Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Xalq so‘zi”: Farg‘onada uy tomida ko‘chatlar etishtirilmoqda

×

 2019-02-27 20:21:40    194

PDF yuklash
Chop etish


Beshariq tumanining Ropqon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Dilmurod Abdusaliev o‘z xonadoni tomorqasidan ulkan daromad olish borasidagi tajribasi e’tiborga loyiq. Bu oila issiqxonalarida ko‘p yillardan buyon pomidor-bodring, sitrus mevalar parvarishlanadi. Uy tom qismida turli ko‘chatlar etishtirib sotish orqali ham yaxshigina daromadga ega bo‘lishadi.

– Izlangan imkon topar deydi, dono xalqimiz. Mol-qo‘y boqadigan og‘ilning tom qismi erta bahordayoq qishga zaxira qilingan xashaklardan bo‘shaydi, –deydi D.Abdusaliev. – Kech kuzga qadar bo‘sh yotishiga qarab tura olmadim. Uy sharoitidan kelib chiqib engil vaznli issiqxona qildim. Hozir tomda alohida qog‘oz va sellofan idishlarda 3 ming tupdan ortiq pomidor ko‘chatlari va Rossiya davlatidan olib kelingan, to‘rt faslda ham meva beradigan qulupnayning “Romentalnыy” navini ham shu tomda ko‘paytiryapmiz. Har yili birgina limon etishtirish orqali 30 million daromad olamiz. 10 turdagi xonaki gullar, ko‘kat etishtirishni ham kanda qilmaymiz. Limon ko‘chatlari ostida bulg‘or qalampiri, tarvuz ko‘chatlari etishtiramiz. Tajriba sifatida apelsin ko‘chatini uy sharoitida parvarishlayapman. Bu yil bir dona meva tugdi. Natija kutilganidek bo‘lyapti. 

Dilmurod Abdusaliev xonadonida baliq boqish uchun hovuz ham tashkil qilgan. Em-ozuqalar bilan mineral o‘g‘itlarga boyigan hovuz suvi esa issiqxonalarga yo‘naltiriladi.

Aytib o‘tish joizki, Kuni kecha Rapqon mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan amaliy seminar mavzusi ham tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, yutuqlarni ommalashtirish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga barham berishga bag‘ishlandi. Unda mahalliy hokimlik va daxldor idoralar mutasaddilari bilan birgalikda 400 nafarga yaqin aholi-tomorqa er egalari ishtirok etdi.

–Bundan buyon tomorqadan foydalanishda yalqov va dangasalik qiladigan oilalar aslo kechirilmaydi, –dedi Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘raev. – Aslida bugungi davr talabi ham shu – har bir oilada tomorqani ulkan daromad manbaiga aylantirish. Tumanimizda gulchilik, ko‘chatchilik, bog‘dorchilik singari tarmoqlardagi ilg‘or tajribalarni faqatgina ommalashtirish orqaligina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. SHu bois barcha fuqarolar yig‘inlarida xo‘jako‘rsinga emas, amaliy seminarlar o‘tkazilyapti.

Fevral oyida hududlarda 100 dan ortiq tashkillangan shu mavzudagi seminarlar Farg‘ona viloyati aholisining tomorqalaridan maksimal darajada foydalanish va foyda olish qobiliyatini shakllantirishga qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2018 yil davomida targ‘ibot tadbirlari va keng jamoatchilik vakillarining tushuntirishlariga qaramasdan o‘z tomorqalaridan foydalanishni istamagan 250 dan ortiq xo‘jaliklarga nisbatan so‘ngi chora -belgilangan tartibda tomorqasidan foydalanish huquqidan mahrum qilish choralari qo‘llanilgan.