Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG‘ONA VILOYATI HOKIMI GERMANIYALIK INVESTORLARNI QABUL QILDI

×

 2019-04-01 21:14:29    279

PDF yuklash
Chop etish



Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev Germaniyadagi DMK Baby kompaniyasining direktori janob Olivier J. Vavasseur hamda menejeri Dr.Vladimir Koconi qabul qildi. 
Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevning Germaniyaga tashrifidan so‘ng ko‘plab xorijlik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga qiziqish bildirgan edi. Ushbu tashrif ana shu muzokaralarning natijasi o‘laroq qabul qilinadi.
Kompaniya Yevropada eng katta sut mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona bo‘lib, Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan. Uning mahsulotlari juda ko‘p davlatlarga Humana brendi ostida tarqaladi.
Janob Olivier O‘zbekistonga bolalar ozuqasini tayyorlaydigan zavod qurish istagini bildirdi. Mahsulotga yaqin joy sifatida Farg‘ona vodiysini tanlaganini ham aytib o‘tar ekan, viloyatimizda yetishtiriladigan mahsulotlarning organik jihatdan tabiiy yetishtirilishini alohida ta’kidladi. SHuningdek, viloyat qancha hajmda mahsulot yetkazib bera olishiga qiziqdi. 
Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev mahsulot hajmida umuman muammo bo‘lmasligini, chunki o‘zimizda yetishtirilganidan tashqari, qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston va Tojikistonning yondosh viloyatlaridan ham biz meva sotib olishni boshlaganimizni bildirdi. SHuningdek, Farg‘ona viloyati vodiyning markazi hisoblanishini aytdi va meva mahsulotlari Farg‘ona viloyatida tamoman sof tabiiy yetishtirilishini, shuning uchun jahon bozorida Farg‘ona brendi yuqori turishini bildirdi. Agar bu loyiha amalga oshsa, Farg‘ona viloyatining Germaniya bilan ikkinchi qo‘shma korxonasi bo‘ladi.
Viloyat hokimi xorijlik investorlar uchun barcha amaliy yordam ko‘rsatilishini aytdi.
– Bu Germaniyadan tashqaridagi birinchi zavodimiz bo‘ladi, – deydi janob Olivier. – Viloyatingiz bilan 4 yo‘nalishda ish olib bormoqchimiz. Ya’ni, bolalar ozuqalari uchun olma, shaftoli, olxo‘ri, nok mevalarini qayta ishlab tayyor mahsulot ishlab chiqarmoqchimiz. Korxonaning imkoniyat, istiqbollarini baholaydigan bo‘lsak, bu zavod O‘zbekiston uchun ham, Germaniya uchun ham katta voqea bo‘ladi. SHuning uchun sharoit bilan yaxshi tanishish maqsadida keldik. Bir narsa quvonarliki, mahalliy aholi allaqachon mevalarni qayta ishlashni biladi va ishchi guruh komandasi bu yerda tayyor.mahalliy tadbirkorlarning faoliyati rivojiga ham hissamizni qo‘shamiz. Biznesning o‘zi taraqqiyotga yo‘l ochadi. Kompaniyamiz 100 dan ortiq davlatga mahsulotlarini taqdim etadi va 70 yillik tajribaga ega. 
Germaniyalik mehmonlar va viloyat hokimi o‘zaro esdalik sovg‘alari almashdilar.

Farg'ona viloyati hokimligi matbuot xizmati