Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASh – USTUVOR VAZIFA

×

 2019-05-10 14:51:27    83

PDF yuklash
Chop etish


Prezident tashrifidan so’ng

Davlatimiz rahbarining Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida  aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarni oishirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, Prezidentimiz tomonidan bu bo’yicha choralar ko’rsatib o’tildi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan oilalar aniqlanib, ularga imtiyozli kreditlarni to’liq ajratish zarurligi qayd etildi.

Tashrif chog’ida belgilab berilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha shahar va tumanlarda yangi ish o’rinlarini yaratish manzilli dasturi ishlab chiqildi.

Beshariq tumanida tadbirkorlar bilan o’tkazilgan uchrashuvda ishtirok etgan viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev Prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o’tilgan masalalar ijrosiga beshariqliklar mas’uliyat bilan yondoshishlariga ishonch bildirdi.

Aholi farovonligini oshirish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, ishbilarmonlarga bu borada berilayotgan imtiyozlarga to’xtalib o’tdi.

– Sektor rahbarlari xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida ahamiyat qaratishlari lozim, – dedi viloyat rahbari. –Tashabbus, yangi loyihalar qo’llab-quvvatlanadi, tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi muammolarga iloji boricha echim topiladi. Bemalol faoliyat yuritish zarur, dadil qadam bosish muhim.

Beshariq tumanida joriy yilda 374 ta loyiha amalga oshiriladi. To’rtta sektor hududida 25 ming ish o’rni yaratilishi ko’zda tutilyapti. Tikuvchilik, to’quvchilik, jun va charm mahsulotlari ishlab chiqarish, gilam to’qish, do’ppido’zlik, ko’rpa tikish, kashtachilik, gullar va dekorativ daraxtlar etishtirish, zargarlik buyumlari tayyorlash, issiqxona tashkil etishga oid loyihalar manzilli dastur asosini tashkil etib, ularning amalga oishirilishi beshariqlik ayollar bandligini ta’minlaydi.

Muloqotda mutasaddi tashkilotlar vakillari so’z olib, o’z biznesini boshlamoqchi bo’lganlarga tavsiyalar berishdi, tadbirkor va hunarmandlarga berilayotgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida aytib o’tdilar.

“Beshariq ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tumanning turli hududlaridan 1000 gektar er maydoni ajratilib, tut plantatsiyalari barpo etiladi, pilla etishtiriladi.

–       Pillani o’zimiz etishtirib, shu erda qayta ishlaymiz, – deydi tadbirkor Maqsudjon Qosimov. – Yiliga 400-500 ming dollarlik mahsulotlarni xorijga eksport qilamiz. Asosiysi, loyihamiz amaliyotga tatbiq etilishi bilan 14 mingta yangi ish o’rni paydo bo’ladi, tumanimiz ayollari bandligi ta’minlanadi. Hozircha 3000 mingdan ortiq xotin-qizlar ishli bo’ldi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Muammo va takliflar o’rtaga tashlandi.

Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bu kabi uchrashuvlar barcha shahar-tumanlarimizda Furqat, Dang’ara, O’zbekiston tumanlari va Qo’qon shahrida ham o’tkazildi.

Sohiba ABDURAHMONOVA.

Suratlarni Jahongir MIRZAMATOV olgan.