Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O'zA: Shavkat Mirziyoev: Ayollarni ish bilan ta’minlash hayot-mamotimiz

×

 2019-05-06 14:42:37    186

PDF yuklash
Chop etish



Prezidentimiz Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Ipak gilamlar” korxonasida bo‘lib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan beshta tashabbus asosida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, yillar davomida ularni qiynab kelgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, ayollar bandligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Chunki ishsizlik oqibatida ayollar o‘zga yurtlarga ish izlab ketib, farzandlari qarovsiz qolayotgan, o‘zlari chet ellarda og‘ir qiyinchiliklarga duchor bo‘layotgan edi. 
Prezidentimiz ilgari surgan beshta tashabbusdan biri mana shu muammoni hal qilish, ayollarning bandligini ta’minlash orqali ularga to‘laqonli turmush sharoiti yaratib berishga qaratilgan. Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun “O‘zbekpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalari tashkil etish va ayollarni band etish ko‘zda tutilgan. Ushbu korxonalarga birinchi navbatda boquvchisini yo‘qotgan, turmushi og‘ir, adashib salbiy oqimlarga aralashib qolgan xotin-qizlar, shuningdek, ko‘p bolali ayollar ishga jalb qilinmoqda. 
d303a05e-7108-828c-c6d6-e1b825853405.jpg
O‘tgan davrda tikuv-trikotaj korxonalariga ishga jalb qilingan ayollar qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitilib, bilim-ko‘nikmasi oshirildi. Ularga o‘qish davomida stipendiyalar berildi, o‘qituvchilar oylik maosh bilan ta’minlandi. 
Farg‘ona viloyatida ham beshinchi tashabbus asosidagi ishlar keng quloch yoymoqda. “O‘zbekpaxtasanoat” AJ tomonidan joriy yilda viloyatda 7 ta, 2020 yilda 8 ta tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etiladi. Natijada 4,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, ayollar bandligi ta’minlanadi. 
89eec55a-5916-82bc-4851-447082268721.jpg 
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan ham viloyatda mavsumiy va doimiy ish o‘rinlari yaratish mo‘ljallangan. Uyushma pilla yetishtirishdan to tayyor mahsulot chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni klaster usulida tashkil etish orqali ipak mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu ham xotin-qizlarni mehnatga jalb etishda katta imkoniyat yaratadi. Uyushma tomonidan 2019 yilda viloyatda xotin-qizlarni kasanachilikka jalb etish orqali 30 ming ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. 
Ahamiyatlisi, bir mavsum davomida ipak qurti boquvchilarga bir yillik mehnat staji yoziladi. Ilgari qurt boquvchilarga na maosh to‘langan, na mehnat staji yozilgan bo‘lsa, hozir ayollar kasanachi sifatida uyida o‘tirib ipak qurti boqsa ham ularga mehnat staji yoziladi. Yoki tikuvchilik korxonasidan buyurtma olib, uyida o‘tirib ishlash imkoniga ega bo‘ldi. Bu ham ayollar bandligiga qaratilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik ifodasidir. Bunday imkoniyatlar mamlakatimizning barcha hududlarida joriy qilinmoqda.
“Ipak gilamlar” korxonasi Qo‘shtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatining filiali bo‘lib, tashkil etilganiga ikki oy bo‘ldi. Bugungi kunda bu yerda 120 nafar, jamiyat tarkibidagi 9 ta shunday korxonada jami 2 mingga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ushbu korxonalarda atlas, shoyi, adrasdan 300 ga yaqin turdagi tayyor mahsulot, ipak gilamlarning 400 dan ortiq nusxalari to‘qilmoqda. 
e6ce9ff1-dd98-5f97-1c57-75d88139e869.jpg
Prezidentimizga ipak mahsulotlarning eskizini tayyorlash va to‘qish jarayoni, sifati, xaridorgirligi haqida so‘zlab berildi. 
Davlatimiz rahbari qishloq joyda xotin-qizlar uchun yangi korxona tashkil etib, jahon standartlariga mos ipak mahsulotlar tayyorlanayotganiga yuksak baho berdi. Pillachilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha Farg‘ona tajribasini ommalashtirish, mahallalar huzurida 300-400 kishilik korxonalar, ularning oldida 1-2 gektarlik pillaxonalar ochish va ayollarni ish bilan ta’minlash kerakligini ta’kidladi. 
– Ayollarni ish bilan ta’minlash hayot-mamotimiz. Bu ishni ura-urachilik bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Shunday tizim yaratish kerakki, pillachilik klasterlari orqali kelgusida Farg‘ona vodiysida 1 million ayolni ish bilan ta’minlash zarur, – dedi Shavkat Mirziyoev. 
Pillachilik ayollarimizning dunyoqarashiga mos mehnat. Pilla yetishtirish, ipak matodan kamalakrang liboslar tikish ma’naviyatimiz, ma’rifatimiz, milliy o‘zligimizning belgisi ekani, bu hunarni yangi bosqichda rivojlantirish yurtimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi. 
“Ismoiljon gilamlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati yil oxirigacha yana 15 ta to‘quv sexi tashkil etib, ishchilar sonini 4,5 mingtaga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Davlatimiz rahbari ipak mahsulotlari bozorini topish, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida korxonaning savdo uylarini ochish va sayyohlarga targ‘ib etish, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalarida ipak mahsulotlar do‘konlarini tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Ipak mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, uni tashqi bozorga arzon narxlarda yetkazish mexanizmlarini joriy etish, pillachilik klasterlari uchun bank kreditlari ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risida mutasaddilarga topshiriq berildi.
f1a1aa52-ab77-7cea-826f-7ac673bfde4d.jpg
d0e7a89e-8b81-bae8-25ca-33b4f9d113da.jpg
b83c8408-09d0-e4a7-a50c-cba14f6e540f.jpg
04cf4ca5-ba40-80dd-f0e5-0295918c406a.jpg
8f89883d-a327-10b2-3a4b-5944db95c240.jpg
41f630ae-bb6f-c78a-b415-540e30f922c8.jpg

Matnazar Elmurodov, O‘zA