Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O'zA: Marg’ilondagi bozorda sodir bo’lgan yong’in haqida ma'lumot berildi

×

 2019-06-09 16:12:41    258

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahridagi xalq tilida TRZ deb ataluvchi bozorda sodir bo’lgan yong’in haqida turli gaplar tarqalmoqda. Xo’sh, bu yerda nima bo’ldi?
2019 yil 9 iyunь kuni soat 02:05 da Marg’ilon shahar “Pichoqchi” mahalla fuqarolar yig’ini Xiyobon ko’chasi 174-uyda joylashgan “Marg’ilon umumiy ulgurji savdo kompleksi” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli oziq-ovqat savdo binosida (yopiq bozor) yong’in sodir bo’lgan.
Yong’in bo’lgan joyga soat 02:10 da yetib borilgan, 05:40 da o’chirilgan. Yong’inga jami 22 ta yong’in o’chirish texnikalari (19 ta asosiy, 3 ta maxsus), 2 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi jalb etilgan.
Yong’in sodir bo’lgan savdo kompleksining umumiy maydoni 10440 metr kvadrat (72x145 m) bo’lib, yong’in oqibatida binoning taxminan 1575 metr kvadrat (35x45 m) maydonidagi oziq-ovqat, parfyumeriya mahsulotlari va xo’jalik mollari yonib zararlangan, 8825 metr kvadrat maydon saqlab qolingan.
Yong’in sodir bo’lgan joy O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong’in xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan o’rganib chiqildi.
Yong’in oqibatida tan jarohati olgan va qurbonlar yo’q. Hozirda yong’inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlash bo’yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Farg’ona viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar berdi hamda ijtimoiy tarmoqlarda yong’inning kelib chiqishi haqida asossiz gaplar tarqatmaslik so’raldi.
Mazkur holat yuzasidan Marg’ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ma'sudjon Sulaymonov, O’zА