Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

:Axborot xizmati:: Farg‘ona viloyat hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan O‘zbekiston tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

×

 2019-06-19 16:46:12    135

PDF yuklash
Chop etish




Axoli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yanada kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida 2019 yil 18 iyun kuni Farg‘ona viloyat hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan O‘zbekiston tumanidagi qishloq xo‘jaligi kasb-xunar kollejida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida Qo‘qon shahri, O‘zbekiston, Dang‘ara, Beshariq va Furqat tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. 
Qabul jarayonida barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda shahar, tumanlarning sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda jami 92 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita viloyat hokimiga 47 ta murojaat kelib tushdi. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan 12 ta bank krediti ajratishdagi muammolar, 6 ta tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar, 4 ta moddiy yordam ko‘rsatish, 
3 ta ishga joylashish va boshqa boshqa masalalarda murojaatlar tushdi. 
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 6 nafar murojaatchilarning masalasi joyida ijobiy hal etildi, 6 nafar murojaatchilarga tushuntirish berildi, 35 ta murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganib chiqish bo‘yicha qabulda ishtirok etgan viloyat boshqarma, tashkilotlari rahbarlari hamda shahar, tuman hokimlariga topshiriqlar berildi.
Dang‘ara tumani Teleming qishlog‘ida yashovchi Niyazova Xursanoyning “Ish xaqini ololmayotganligi masalasida”gi, O‘zbekiston tumani Qatag‘on MFY Temiryo‘lchilar ko‘chasi 42-uyda yashovchi Ergasheva Maxfuzaning “Kam ta’minlangan oila ekanligi va qaramog‘ida 2-guruh nogironi borligini inobatga olib, uy-joyini ta’mirlash to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston tumani Nurli qo‘rg‘on mahallasida yashovchi Eshmatova Shoiraxonning “Uyining hududidan katta kuchlanishli elektr tarmog‘i o‘tganligi sababli imtiyozli uy-joy olishda amaliy yordam berish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston tumani Obod qishloq MFY Obod ko‘chasida yashovchi Rasulova Umidaning “Tibbiyot kollejini tugatganligi, hozirda ishsizligi sababli mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi murojaatlarini ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 
O‘zbekiston tumani O‘qchi Dasht MFY Yangi yo‘l ko‘chasi 92-uyda yashovchi Tolipov Abdubannonning “Mahalla markazida bolalar sport inshootini qurish masalasida”gi, Beshariq tumani Quyi Zarqaynar MFYda yashovchi Bozorov Solijonning “Tadbirkorlik faoliyatiga oid masalasida”gi murojaatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ommaviy sayyor qabullar davomida kollej hududi ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan gavjum bo‘ldi. Tashkillangan kitob yarmarkasi qabulga kelgan tashkilot raxbarlari va fuqarolarda katta taassurot qoldirdi. 
Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Hasanboy Umurzaqov, 
Viloyat hokimligi bulim boshligi