Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘zA: 120 nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda

×

 2019-03-07 15:04:02    306

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga murojaat qilgan, ish izlayotgan ko‘plab aholi endilikda qayta o‘qitish kurslarida o‘qib, hunarli bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mamlakatimizda aholini ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan Farg‘ona shahridagi sanoat kasb-hunar kolleji va Farg‘ona shahar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kollejining o‘quv ishlab chiqarish bazasida mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga ishsiz, o‘z kasbi bo‘yicha ish topishda qiynalayotgan fuqarolarni kasbga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

Jumladan, Farg‘ona sanoat kasb-hunar kollejida payvandlash ishlari ustasi, santexnika ishlari ustasi, avtochilangar va elektromontyorlar tayyorlash o‘quv kurslariga qabul nihoyasiga yetkazilib, o‘qish boshlandi. 

– Ayni paytda 120 nafar ishsiz fuqaroga to‘rtta mutaxassislik bo‘yicha kollejdagi malakali va tajribali mutaxassislar o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda, – deydi kollej direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Husanboy Sobirov. – Kurs tinglovchilari ta’lim muassasamizdagi barcha sharoitlarga ega ustaxonalarda kasb-hunarga o‘qitilmoqda. Elektromontyorlik kursi 6 oy, qolgan uchtasi 3 oylik kurslardir.

Viloyatning uzoq hududlaridan kelgan tinglovchilar yotoqxona bilan ta’minlandi. Kasbga tayyorlash kurslarida o‘qitilgan ishsiz fuqarolarga tuman-shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan belgilangan eng kam oylik ish haqining 75 foizi miqdorida stipendiya to‘lanadi. Bitiruvchilarga egallagan kasbi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan maxsus sertifikat topshiriladi. O‘qish bepul amalga oshirilib, ish bilan ta’minlash kafolatlanadi.