Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Axborot xizmati: MUROJAATLARDA - INSON TAQDIRI

×

 2019-05-24 10:16:59    249

PDF yuklash
Chop etish



YUrtimizda muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan odil siyosat tufayli aholidan tushayotgan murojaatlar bilan ishlashning yangi sistemasi joriy qilindi. YA’ni, sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabullari aholi muammolarini echishda muloqotning eng yaxshi usuliga aylandi.

 Farg‘ona viloyati hokimi, 1-sektor rahbari SH.M.G‘anievning hududlardagi ommaviy qabullarida ham ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘z muammolariga echim topmoqdalar.

2019 yil 21 may kuni Farg‘ona shahridagi “Bolalar” istirohat bog‘ida viloyat hokimining Farg‘ona va Quvasoy shaharlari aholisi uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan viloyat hokimining qabullariga kirishni so‘rab tushgan murojaatlar hamda sayyor qabullar xaqida ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topgan 69 nafar fuqarolardan iborat tarkibda qabulga kiruvchilar ro‘yxatlari shakllantirildi.

Qabulda barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda shahar 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Qabulda qatnashgan jami 69 nafar fuqarolardan bevosita viloyat hokimiga 45 ta murojaat kelib tushdi, shundan 8 tasi joyida ijobiy hal etilib, batafsil tushuntirishlar berildi. Qolgan
37 ta murojaatlar bo‘yicha boshqarma va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ularning hal etilishi nazoratga olindi.

Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 7 ta tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun bino va er ajratish masalasida, 9 ta ishga joylashtirish masalasida, 4 ta sog‘liqni tiklash masalasi bo‘yicha hamda
25 ta boshqa masalalarda murojaatlar tushdi.

Qabul davomida Farg‘ona shahar, Moturudiy ko‘chasi 60/2-uyda yashovchi Xafizov Gamlet investitsiya loyihasini amalga oshirishda kredit mablag‘ini olishdagi mavjud muammolar bartaraf etilganligi uchun minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Unga mehmonxonalar qurish uchun “Ipotekabank” orqali 500 million so‘m kredit ajratishga topshiriq berildi.

SHuningdek,  Bag‘dod tumanidan kelgan “Beshko‘cha” xususiy korxonasi rahbari Baxtiyor Qodirovning Begobod qishlog‘iga to‘yxona qurish uchun so‘ragan 550 million so‘m kredit mablag‘i berilishi ham ijobiy hal bo‘ldi.

Qabul jarayonining o‘zida Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy ko‘chasi 4-uyda istiqomat qiluvchi  Qulmatova Kamolatxon ishga tiklash masalasida qilgan murojaati joyida ijobiy hal etilib, ishga qayta tiklandi.

Farg‘ona shahar A.Qodiriy ko‘chasi, 20/15-uyda istiqomat qiluvchi Tog‘aeva Bashorat va Oybek ko‘chasi, 4v uy, 35-xonadonda  yashovchi Matmusaeva Xuvaydolarning fuqarolik pasportini olish masalasida qilgan murojaatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

-Men tadbirkorman. SHirinliklar, qandolatlar ishlab chiqaramiz. Berilayotgan 8 % li imtiyozli kreditlardan foydalanmoqchiman, - deydi yormozorlik tadbirkor ayol Nargiza Ibragimova. – menga hozir ishlab chiqarishimini rivojlantirishga 200 million so‘m mablag‘ kerak. SHu kredit ajratilsa, yangi zamonaviy uskunalar sotib olib, faoliyatimni kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratmoqchiman. Ayollarimizning sport bilan shug‘ullanishlari uchun ham sharoit yaratmoqchiman. Bugun viloyat hokimining sayyor qabulida ishtirok etdim, murojaatim masalasi ijobiy hal bo‘ldi, “Mikrokreditbank” tomonidan menga bir kun ichida kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Ommaviy sayyor qabul davomida istirohat bog‘ida viloyat Bandlik boshqarmasi tomonidan tashkillangan bo‘sh ish o‘rinlari Mehnat yarmarkasida ham fuqarolar o‘zlari uchun munosib ish o‘rinlari bilan tanishish va tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tashkillangan hunarmandchilik yarmarkalarida hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etildi. SHuningdek, “YOsh kitobxon” shiori ostida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi ham kelganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“Bolalar” istirohat bog‘i hududida viloyat hokimligining ko‘chma qabulxonasi ham tashkillanib, 30 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki murojaatlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berib borildi. Xuquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan Farg‘ona shahrida yashovchi F.Hakimovaga, M.Abdurasulovaga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabul natijalari bo‘yicha ko‘plab fuqarolardan minnatdorchilik fikrlari kelib tushdi.