Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Mart 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Xalq so‘zi”: Quvasoyga 38,7 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritiladi

×

 2019-02-27 20:26:39    86

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan sobiq “Quvasoy chinnisi” aksiyadorlik jamiyati hududida kichik sanoat zonasi tashkil etildi.

– Viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasi balansidagi ushbu sanoat zonasining umumiy er maydoni 12 gektar, bino va inshootlar maydoni esa 3,4 gektardan iborat, – deydi Quvasoy shahar hokimi o‘rinbosari Abdusamad Haydarov.

Mazkur kichik sanoat zonasi hududida yaqinda yillik ishlab chiqarish hajmi 18 milliard so‘mdan iborat “Running busines trans invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona tashkil etildi.Qo‘shma korxonada asosan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi, deydi turkiyalik investor Umit Kaxreyji. – Korxonaga jami2,1 million AQSH dollari investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan. Birinchi bosqich loyihasi uchun 1,1 million dollar mablag‘ sarflandi va 300 ta ish o‘rinlari yaratildi. Keyingi bosqichlarda ishchilar sonini va mahsulotlar turini ko‘paytiramiz.

– Mahsulotlarimiz asosan Evropa davlatlariga, jumladan, Rossiya, Ukraina, Fransiyaga eksport qilinadi, – 24 yoshli korxona rahbari Husniddin Otaboev. – So‘nggi rusumdagi zamonaviy tikuv mashinalari, bichish, tikish, taxlash dastgohlari quvasoylik opa-singillarimiz uchun yanada qulaylik tug‘dirmoqda. 

Kichik sanoat zonasi uchun tanlovlar o‘tgan yilning avgustida o‘tkazilgan.Uning tarkibida 10 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va mahalliy investitsiya kiritadigan korxonalar shakllandi.

“Dostonbek – SHohsanam” mas’uliyati cheklangan jamiyati Quvasoy kichik sanoat zonasida 450 million so‘m mablag‘ bilan konditer va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish arafasida.50 yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan korxonada kelajakda yiliga 910 million so‘mlik mahsulotlar tayyorlanib, ularning teng yarmi xorijga eksport qilinadi.

“V&B chemical Co.ltd” mas’uliyat cheklangan jamiyati ham 18,5 million AQSH dollarlik loyiha asosida 150 nafar quvasoyliklarni muqim ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi. Joriy yilning aprelidan o‘z faoliyatini boshlaydigan ushbu korxonada yiliga 4 milliard so‘mlik polimer mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Quvasoy shahriga kichik sanoat zonasi hududidan joy olgan korxonalar tomonidan yil oxirigacha 38,7 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri, 15,2 million dollarlik mahalliy tadbirkorlarning mablag‘lari hisobiga investitsiya kiritiladi. SHu tariqa shahar aholisining 1300 nafarga yaqini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.