tibor kuchaytirildi. SHunga muvofiq Surxondaryo viloyatida ham ijodkor ziyolilarning munosib turmush kechirishi, izlanib, mehnat qilishi, jamiyatda yutuq va muammolarni ochiq yozishi uchun zarur qulaylik yaratilmoqda.

Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari jurnalistlarning Termizdagi uchrashuviga ikki hudud ijodkor-ziyolilari alohida hozirlik ko‘rdi. Viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa hayoti aks etgan qo‘shma gazetalar chop etilib, hamkorlikda teleko‘rsatuvlar tayyorlandi. Kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.

Farg‘onalik jurnalistlar o‘z safarlarini Termiz shahridagi Matbuot uyining qayta rekonstruksiya qilingan yangi binosi faoliyati bilan yaqindan tanishishdan boshladi.

Mazkur bino bundan o‘ttiz yil muqaddam foydalanishga topshirilgan. O‘tgan davrda bosma ommaviy axborot vositalari xodimlari etarli qulayliklarga ega bo‘lmagan inshootda faoliyat yuritib keldi. To‘rt qavatli bino chorak asrdan ko‘proq muddat ta’mirlanmagani sababli uning tashqi va ichki ko‘rinishlari nochor ahvolga tushib qolgan edi.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 avgustdagi O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvidan so‘ng mazkur bino qayta rekonstruksiya qilinib, barcha qulayliklarga ega muhtasham zamonaviy inshootga aylantirildi. Buning uchun 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Isitish tizimi bunyod etildi. Xonalar yangi mebellar, qishda isitib, yozda sovitadigan zamonaviy konditsionerlar bilan jihozlandi. Birinchi qavatda matbuot anjumanlari o‘tkaziladigan keng, yorug‘ zal, kutubxona, kitob do‘koni, ikkinchi qavatda majlislar zali, yosh ijodkorlar to‘garagi barpo etildi. Binoning har bir qavati yuksak did bilan bezatildi. Inshootning tashqi qismi ham tamomila yangi, zamonaviy qiyofada bo‘y ko‘rsatdi.

Ayni paytda bu binoda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston YOzuvchilari, Jurnalistlari uyushmalarining viloyat bo‘limlari, respublika markaziy nashrlarining vohadagi muxbirlari, Termiz shahrida chop etiladigan gazetalar faoliyat yuritmoqda.

Ikki kunlik safar davomida farg‘onalik jurnalistlar “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari birlashgan tahririyati, Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasida bo‘lib, ijodiy muloqotlar o‘tkazadi. O‘zaro tajriba almashadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan yaqindan ham tanishadi. Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida farg‘onalik harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida Mannon Uyg‘ur nomli Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri san’atkorlari tomonidan Rizaev asari asosida sahnalashtirilgan “Ona” spektaklini tomosha qiladi. SHuningdek, tarixiy obidalarni ziyorat qilib, Termiz shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladi.