Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Farg'ona haqiqati": Xalqaro press klub – Farg‘onada OLIY TA’LIM: TANQID, TAHLIL, TAKLIF

×

 2019-06-06 16:54:52    285

PDF yuklash
Chop etish



Xalqaro press klub viloyat tadbirkorlar markazida “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi: islohotlarning yangi bosqichi, muammolarning chuqur tahlili va tezkor yechimlar” mavzusida navbatdagi anjumanni o‘tkazdi. Oynayi jahon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan ushbu uchrashuvda viloyat hokimligi mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlar, talabalar, ish beruvchi korxona, tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvni press klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayeva hamda klub bosh prodyusseri G‘ulomjon Samadov olib bordi.
Qayd etib o‘tilganidek, bugun respublikamizda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarga arzon ishchi kuchi sifatida emas, aksincha, salohiyati yuksak, raqobatdosh kadrlar deb qaralmoqda. Shunga monand ravishda yigit-qizlarni ta’lim olish jarayonidayoq o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tegishli korxona, tashkilot yoki muassasaga amaliyot o‘tashi uchun yo‘naltirish, bandligini ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashilayapti. Boshqacha aytganda, erta-indin oliy o‘quv yurtini bitirish arafasida turgan har bir mutaxassis qo‘liga diplom olgach, qachon, qayerda va qanday qulayliklar evaziga mehnat faoliyatini boshlashini yaxshi biladi. Bu esa uning kelajakka ishonchi mustahkamligidan, aniq maqsad hamda qat’iy pozitsiyaga ega ekanidan dalolat beradi. 
Prezidentimiz rahnamoligida hayotga izchil tatbiq qilinayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida yoshlar bandligi ustuvor vazifa sifatida belgilangani bejiz emas. Lekin keyingi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida vujudga kelayotgan ayrim kamchilik va muammolar ta’limdagi islohotlarni jonlantirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Vodiy viloyatlari qatorida Farg‘onadagi oliy ta’lim muassasalarida ham ana shunday kamchiliklar borligi ayon bo‘lgani, press klubda ochiq-oydin aytib o‘tildi. 
Farg‘onadagi oliygohlardan tayyorlangan tanqidiy ruhdagi lavha efirga uzatildi. Xususan, Farg‘ona politexnika institutidagi obodonlashtirish yumushlariga beparvo qaralayotgani, Farg‘ona davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali o‘quv xonalarining og‘ir ahvoli, TATU Farg‘ona filialida talabalar uchun texnika jihozlarining yetishmasligi, internet tezligi va sifatining pastligi ana shu lavhada aniq misollar asosida namoyish etildi. Shuningdek, unda Qo‘qon pedagogika instituti oldida yo‘l harakati xavfsizligi masalasasi jiddiy e’tibor talab qilayotgani, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali hamda Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali talabalar turar-joylaridagi (ilgari kollejga tegishli bo‘lgan binolar) bir qator vaziyatlar tahlil etildi.
Ko‘tarilgan muammolar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga turli savollar berildi. Rektorlar va filiallar direktorlari mavjud vaziyat va uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qildilar.
Oliy ta’lim rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va rag‘bat tufayli keyingi yillarda mamlakatimizda dunyoning eng rivojlangan davlatlari oliy o‘quv yurtlari filiallari tashkil etildi. Bu esa o‘z navbatida sohada milliy va xorijiy tajribani taqqoslash imkonini ham bermoqda. Press-klubda ayni shu xususiyatlar haqida ham so‘z yuritildi. Ushbu mavzu yuzasidan Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi (ISMA) Prezidenti, professor va akademik Roman Dyakonning fikrlari tinglandi. Ushbu nufuzli oliygohning Farg‘onada tashkil etilgan filialida ilk saboqlarni o‘zlashtirgan talabalar Diyorbek Homidov hamda Halimjon O‘rinboyevlar Oliy maktabning afzalliklari, o‘qituvchilarning bilim va tajribasi, zamonaviy o‘qitish uslublari haqida so‘zladilar.
Oliy ta’lim tizimini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, yoshlarga nazariy bilim berish barobarida, korxona hamda tashkilotlarda amaliy ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish doimiy e’tibordagi masalalardan biri hisoblanadi. Talabalar uchrashuv chog‘ida bu boradagi savol va takliflar bilan mutaxassislarga yuzlandilar. 
– Nazariy bilimlar hamisha amaliyot bilan mustahkamlanishini yaxshi bilamiz. Ammo aksariyat bitiruvchilarimizda shunga kelganda bir qator tushunmovchiliklar paydo bo‘ladi, – deydi Farg‘ona politexnika instituti talabasi Diyora Baxtiyorova. – Uchrashuvda shu masala bo‘yicha yuzlanganimda, siz rektor bo‘lsangiz, nima qilgan bo‘lardingiz, deb savol berishgani meni hayron qoldirdi. Agar rektor bo‘lsam, ishlab chiqaruvchi korxona va ta’lim muassasasidagi aloqani mustahkamlashni birinchi vazifa qilib qo‘yar edim. Chunki talabalarning amaliyotdan xabardorligini oshirish juda muhimdir.
Xalqaro press klubda amaliyotchi korxonalar va soha mehnat faxriylarining ham fikrlari tinglandi. Ta’lim muassasalarida eski va yaroqsiz darsliklardan foydalanilayotganiga tanqidiy baho berildi. Talabalarning mutolaa madaniyatini oshirish, kitob qadri haqida qimmatli mulohazalar ta’kidlab o‘tildi.
Madaminjon SOLIJONOV.
Sherzod QORABOYeV olgan surat.