Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘zA: Farg‘ona shahar hokimligi: bozordagi narx navo asosli emas

×

 2019-02-24 21:05:38    59

PDF yuklash
Chop etish


“Uza.uz” saytida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganish natijalari yuzasidan “O‘zbekiston bozorlarida mol va tovuq go‘shti qimmatlashdi(mi?)” nomli xabarda mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 17 fevral holatidagi narxlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozorida mol go‘shti narxi 36-40 ming so‘m, qo‘y go‘shti 34-40 ming, tovuq go‘shti 18-20 ming so‘mdan sotilayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Farg‘ona shahar hokimligi bunga o‘z munosabatini bildirdi. SHahar hokimi H.Habibiddinov imzosi bilan kelgan xat tahrirsiz e’lon qilinmoqda.

"Ushbu maqoladagi ko‘rsatib o‘tilgan holatlar shahar hokimligi tomonidan o‘rganib chiqildi. Unda berilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Farg‘ona shahar hududidagi dehqon bozorlarda narx-navolarni barqarorligini saqlash aholini arzon va sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishonchli ta’minlash, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarini barqaror saqlanishini, narxlarning asossiz oshib ketishini oldini olish, sanitariya holatini yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “SHahar maxsus shtabi” tuzilgan bo‘lib, muntazam faoliyat olib bormoqda.

SHuningdek, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” jamoat fondi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faollaridan iborat “Jamoatchilik nazorati” guruhlarining faoliyati yanada kuchaytirilgan va qo‘shimcha guruhlar tashkil etilib, dexqon bozorlaridagi mahsulotlar turlari, hajmlari va sifati, narx-navolarning barqarorligi, tozalik, savdo madaniyati, xaridorlar va savdo qiluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar muntazam o‘rganilmoqda.

Bugungi kunda bozorlarda asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari – mol go‘shti 30-36 ming so‘m, qo‘y go‘shti 34-40 ming so‘m, tovuq go‘shti 14-17 ming so‘m, tuxum 400-550 so‘m, kartoshka 1500-2000 so‘m, piyoz 600-1000 so‘m, sabzi 1200-1500 so‘m va mevalar 1000-10000 so‘mdan sotilishi ta’minlanmoqda.

SHu sababli Sizdan, ushbu maqola yuzasidan raddiya moqola e’lon qilishingizni so‘rayman.

Farg‘ona shahar hokimligi ommaviy axborot vositasida berilgan har qanday xolis, ishonchli, haqiqatga asoslangan xabar yoki maqolani e’tiborsiz qoldirmaydi".