Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Farg’ona haqiqati": TAShRIFDAN TAShRIFGAChA:

×

 2019-06-14 20:25:21    446

PDF yuklash
Chop etish




FARG‘ONADA QANDAY IShLAR AMALGA OShIRILDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida 6-7 may kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi. Tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan ta’minlash va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadlarga xizmat qiladigan korxonalar faoliyati bilan tanishildi, yangi iqtisodiy loyihalar belgilab olindi. 
Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy Majlis senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev shu xususda, ya’ni sohalarni rivojlantirish yuzasidan berilgan topshiriqlar, kelgusi rejalar, belgilangan topshiriqlar haqida “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari uchun eksklyuziv intervyu berdi.

- Assalomu alaykum, Shuhrat Madaminovich! Suhbatimiz avvalida Farg‘ona viloyati aholisi zich joylashganligi va ko‘p sonli ekanligini ta’kidlab o‘tish kerak. Aytingchi, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar jarayoni Farg‘onada qanday kechmoqda?
- Bugun Farg‘ona viloyatida shunchalar o‘zgarishlar ko‘p va jarayonlar tezkorki, qaysi biridan boshlab gapirishga hayronman. Davlatimiz rahbari 2018 yil 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab bergan edilar. O‘tgan davr mobaynida mazkur masalalarning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Viloyat iqtisodiyotiga o‘tgan yilda 152,7 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etildi. Joriy yilda Investitsiya dasturiga kirgan 13 ta hamda qo‘shimcha shakllantirilgan 30 ta loyihalar doirasida 315,7 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Birinchi chorak davomida 66,5 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Farg‘ona shahrida “Winchemical”, “Listem - Fergana” kabi qo‘shma korxonalar ishga tushirildi. 21 ta korxonada sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalar amalga oshirilishiga erishildi.
Shu o‘rinda qiymati 8,1 mln dollarlik “Listem - Fergana” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasiga alohida urg‘u bermoqchiman. Ushbu korxona Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, bugun tibbiyot uchun zarur bo‘lgan 8 turdagi rentgen apparatlarini asosan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqaradi. Kelasi yili mahsulotlar turi 18 taga yetkaziladi. 
6 may kuni davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifini birinchi bo‘lib Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan boshlaganlari o‘ziga xos ma’noga ega. Bu zavod texnika va texnologiyalar jihatdan, ma’nan eskirgan bo‘lib, modernizatsiya qilishga muhtoj edi, ishlab chiqarish asosan importga bog‘liq bo‘lgani sababli korxona keyingi o‘n yilda norentabel bo‘lib qolgan edi. Yillik loyiha quvvati 6 million 450 ming tonna bo‘lgani holda ishlab chiqarish bor-yo‘g‘i 30 foizga tushib qolgandi. Mazkur modernizatsiya jarayoni Indoneziyaning «RT Trans Asia Resources» xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlikda uch bosqichda amalga oshiriladi. Kelishuvga asosan, zavodga joriy yilning o‘zida kamida 300 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etiladi. Bu mablag‘ evaziga ikki oy davomida hozirda ishlamay turgan 11 qurilmaning 7 tasidan foydalanish tiklanadi. Buning natijasida 7 ming 100 ta ish joylari saqlab qolinadi. Shuningdek, zavod ikki barobar ko‘proq xom ashyo bilan ta’minlanadi. 2020 yildan boshlab «Yevro-4», «Yevro-5» kabi yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishga erishiladi. Mahsulotlar tannarxi tushib, sifati oshirilishi natijasida viloyatning eksport salohiyati yanada kengayadi.
Viloyatda 2018 yilda qiymati 1594,0 milliard so‘mlik 610 ta yirik va o‘rta loyihalar amalga oshirilib, ularda 9 mingta ish o‘rinlari tashkil etildi. Loyihalarning 280 tasi sanoatni rivojlantirish bo‘yicha, 172 tasi xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 158 tasi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ishga tushirildi.
2019-2020 yillarda qiymati 40,4 trillion so‘m bo‘lgan 624 ta yirik va o‘rta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi belgilangan bo‘lib, ular negizida 124,0 mingta ish o‘rinlari yaratiladi. 
Viloyat erkin iqtisodiy zona va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi tomonidan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida 2018-2021 yillar davomida amalga oshirilishi ma’qullangan jami 96 ta investitsion loyihalar joylashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 19 tasi ishga tushgan. O‘z faoliyatini boshlagan 19 ta investitsiya loyihalarida 1211 ta ish o‘rinlari yaratilgan.
Yaqindagina Janubiy Koreyalik hamkorlarimiz bilan birga yuk ko‘taruvchi, mini-traktorlar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi uchta yangi zavod qurilishiga birinchi g‘ishtlarni qo‘ydik. Bu yerda kelgusida 30 ta zavod qurilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida joylashgan, ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek, davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish maqsadida 4 ta kichik sanoat zonalari ham tashkil etilgan.
- Galdagi savolimiz bevosita birinchi savol bilan bog‘liq. Umuman olganda, hozirgi paytda minglab yoshlarimiz chet ellarda mehnat qilmoqdalar. Yoshlarni muqim ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi uchun nimalar qilinmoqda?
- Kuni kecha Farg‘ona viloyati faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezidentimiz joriy yilni Farg‘ona viloyati uchun favqulodda yil deb e’lon qildilar, bir yil Farg‘onada sanoatni rivojlantirish va investitsiya olib kirish yili bo‘ladi va bu Farg‘ona tajribasi bo‘ladi, dedilar. Bu bejiz emas. O‘zingiz aytganingizdek, Farg‘onada aholi soni deyarli 3800 mingtaga yetdi, shuningdek, ularning 40% ini yoshlar tashkil etadi. Ularni ish bilan ta’minlash zarur. 
Buning uchun muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan “Har bir oila - tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz” dasturlari asosida yoshlarga ko‘plab imtiyozlar berilmoqda. Bular asosida kovorking markazlar hamda mehnat guzarlari tashkil etilib, ularning imkoniyatlari o‘rganilib, ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Yuqorida gapirib o‘tganimiz sanoatning rivojlanishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgandir.
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida viloyatning shahar va tumanlarida shtablar va 450 ta ishchi guruhlar (a’zolari 5525 nafar) faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
2018 yil davomida 19 ta tuman-shaharlarda 39 ta “Yoshlar mehnat guzari” tashkil etilib, ularda savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda 859 nafar yoshlar mehnat qilmoqda. Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari hamda Rishton va Bog‘dod tumanlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi tashkil etildi.
Dastur doirasida 2018 yilda tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlarning biznes loyihalari uchun 39,2 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi, 1 840 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi, 560 nafar yoshlar tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi, 2 671 nafar tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga biznes loyihalarni tuzishga ko‘maklashildi.
Hududlardagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Har bir fermerga bitta yosh” loyihasi asosida 3 771 nafar yoshlarga 3 594 ga yer biriktirilib, ularning bandligi ta’minlandi. 2019 yil davomida esa loyiha asosida 5 ming nafardan ziyod yoshlarga g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari biriktirilib, ularni foydali mehnat bilan bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 2019 yilda 19 ta tuman-shaharlardagi 4 ta sektorlar hududida 76 ta “Yoshlar mehnat guzari”, tuman, shaharlar markazlarida 19 ta “Yosh tadbirkor” kovorking markazlari tashkil etilishi belgilangan.
Prezidentimiz tashriflari chog‘ida Qo‘shtepa tumanidagi “Ipak gilamlari” korxonasiga alohida e’tibor berdilar. “Ipak gilamlar” korxonasi Qo‘shtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatining filiali bo‘lib, tashkil etilganiga ikki oy bo‘ldi. Bugungi kunda bu yerda 120 nafar, jamiyat tarkibidagi 9 ta shunday korxonada jami 2 mingga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ushbu korxonalarda atlas, shoyi, adrasdan 300 ga yaqin turdagi tayyor mahsulot, ipak gilamlarning 400 dan ortiq nusxalari to‘qilmoqda. Bu ham ayollar va yoshlar bandligi yo‘lidagi amalga oshirilgan ishlardan biridir.
Yoshlarni ish bilan ta’minlabgina qolmay, ularning ilm olishi va innovatsion tashabbuslar ko‘rsatishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbus doirasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Har bir yigit-qiz, ayniqsa, harbiylik kasbini tanlagan yoshlar jonajon Vatanimiz tarixini, xalq qahramonlari, buyuk sarkarda va qo‘mondonlar hayoti va jasoratini chuqur bilishi, ular bilan faxrlanishi kerak. Bu insonda milliy g‘ururni, vatanparvarlik, fidoyilik hissini tarbiyalaydi. 
Farg‘onadagi «Temurbeklar maktabi»da ta’lim-tarbiya ishlari shu asosda yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda bu yerda 437 o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 31 nafar pedagog xodim va 
22 nafar harbiy saboq bermoqda.
Maktab yoshlarni Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlari va boshqa o‘quv muassasalariga aniq fanlarga chuqurlashtirilgan holda tayyorlashga ixtisoslashgan. Shinam fan sinflari, kompyuter xonalari, kasbiy va tarixiy adabiyotlarga boy kutubxonada buning uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishi uchun turli fan va sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Davlatimiz rahbari ham hozirda harbiy litseylarning nomi o‘zgargani, endi uning mazmun-mohiyati, ta’lim sifati ham Temur bobomizga munosib bo‘lishi zarurligini ta’kidladilar.
Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida tajriba-sinov tariqasida “Innovatsion markaz”lar tashkil etildi. Shuningdek, respublikada birinchi bo‘lib ilk marotaba yoshlar uchun QR-codeli elektron kutubxonalar ommalashtirilmoqda. Hozircha ikki dona bibliobus viloyatimiz shahar va tumanlariga xizmat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi kunda viloyatimiz yoshlari ilm olishlari uchun 8 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qo‘qon shahrida texnika instituti hamda madaniyat va san’at institutlarining, shuningdek, Farg‘ona shahrida Latviyaning ISMA universiteti filiallarining ochilishi,Tibbiyot akademiyasi filialining tiklanishi ayni muddao bo‘ldi. Shu jumladan, Janubiy Koreya JEI Xalqaro universiteti filiali ham ochilish arafasida. Endilikda viloyatdagi OTM lar sonini 10 taga yetkazmoqchimiz. 
Viloyat yoshlari va qo‘shni davlatlar yoshlari o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va azaliy qadriyatlarni rivojlantirish maqsadida mart oyining boshida viloyatimizda Xalqaro yoshlar festivali o‘tkazildi.
- Farg‘ona viloyati qaysi xorijiy mamlakatlar hududlari bilan hamkorlik qiladi?
- Farg‘ona viloyatiga O‘zbekistonning Janubiy Koreya, Latviya, Ummon davlatlaridagi Elchixonalari biriktirilgan. Bundan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Isroil, Germaniya, Qatar va boshqa ko‘plab mamlakatlarning tadbirkorlari va ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Farg‘ona viloyati hamda Janubiy Koreyaning “Incheon” EIZ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Hamkorligimiz jarayonida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi V.Fen janoblarining xizmatlari beqiyosdir. 2019-2020 yillarda Janubiy Koreya investitsiyalari hisobidan qariyb 239,4 mln. dollarlik 10 ta loyiha amalga oshiriladi. Jumladan, Farg‘ona shahrida Janubiy Koreyaning “Chung Construction group” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 200 mln.dollar bo‘lgan eng zamonaviy “Biznes siti” kompleksi bunyod etiladi.
“Biznes siti” majmuasi tarkibida 21 qavatdan iborat 500 o‘rinli besh yulduzli mehmonxona, xalqaro va nufuzli anjumanlar o‘tkazish saroyi, bazmlar zali, biznes markazi hamda zamonaviy savdo va restoranlar kompleksi mavjud bo‘lib, mazkur loyihani amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilishi hisobiga mingdan ortiq aholi bandligi ta’minlanadi. Ushbu yirik majmua shaharning yangi qiyofadagi alohida markaziga aylanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, loyiha doirasida uy-joylarni xorij tajribasi asosida yangicha uslubda joylashtirish orqali villalar va ko‘p qavatli turar joydan iborat mingga yaqin oilaga mo‘ljallangan yangi shaharcha barpo etiladi.
Viloyatdagi sanoat korxonalari uchun muqobil energiya zahirasini yaratish maqsadida Janubiy Koreyaning “Shingdong Resources Co.,Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona tumanidagi ko‘mir konini o‘zlashtirish mo‘ljallangan. Mazkur loyiha doirasida 100 mln.dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi negizida yuqori texnologiyalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlar asosidagi ishlab chiqarishni tashkil etish va “nou-xau”larni yaratish, axborotlashtirish texnologiyalari asosida Farg‘ona aglomeratsiyasini shakllantirish, markazlashgan ilg‘or boshqaruv tizimga ega turar joylarni tashkil etishga mo‘ljallangan namunaviy “aqlli shahar” barpo etiladi. Loyiha doirasida 2019-2021 yillar davomida 2 mlrd. dollardan ortiq miqdorida investitsiyalar jalb etilib, hududga 50 mingdan ortiq aholi joylashtirilishi kutilmoqda. 
Latviya bilan baliqchilik sanoati, oliy ta’lim sohasida va boshqa sohalarda hamkorlik amalga oshirilmoqda. 
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi viloyatlari bilan ham o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. O‘tgan yili katta delegatsiya bilan Rossiyaning Ufa, Orenburg kabi shaharlarida bo‘lib, o‘zaro kelishuvlarga erishgan edik. Yaqinda Perm o‘lkasi, Boshqirdiston Respublikasidan hamkorlarimiz Farg‘onaga tashrif buyurdilar. Orenburg viloyati bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tarqatish punkti tashkil qilish bo‘yicha kelishganmiz, u yerda farg‘onalik tadbirkorlar uchun yer maydoni ajratib berilgan.
XXR bilan hamkorlik aloqalari ham rivojlanib bormoqda. Xitoy kompaniyalaridan biri bilan toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqarishni Farg‘onada yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzoladik. 
Bundan tashqari, chet ellarga ayrim sabablar bilan ketib qolgan yurtdoshlarimizning viloyatimizda o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari uchun ular bilan individual tarzda ishlamoqdamiz. Xususan, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, AQSh, Xitoy, Indoneziya kabi davlatlardagi 30 dan ortiq yurtdoshlarimizni viloyatga taklif qilgan holda yirik ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, viloyatning Oltiariq tumanida tug‘ilgan, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan H.Mamatov tomonidan Oltiariq tumanidagi “Agromaks Dolina” MChJga 55mln. yevro miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahridagi parrandachilik sohasida ulkan tajribaga ega bo‘lgan “Meridian” OAJ bilan memorandum imzolandi. Loyiha 2019 yilning 4 choragida ishga tushiriladi. Yaqindagina esa taklifimizga ko‘ra Isroil va AQShda yashovchi sobiq farg‘onalik yurtdoshlarimiz Farg‘onaga tashrif buyurdilar, ular bilan kelgusi ishlarni rejalashtirib oldik. Ularning loyihalariga ko‘ra Farg‘onada zargarlik zavodi qurish rejalashtirilgan.
- O‘tgan 2018 yilda klaster tizimidan foydalanish Rishton tumanida paxtachilik klasteri misolida o‘zini oqladi. Prezidentimiz anorchilik, uzumchilik va giloschilik klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar. Yillar davomida to‘plangan tajribaga asosan buni viloyatda qanday samarali tashkil etish mumkin?
- Avvalo, aytganingizdek, paxta-to‘qimachilik sohasidagi klasterlar bo‘yicha 2018 yilda Rishton tumanida “Rus-Uzbek teks” MChJ tomonidan 6,2 ming gektar yer maydonida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkil etilib, 18,6 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirilib, hosildorlik 34 sentnerga yetkazildi. 
Farg‘ona viloyatida 2019-2022 yillar davomida Oltiariq tumanida 10 ta uzumchilik, Quva tumanida 10 ta anorchilik va Quvasoy shahri, Quva, O‘zbekiston tumanlarida 5 ta giloschilikka ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish, klasterlar tomonidan aholi tomorqalariga yetkazib berilgan uzum, anor va gilos ko‘chatlari to‘liq hosilga kirgandan keyin 480 ming tonnadan ortiq mahsulot yetishtirish va uning 70 foizi 330 ming tonnasini eksportga yo‘naltirilib, 210 mln.dollarlik valyuta jalb qilish imkoniyati yaratiladi, 76 mingtaga yaqin fuqarolarning bandligi ta’minlanadi.
- To‘g‘risi, suhbatimizda raqamlar, kirib keladigan mablag‘lar, yaratiladigan ish o‘rinlari, taraqqiyot borasida ko‘p gaplashdik. 2025 yilda Farg‘ona viloyatini siz qanday tasavvur qilasiz?
- Tan olishim kerak, bu haqda ko‘p o‘ylaganman. Yuqorida aytilganlarni o‘z muddatida amalga oshirsak, Farg‘onaning qiyofasi butkul o‘zgaradi. Farg‘onaning tarixida bo‘lmagan 20 qavatdan ortiq balandlikdagi osmono‘par binolar, tom ustidagi qishki va yozgi basseynlar, to‘liq elektron jihozlangan zamonaviy ofislar, smart loyihalar asosida qurilgan aholi uchun qulay, hamma sharoitga ega turar-joylar bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi? Agar biz chin dildan ishlasak, har bir farg‘onalik o‘z vazifasini sidqidildan bajarsa, bunga erishish mumkin. 
Yaqinda Koreyaga borganimda shunday sharoitlarni ko‘rib havas qildim. Koreyalik hamkorlarimiz bilan kelishuvga ko‘ra Farg‘ona viloyatida 20,9 ming kv/m maydonda 98,5 mln AQSh dollari qiymatiga ega 1000 o‘rinli 21 va 18 qavatli mehmonxona-rezidensiyalar, 10 qavatli biznes-markaz, savdo kompleksi va tantanalar zali quriladi. 
Viloyatning Uchko‘prik tumanida esa 250 gektar maydonda yana janubiy koreyalik hamkorlarimiz bilan “Smart city” (“Aqlli shahar”) qurishga kelishildi. Ushbu loyihaga kamida 800 mln AQSh dollari hajmida investitsiya kiritiladi. Kelgusida esa 2 milliard AQSh dollari kiritilishi kutilmoqda. Bu yerda biznesning markazlashtirilishi, ma’muriy boshqaruv, yuqori texnologiyali industriya, R&DPlaza-AT vodiysi, oliy ta’lim, turar-joylarning markazlashtirilishi, aholi joylashuvi va chet elliklar oqimi ko‘zda tutilgan. Bu hali boshlanishi. Kerak bo‘lsa, har bir tumanda “Smart city” larni barpo qilamiz. 
Bizning buyuk ajdodlarimizning avlodlari bo‘lgan xalqimiz jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatorida eng yaxshi sharoitlarda yashashga haqli. 

Gulbahor Saidg‘aniyeva suhbatlashdi.