Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

QORAQALPOQ DO‘STLARIMIZ - FARG‘ONADA

×

 2019-06-23 15:31:31    156

PDF yuklash
Chop etish



Qoraqalpoq o‘lkasi...
Tarixda “qora bo‘rklilar” deb ham atalgan, bir necha bor yurtdan ko‘chgan, alamdiyda xalq... “Qirqqiz”u “Shahriyor”da, “Alpamis”u “Yedigey”da ana shu dardlardan hosil bo‘lgan ijod mahsullari, xalqning orzu-umidlari mujassam. Tarixda Ajiniyozu Berdaq shoirlar, o‘tgan asrda esa To‘lepbergen og‘alar shu el dardini kuylab o‘tgan. Ayniqsa, To‘lepbergen Qayipbergenovning “Qoraqalpoqnoma”, “Bobomga xatlar” asarlarini o‘qigan odam qoraqalpoq xalqini shu asarlar orqali sevib qoladi, hamdard bo‘ladi. “Bobomga xatlar” - Orol fojiasidan tug‘ilgan bir dard.
Bir kishi aytib bergandi: Qoraqalpoq o‘lkasiga borganimizda, qurib qolayozgan Orolni ko‘rib, “Orol ilgari qanday ko‘rinishda edi”, deganimizda, o‘sha yerlik kishining ko‘ziga bir tomchi yosh qalqib chiqdi-da, “Orol shu ko‘zimdagi yosh kabi edi”, deb javob berdi... Qoraqalpoq dardi hammamizning dardimiz, Orol dardi butun dunyoning dardi. 
So‘nggi paytlarda Prezidentimiz ushbu masalani ko‘tarib, dunyo hamjamiyatining ham e’tiborini qaratdilar. Qoraqalpoq o‘lkasiga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor barchamizni quvontiradi. Jumladan, Mo‘ynoq tumanini rivojlantirishga farg‘onaliklar ham hissa qo‘shmoqdalar. O‘rtada do‘stlik, hamkorlik, har tomonlama aloqalar mustahkamlanmoqda. 
Kuni kecha esa Farg‘ona viloyatiga Qoraqalpog‘iston Juqorg‘i Kenesi raisi o‘rinbosari Dovud Qurbonniyozov boshchiligida Qoraqalpog‘istondan shoir, yozuvchilar, tarixchi olimlar, jurnalistlar, san’atkorlardan iborat 100 kishilik delegatsiya tashrif buyurdi. 
Delegatsiya rahbarlarining qabul marosimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarning viloyat faollari bilan ushbu uchrashuvida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Fayzulla Qosimov so‘zga chiqdi va viloyat faollarini tanishtirib o‘tdi. 
Qoraqalpog‘iston Juqorg‘i Kenesi raisi o‘rinbosari Dovud Qurbonniyozov mehmonlarni tanishtirdi.
Qoraqalpog‘istondagi “Bilim” nashriyoti direktori, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Murod Nizamov, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oliy Majlis senati a’zosi Kenesboy Karimov, Qoraqalpog‘iston Xalq shoiri Baxtiyor Genjemurod, tarixchi olim, etnograf Maqset Qarliboyev, Farg‘onadan Yozuvchilar uyushmasi Farg‘oa viloyati bo‘limi raisi Enaxon Siddiqova, filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldosh Solijonov, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Topvoldi Xoldorov va boshqalarning so‘zlarida kitobxonlik, adabiy-ma’rifiy aloqalar, do‘stlik, fikr, tajriba almashuv kabilar ilgari surildi. Uchrashuv jarayonida qoraqalpoqlardagi qissaxonlik, oshiqlik dostonlari, qadimgi turkiy tilning qoraqalpoq tilida saqlab kelinayotganligi, kelgusida Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda adabiyot dekadalari o‘tkazish rejalari haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. 
Shundan so‘ng Farg‘ona shahridagi harbiylarning “Madaniyat va ma’rifat” saroyida Qoraqalpog‘iston o‘lkasi “Aykulash” milliy folklor ansambli, taniqli san’atkorlari va farg‘onalik san’atkorlar ishtirokida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsert avvalida F.Qosimov va D.Qurbonniyozovlar so‘zga chiqib, kechani tantanali ochib berdilar. Har ikki tomon o‘zaro esdalik sovg‘alari almashdilar. Qoraqalpoq milliy estradasi, milliy folklor ansamblining, ayniqsa, raqs jamoasining chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Marg‘ilondagi “Ijodkorlar bog‘i”da bo‘lib, “Ijod maktabi” faoliyati bilan tanishdi va bu yerda mushoira bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Qo‘shtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” oilaviy korxonasida ham bo‘ldilar. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan milliy matolardan tikilgan mahsulotlar mehmonlarning ko‘zini quvontirdi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Yozyovon tumanidagi 1200 nafardan ortiq qoraqalpoq millatiga mansub aholi yashaydigan Takalik mahallasiga olib borildi. Bu yerda mahallaga kiraverishda gullar bilan kutib olgan aholi vakillari orasida maktab o‘quvchilarining qoraqalpoq tilida aytgan she’rlari mehmonlarni xg‘ushnud etdi. Qishloq aholisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aholining yoshi katta oqsosqollariga qoraqalpoq choponlari kiygizildi. Qoraqalpoq do‘stlarimiz sovg‘a sifatida olib kelgan o‘tov ushbu maskanga o‘rnatildi. Mehmonlar ushbu hududdagi 35-umumta’lim maktabiga ham tashrif buyurdilar. Maktab raqs jamoasiga qoraqalpoq milliy liboslari sovg‘a qilindi.
“Tolquduqbuvo” dam olish maskanidagi mehmonlarimiz namoyish etgan konsert dasturi esa uzoq vaqt Takalik mahallasi aholisining yodida qoladigan eng katta voqea bo‘ldi. Jonli ijro, qadim turkona ohanglar va turkona raqslar barchaning yuragida mehr uyg‘otdi. Xalqimizning jonli ijrodagi haqiqiy san’atga oshuftaligi daqiqa sayin ko‘payib borayotgan tomoshabinlarning e’tirofi, qarsaklari, yuzlarida aks etgan hayajonlardan ma’lum edi. Sahnadagi qizlar va yigitlarning liboslari ornamentlari, yorqin ranglar va professional ijro ko‘ngillarni maftun etdi.
Ushbu bir kunlik tashrif kelgusidagi katta adabiy, madaniy, do‘stlik aloqalariga debocha bo‘ldi. 
Gulbahor Saidg‘aniyeva