Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Farg’ona haqiqati": Abad boqiy adabiyot bo'stoni

×

 2019-05-02 16:02:21    186

PDF yuklash
Chop etish


Darhaqiqat, millat adabiyotining yashovchanligi halqning ezgulikka yo'g'rilgan hayotiy falsafasi bilan chambarchas bo?langan. Yurtimizda qanot yozgan besh tashabbusning amaliy ifodasi sifatida viloyatimizda o'tkazilayotgan kitobhonlik, adabiyot kunlari eng avvalo el qalbining unutilmas bayramlariga aylanib borayotganligi ?ar birimizda minnatdorlik, shukronalik tuyg'ularini uyg'otadi.
Prezidentimizning 2018 yil 5 apreldagi “O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori, viloyat ?okimining 2019 yil 19 apreldagi 144-F farmoyishiga ko'ra viloyatimizda adabiyotimizning yirik namoyandalari Furqat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, adabiyotshunos olim Ozod SHarafiddinov tavallud kunlariga ba?ishlangan adabiyot bayrami bo'lib o'tdi.Bayramga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari ?ayrat Majid, O'zbekiston halq shoiri Anvar Obidjon, Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov, Ozod SHarafiddinovning o'g'li, O'zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi kafedra mudiri Alisher SHarafiddinov, “Yoshlik” jurnalining bosh muharriri Fahriddin Hayit, “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi bosh muharriri O'ktam Mirzayor, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Farida Afro'z, filologiya fanlari nomzodi, radiojurnalist Hulkar Hamroeva hamda viloyatimizda ijod ?ilayotgan shoirlar, adabiyotshunos olimlar tashrif buyurdilar.
Bayram tadbirlarining O'zbekiston tumanida Hamda Xo'qandi latifda o'tkazilayotgani ham bejiz emas. Adabiyotshunoslikda ulkan maktab yaratgan olim Ozod SHarafiddinov O'zbekiston tumanining Ohunqaynar ?ishlo?ida dunyoga kelgan bo'lsa, ma'rifatparvar shoirlar Furqat va Hamza Hakimzoda Niyoziy Qo'qon adabiy muhitining shakllanishiga salmoqli hissa qo'shganlar.
Adabiyot bayrami dastlab O'zbekiston tumani markazi – Yaypan shahridagi bolalar musiqa va san'at maktabida O'zbekiston qahramoni Ozod SHarafiddinovning 90 yilligiga ba?ishlangan adabiy kecha bilan boshlandi.
Tadbirga tashrif buyurgan me?monlar tumandagi barcha umumta'lim maktablarining adabiyot fani o'?ituvchilari, yosh ijodkorlar, ma'naviyat va ma'rifat tar?ibotchilari, ziyolilar, jamoatchilik vakillari ishtirokida taomilga ko'ra, non-tuz bilan kutib olindilar.
Tadbirni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari, O'zbekiston halq shoiri Enahon Siddiqova ochdi.
So'zga chiqqanlar Ozod SHarafiddinovning nafaqat munaqqid, adabiyotshunos olim sifatida o'zbek adabiyoti rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, balki hammaga barobar me?ribon ustoz bo'lganliklari, ajoyib insoniylik xislatlari haqida gapirdilar.
Ta'kidlash joizki, shu kunlarda olimning ilmiy merosini o'rganishga ba?ishlangan 7 ta nominaciya bo'yicha tanlov o'tkazilmo?da. Ushbu tanlov may oyida nihoyasiga etadi.
Adabiyot bayrami ishtirokchilari Qo'qon sha?ridagi “Adiblar hiyoboni”ga kelishdi. Bu erda Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Zavqiy , Furqat, Haziniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, CHarhiy, Sobir Abdulla bareleflari oldida guldastalar bilan ehtirom ko'rsatildi. Ijodkorlar she'rlaridan namunalar o'?ildi.
Qo'qon davlat musiqali drama teatridagi anjuman Ozod SHarafiddinov ijodiga ba?ishlangan “Adabiyot borki, millat barhayot” nomli adabiy kompozitsiya bilan boshlandi.O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari, O'zbekiston halq shoiri Enahon Siddiqova, Qo'qon shahar hokimi Ma'ruf Usmonov so'zga chi?ib, anjuman ishtirokchilarini adabiyot bayrami bilan samimiy qutlab, shoirlar shahri bo'lgan Qo'qon bugungi kunda hunarmandchilik markaziga ?am aylanayotganini mamnuniyat bilan e'tirof etdi.
Tadbirda O'zbekiston halq shoiri Anvar Obidjon, professor Nurboy Jabborov, shoira Farida Afro'z va boshqalar Ozod SHarofiddinovning mahorat maktabi, munaqqidlik ma?horati, ustozlik fazilatlari ?a?ida so'z yuritdilar.
Milliy an'analarimizga binoan olimning o'g'li Alisher SHarafiddinovga to'n kiydirildi, oila a'zolariga guldastalar taqdim etildi.
Tadbir so'ngida yosh honandalar tomonidan Furqat g'azallari va Hamza Hakimzoda Niyoziy she'rlariga bastalangan qo'shiqlar ijro etildi. Qo'qonlik yosh ijodkorlarning yangi nashrdan chiqqan kitoblari ishtirokchilarga taqdim qilindi.
Qo'qon sha?ridagi 7-bolalar musi?a va san'at maktabida o'tkazilgan adabiy uchrashuvda Furqat va Hamza ijodiy faoliyati haqida so'z bordi. Qo'qon davlat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Adabiyotshunos olimlar ikki shoir qalamiga mansub asarlar haqida fikrlar bildirdilar va ularning ijodi bo'yicha izlanishlarni davom ettirish zarurligini ta'kidladilar.
Uchrashuv doirasida yosh ijodkorlar o'rtasida mushoira bo'lib o'tdi.
Adabiyot bayramida viloyat hokimi o'rinbosarlari Fayzulla Qosimov va Dilafro'z Qosimovalar qatnashdilar.