Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Axborot xizmati: AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH – ENG MUHIM VAZIFA

×

 2019-05-13 14:49:19    195

PDF yuklash
Chop etish


Prezident tashrifidan so‘ng

AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH – ENG MUHIM VAZIFA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida  aholini, ayniqsa, ayollarni ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ko‘rsatmalar berildi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oilalar aniqlanib, ularga imtiyozli kreditlarni to‘liq ajratish zarurligi qayd etildi.

Tashrif chog‘ida belgilab berilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha shahar va tumanlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish manzilli dasturi ishlab chiqildi.

Ana shu topshiriqlar ijrosini amalga oshirish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimi, O‘zbekistgn Respublikasi Oliy Majlis senati a’zosi SHuhrat G‘aniev viloyatning barcha shahar-tumanlarida tadbirkorlar, loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Viloyat hokimi bilan birga viloyat sektorlari rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Beshariq tumanidagi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda viloyat hokimi Prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o‘tilgan masalalar ijrosiga beshariqliklar mas’uliyat bilan yondashishlariga ishonch bildirdi. Aholi farovonligini oshirish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, ishbilarmonlarga bu borada berilayotgan imtiyozlarga to‘xtalib o‘tdi.

– Sektor rahbarlari xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida ahamiyat qaratishlari lozim, – dedi viloyat rahbari. –Tashabbus, yangi loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muammolarga iloji boricha echim topiladi. Bemalol faoliyat yuritish zarur, dadil qadam bosish muhim.

Beshariq tumanida joriy yilda 374 ta loyiha amalga oshiriladi. To‘rtta sektor hududida 25 ming ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilyapti. Tikuvchilik, to‘quvchilik, jun va charm mahsulotlari ishlab chiqarish, gilam to‘qish, do‘ppido‘zlik, ko‘rpa tikish, kashtachilik, gullar va dekorativ daraxtlar etishtirish, zargarlik buyumlari tayyorlash, issiqxona tashkil etishga oid loyihalar manzilli dastur asosini tashkil etib, ularning amalga oshirilishi beshariqlik ayollar bandligini ta’minlaydi.

Muloqotda mutasaddi tashkilotlar vakillari so‘z olib, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganlarga tavsiyalar berdilar, tadbirkor va hunarmandlarga berilayotgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida aytib o‘tdilar.

“Beshariq ipagi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tumanning turli hududlaridan 1000 gektar er maydoni ajratilib, tut plantatsiyalari barpo etiladi, pilla etishtiriladi.

–       Pillani o‘zimiz etishtirib, shu erda qayta ishlaymiz, – deydi tadbirkor Maqsudjon Qosimov. – Yiliga 400-500 ming dollarlik mahsulotlarni xorijga eksport qilamiz. Asosiysi, loyihamiz amaliyotga tatbiq etilishi bilan 14 mingta yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi, tumanimiz ayollari bandligi ta’minlanadi. Hozircha 3000 mingdan ortiq xotin-qizlar ishli bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Muammo va takliflar o‘rtaga tashlandi.

Farg‘ona viloyati hokimi loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashuvni Uchko‘prik tumanida davom ettirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farg‘onaga tashrifi chog‘ida viloyatga 27 trillion so‘mlik loyihalar bajarilishi uchun mablag‘ ajratilishini aytgan edi.
Tumanda 26500 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, 3438 ta tadbirkor ro‘yxatga olingan. Buvayda tumanida esa 381 ta tadbirkor ro‘yxatga olinib, 28 mingta ish o‘rni yaratish rejaga kiritilgan. Bu esa viloyat bo‘yicha yil oxiriga qadar 300 mingdan ortiq yaratiladigan ish o‘rniga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Rishton tumanida viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar uchrashuvi chog‘ida tumanning kulolchilik sohasida dong‘i ketganligi, hozirgi kunda tadbirkorga 31 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ berilayotganligiga alohida e’tibor berildi.
SHuningdek, viloyat hokimi SHuhrat G‘aniev tumanda 10 mingta tadbirkor ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa,  ro‘yxatdan o‘tishga zarur 2 milliarddan ortiq to‘lov viloyat hokimligi tomonidan to‘lab berilishiga va’da berdi.
Tumanda hozirda 2166 ta tadbirkor ro‘yxatga olingan bo‘lib, 25 mingta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Furqat tumanida 1024 ta tadbirkor ro‘yxatga olingan bo‘lib, yangi 15 mingta ish o‘rni yaratish rejaga kiritilgan.

Viloyat hokimi Furqat tumanida asosan yog‘och o‘ymakorligi hunarmandchilik turi rivojlanganiga alohida urg‘u berdi. «YUsufali naqqosh» oilaviy korxonasi tomonidan ikkita katta korxona tashkil qilib, qo‘shimcha 5 mingta yoshlar uchun ish o‘rni yaratishga kelishildi.

 Oltiariq tumanidagi uchrashuvda viloyat hokimi tadbirkorlikning o‘ziga xosligiga alohida e’tibor qaratdi.

-         Prezidentimizning 6-7 may kunlaridagi Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘idagi eng muhim topshiriqlardan biri milliy hunarmandchiligimizga asoslangan yangi ish o‘rinlari yaratishdir. Bunday katta mas’uliyatni zimmamizga oldik. -dedi viloyat hokimi SHuhrat G‘aniev.

Oltiariqda 28 mingta ish yaratiladi, hozirgacha  717 ta tadbirkor ro‘yxatga olindi. Asosan ayollar uchun baxmal, ko‘rpa-to‘shak tayyorlash sohasida korxonalar ochiladi.

Oltiariqda ayollar bandligi uchun yaratiladigan ish o‘rinlaridan tashqari qo‘shimcha uzumzorlar yaratib ish o‘rinlari tashkillashga tavsiya berildi.

Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bu kabi uchrashuvlar barcha shahar-tumanlarimizda O‘zbekiston, Dang‘ara, Quva, Bag‘dod, YOzyovon, Toshloq, Farg‘ona, Qo‘shtepa tumanlari, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida ham o‘tkazildi. Xususan, Quvada anorchilik va giloschilik, Oltiariqda uzumchilik, Qo‘qonda hunarmandchilik, Qo‘shtepada ipakchilik asosiy ish o‘rinlari yaratish uchun rivojlantiriladi. Qo‘shtepa tumanidagi «Ismoiljon gilamlari» korxonasi faoliyati namuna sifatida ko‘rsatildi.  Ushbu korxona hozirgacha 11 ta joyda filial tashkil etib, 4500 ta ish o‘rni yaratgan.
Viloyat hokimi 10 kun muddatda tadbirkorlar faoliyati tashkil bo‘lganidan so‘ng yana ular bilan muloqot o‘tkazadi.

Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati