Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Farg’ona haqiqati": Bizning suhbat

×

 2019-06-14 20:17:18    203

PDF yuklash
Chop etish




Shuhrat MAMAJONOV,
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DUK Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i

SIFATLI VA SERHOSIL URUG‘ NAVLARI
fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish va daromad manbaalarini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega

Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish, innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish borasida bir qator Farmon va qarorlar qabul qilindi. 2018 yil 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingani esa faoliyatimizni bugungi kun talablari asosida rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Hayotbaxsh islohotlar samarasi sifatida “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DUK Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tashkil etildi. Shu asosda ilgari alohida-alohida, tarqoq holda faoliyat ko‘rsatgan turli urug‘chilik markazlari birlashtirildi. Natijada boshqarmamiz mutaxassislari tomonidan viloyatimizda paxta-g‘alla ekinlari urug‘chiligi sohasida tender tanlovida g‘olib chiqqan fermer xo‘jaliklari tomonidan olib borilayotgan barcha agrotexnik tadbirlar yuzasidan monitoring o‘tkazib borilishi ta’minlanyapti. Hozirgi kunda viloyatimizda paxtachilik sohasida 264 ta, g‘allachilik yo‘nalishida 341 ta urug‘chilik yetishtirish maqomiga erishgan fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatyapti. 
Ayni paytda “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DUK Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufida Quva tumani birlamchi elita urug‘chiligi laboratoriyasi hamda Beshariq, Buvayda, Toshloq va Oltiariq tumanlarida elita urug‘chiligi laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu laboratoriyalarda mutaxassislarimiz tomonidan mamlakatimiz olimlari tomonidan yaratilgan yangi navlarning hosildorligi, navga xos bo‘lgan tipikligi, morfobiologik xususiyatlari va xo‘jalik uchun qimmatli bo‘lgan belgilari uch yil davomida tajriba maydonlarida atroflicha o‘rganiladi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi”ga xulosalar beriladi.
Quva tumani birlamchi elita urug‘chiligi laboratoriyasi moddiy-texnik bazasi zamonaviy mezonlar asosida yaxshilanib, 5 ta shtat birligi ajratildi. Hozirgi kunda ushbu laboratoriya mutaxassislari tomonidan 4-6 ta navlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilyapti. Bu yildan boshlab laboratoriya mutaxassislari paxta navlariga qo‘shimcha ravishda g‘alla navlarini o‘rganish borasida ham tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Beshariq, Buvayda, Toshloq va Oltiariq elita urug‘chiligi laboratoriyalarida esa asosan 1 ta paxta navi bo‘yicha ilmiy-amaliy tajriba ishlari olib boriladi. Shuningdek, mazkur laboratoriyalar mutaxassislari zimmasiga poliz va sabzavot urug‘chiligi seleksiyasini rivojlantirish vazifasi ham yuklangan.