Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Axborot xizmati: Aholi salomatligi - davlat e’tiborida

×

 2019-05-13 14:55:23    205

PDF yuklash
Chop etish



Ma’lumki, Davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash sohasida qatlr farmon va qarorlvrni imzoladi. Ana shu hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi hududlarda yurib soha muammolarini o‘rganmoqda.
Kecha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Odiy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Hotamjon Ketmonov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari Mavluda Xodjaeva, SHerzod Rahimovlar, viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzulla Qosimov, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Mirzaev, viloyatdagi barcha tibbiyot birlashmalari rahbarlari, shuningdek, oilaviy poliklinikalar rahbarlari, tegishli tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdilar. 
Yig‘ilishni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov olib bordi va birinchi so‘zni H.Ketmonovga berdi. 
H.Ketmonov tibbiy xizmatni rivojlangan davlatlardagi darajaga olib chiqish, echimini kutayotgan masalalar borligi haqida so‘zladi.
Viloyatda hozircha bitta shahar va bitta tuman tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida namunali qilib ko‘rsatilishini, keyin esa boshqa shahar-tumanlarda ham shu ishlar amalga oshirilishini bildirdi.
Keyingi so‘z shu sohada amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot uchun M.Xodjaevaga berildi. M.Xodjaeva Sirdaryo viloyatining Guliston va Boyovut tumanlarida bajarilgan ishlar, Sirdaryo tajribasi, natijalar bilan tanishtirdi. U erda Davlat rahbari topshirig‘i bilan 13-27 aprel kunlari ishchi guruh tomonidan tibbiy-sanitariya ishlari o‘rganilgan edi.
Farg‘onada ham 11-14 may kunlari tibbiyot sohasidagi muammolarni aniqlab olish uchun ishchi guruh faoliyat ko‘rsatadi. SHu maqsadda Farg‘onada ham bajariladigan, rejalashtirilgan ishlar belgilab olindi. 
Avvalo, muammolarni aniqlash, hududlarni namunali qilib tayyorlash bo‘yicha shtab tashkil qilindi va ishchi guruh a’zolari aniqlandi.
Namunali tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tayyorlash uchun Farg‘ona shahri va Beshariq tumani tanlab olindi. 
Ushbu hududlarda barcha zamonaviy yangi jihozlarga ega bo‘lgan tibbiy xizmat, autsorsing tizimi, fitobarlar tashkil qilinadi.
Beshariq tumaniga Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xodjaeva, Farg‘ona shahriga Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati SHerzod Rahimov biriktirildilar.