Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Aprel 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG‘ONADA VILOYAT HOKIMINING SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

×

 2019-04-01 21:11:17    97

PDF yuklash
Chop etish



Bugun 31 mart kuni Farg‘ona tumani, Vodil qishlog‘idagi CHinortagi bog‘ida Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy Majlis senati a’zosi, viloyat 1-sektori rahbari Shuhrat Madaminovich G‘anievning viloyat fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 
Kunduzgi soat 11.00 da boshlangan qabulda viloyat sektorlarining boshqa rahbarlari ham ishtirok etdilar. SHuningdek, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari R.Mahmudova, viloyat prokurori, 2-sektor rahbari S.Turdiev va viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, viloyatning barcha tashkilot va boshqarmalari rahbarlari, shahar-tuman tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. 
Hokim qabuliga viloyatning Oltiariq, Qo‘shtepa, Yozyovon, Toshloq, Quva, Farg‘ona, So‘x tumanlari hamda Marg‘ilon, Quvasoy, Farg‘ona shaharlari fuqarolari taklif qilingan. Undan tashqari boshqa shahar-tumanlardan ham aholi vakillari qatnashdilar. 
Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan fikrlari mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari uchun dasturilamaldir. Ushbu ish uslubi viloyat rahbari uchun aholi kayfiyatini o‘rganish, ularning muammolarini vaqtida yechishga imkoniyat beradi.
Bugungi qabulda 310 nafar aholi vakili ishtirok etdi, shulardan 130 nafaridan murojaatlar kelib tushgan. SHundan 27 tasi, ya’ni umumiy murojaatlarning 20 % dan ortig‘i shu yerning o‘zida hal qilib berildi. 18 ta murojaatga asosli tushuntirishlar berildi, qolgan 85 ta murojaat esa ijobiy hal etilishi uchun sayyor qabulda qatnashgan tegishli tashkilot va muassasalar shug‘ullanishi uchun qat’iy nazoratga olindi. 
Murojaat qiluvchilarning masalalarini tahlil qilganda, fuqarolarda murojaat qilish madaniyatining shakllanganligini kuzatamiz. Ya’ni aholini haqiqatda qiynab turgan, dolzarb masalalar yuzaga chiqqan. Ular mazmunini asosan, uy-joy, ishga joylashish, moddiy yordam, tadbirkorlik, bank-kredit masalalari tashkil etadi. Masalan, Farg‘ona va Beshariq tumanlari, Farg‘ona shahridan kelgan fuqarolar aynan shunday masalalarda yuzlanganlar. Masalan, Farg‘ona tumanining Guliston mahallasi, SHunqor ko‘chasi, 21-uyda yashovchi Nozimjon SHokirov o‘z fermer xo‘jaligida sovitkich ombori qurilishi uchun imtiyozli kredit olishda muammosi borligi uchun qabulga kelgan. Markaziy bank xodimlari bu masalani yechish uchun jalb qilindi.
Murojaati o‘rnida hal bo‘lgan fuqarolarimiz o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Masalan, Farg‘ona tumani, Oqbilol qishlog‘idan kelgan 83 yoshli Foziljon ota Hilolov ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan umr yo‘ldoshi uchun nogironlik aravachasi so‘radi. SHu yerning o‘zida unga aravacha, shuningdek, moddiy yordam ham berildi. Farg‘ona shahri, Qirguli mavzesi, Farg‘ona ko‘chasi, 6-uy, 18-xonadonda vaqtincha istiqomat qiluvchi Qosimov SHokirjon oilasi uy-joyga muhtoj. Masalani o‘rgangan Quvasoy shahri hokimi ular uchun 1 xonali uy ajratdi hamda uyni jihozlab berishga ham topshiriq berdi.
Farg‘ona tumani Oqtosh qishlog‘i MFY raisi Sodiqjon Mirzaev mahalla yo‘lini kapital ta’mirlash va O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralari o‘tgan qabristonni ziyorat qilishdagi qiyinchiliklar masalasini ko‘tardi. Masala tegishli organlarga hal etish uchun topshirildi. 
Yana shu tumandan Dadajonova Ziyodaxonning uyi tomini shiferlash uchun moddiy yordam so‘rab qilgan murojaati, G‘ulomova Maqsudaning o‘g‘lining ish joyi masalasidagi murojaati, Eshonqulov Ilhomjonning tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha murojaati ijobiy hal qilindi. 
SHuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida ham qator murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular ham qonun doirasida hal etish uchun yo‘naltirildi.
Murojaatlar ichida farg‘onalik ixtirochi va ratsionalizator Abdupatto Mamajonov ham bor. U viloyat hokimiga muqobil energiya olishga innovatsion yondashib, ixtiro qilgan moslamasini issiqxonalar va boshqa sohalarda foydalanish uchun amalga oshirishga sun’iy to‘siqlar, ya’ni byurokratik qarashlar borligini aytdi. Murojaat hal etish uchun nazoratga olindi.
Qabul jarayonida viloyat adliya boshqarmasi va davlat xizmatlari agentligi xodimlari fuqarolar uchun huquqiy maslahatlar berdilar.
SHuningdek, o‘tgan safargi qabulda murojaat qilgan 10 nafar fuqaro masalasi ijobiy hal bo‘lganini aytib, minnatdorchilik bildirdi.
Sayyor qabul davomida Farg‘ona, Quvasoy shaharlari, Farg‘ona tumani tomonidan mehnat yarmarkasi, hunarmandlar va kitob yarmarkalari tashkil etildi. Bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari va kontsert dasturi aholining quvonchiga sabab bo‘ldi. Sayyor qabul xalq sayliga aylanib ketdi, viloyat hokimi tashabbusi bilan 500 ga yaqin aholiga osh berildi, dasturxon yozildi.
Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati