Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘ona viloyati hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan Buvayda tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

×

 2019-07-03 10:42:40    172

PDF yuklash
Chop etish


2019 yil 2 iyul kuni Farg‘ona viloyati hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan Buvayda tumanidagi Yoshlar bog‘ida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 13 iyundagi 07-2083-sonli topshiriq xatiga asosan hududlarda axoli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yanada kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida tashkil etilib, unda Qo‘qon shahri, Oltiariq, Rishton, Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Qabul jarayonida barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda shahar, tumanlarning sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda jami 82 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita viloyat hokimiga 47 ta murojaat kelib tushdi. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining 11 ta uy-joy bilan ta’mirlash va ta’mirlash, 5 ta ishga joylashish, 4 ta bank krediti ajratishdagi muammolar, 6 ta moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa boshqa masalalarda murojaatlari ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan qabul natijalari bo‘yicha 11 nafar murojaatchilarning masalasi joyida ijobiy hal etildi, 5 nafar murojaatchilarga tushuntirish berildi, 32 ta murojaatlar amaldagi qonunlarga ko‘ra o‘rganib chiqish uchun qabulda ishtirok etgan viloyat boshqarma, tashkilotlari rahbarlari hamda shahar, tuman hokimlariga topshiriqlar berildi. 
Qo‘shtepa tumani Soybo‘yi MFY Archazor ko‘chasi 150-uyda yashovchi Raxmatova To‘tixonning “Turmush o‘rtog‘i bilan xaj safariga borishga amaliy yordam berish to‘g‘risida”gi, Uchko‘prik tumani Istiqlol ko‘chasida yashovchi Isroilova Nargizaning “Uyini devorini qurishda amaliy yordam berish to‘g‘risida”gi, Rishton tumani Minor MFYda yashovchi Voxidova Dildoraning “Buzilgan savdo do‘koni uchun joy ajratish to‘g‘risida”gi, Buvayda tuman Qo‘rg‘oncha MFY 1-Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida yashovchi Isaqov Rasuljon, Buvayda tuman Yangiqadam MFY Yangiqadam qishlog‘i Mustaqillik ko‘chasida yashovchi Qo‘shoqova Nodiraxon, Rishton tumani Amirobod qishlog‘i Polvonobod MFY, Navro‘z mahallasi 7-uyda yashovchi Abdumannobov Marufjonlarning ”Ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi murojaatlarini ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 
Ommaviy sayyor qabullar davomida kollej hududi ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan gavjum bo‘ldi. Tashkillangan kitob yarmarkasi qabulga kelgan tashkilot raxbarlari va fuqarolarda katta taassurot qoldirdi. 
Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Farg‘ona viloyati hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan

Buvayda tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi