Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Xalq so'zi": Farg‘onada toshdan qog‘oz ishlab chiqarish qo‘shma korxonasi ta'sis etildi

×

 2019-07-03 15:45:15    102

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg‘ona shahridagi “Sayqal” masuliyati cheklangan jamiyati va Hitoyning “Henan GX-Mach environmental Technoloji Co.LTD” kompaniyasi o‘rtasida 7 mln dollarlik toshdan qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tarihiy shartnoma imzolandi. Kelishuvga asosan,“Fergana stone paper company” Hitoy –O‘zbekiston qo‘shma korhonasi tasis etildi.
Avval habar berganimizdek, joriy yilning 25-27 aprel kunlari Hitoy Halq Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Bir makon-bir yo‘l” 2-Halqaro forumida  Farg‘ona viloyati hokimi SH. G‘aniev ishtirok etib, Ning Bo Stone Paper Environmental Materials Co., Ltd kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Tomas Hou bilan uchrashgan edi.
Bu loyiha Hitoy delegatsiyasining Farg‘ona shahriga tashrifi chog‘ida ham muhokama qilingan edi.
Bugungi kunda tarihiy jarayon ustida turibmiz, -deydi “Sayqal” masuliyati cheklangan jamiyati menejeri Temur Akramov.- CHunki Farg‘ona shahridaMDH mamlakatlarida yagona bo‘lgan toshdan qog‘oz ishlab chiqarish sanoati tashkil etilyapti. Loyihaning 3 mln.593 mln. dollariga uskuna va tehnologiyalar olib kelinadi va bir yilda 9 ming tonnadan ziyod toshdan qog‘oz ishlab chiqariladi.
Bir yilda mamlakatimizga 230 ming tonnadan ortiq qog‘oz mahsulotlari import qilinadi. Afsuski, ana shu qog‘oz mahsulotlari yangitdan qayta ishlanmaydi. O‘zbekiston uchun bu loyihaning ahamiyatli tomoni shundaki, katta miqdordagi valyuta resurslari iqtisod qilinadi,
Loyiha tashabbuskori Abdurahmon Niyozovning aytishicha, qog‘oz tayyorlash jarayonida ekologiyaga hech qanday zarar etmaydi, balki oddiy tosh yoki kaltsiydan foydalaniladi. Lekin tosh qog‘ozning sifati tsellyuloza qog‘oznikidan butunlay farq qiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot ekologik toza. Masalan, odatiy qog‘oz ishlab chiqarish jarayonidatsellyulozava katta miqdorda suv kerak bo‘ladi. Ana shu suvning uchdan bir qismi zaharli moddalar hisoblanadi. Toshdan qog‘oz ishlab chiqarishda esa suv kerak bo‘lmaydi. Bundan tashqari, mahsulot suvda erimaydi, yozuvlar uzoq muddat davomida o‘chib ketmaydi. Allergik kasalliklarni keltirib chiqarmaydi. Tan narhi va sifat darajasi oddiy qog‘ozga nisbatan bir necha barobar arzon.
Eslatib o‘tamiz, toshdan qog‘oz ishlab chiqarish industriyasi sanoat darajasida faqatgina Hitoy va Tayvan davlatlarida yo‘lga qo‘yilgan. Farg‘ona viloyati mamuriy markazida Hitoy va O‘zbekiston o‘rtasida bugungi imzolangan shartnoma esa ushbu mamlakatlar qatoriga O‘zbekistonni ham kiritib qo‘ydi.
Elyorjon EHSONOV, “Halq so‘zi” muhbiri.