Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

YaNGI O‘QUV YILIDAN FARG‘ONADA SEOJEONG UNIVERSITETI FAOLIYaT BOShLAYDI

×

 2019-07-05 13:46:32    4259

PDF yuklash
Chop etish



Farg‘ona viloyati va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona, iqtisodiy, biznes aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Ushbu aloqalar tibbiyot va ta’lim sohalarida ham natijali bo‘lmoqda. Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona shahrida Janubiy Koreyaning jahonda katta nufuzga ega oliy ta’lim muassasasi filiali ochilishi yuzasidan memorandum imzolangan edi. Kuni kecha Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Janubiy Koreyadagi O‘zbek-Koreya biznes markazi rahbari, Farg‘ona viloyatining faxriy fuqarosi Edvard Kim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 
Viloyat hokimligi qabullar uyida bo‘lib o‘tgan bu rasmiy uchrashuvga Koreyadagi Seojong universiteti prezidenti Park Joon Ho va bir guruh universitet o‘qituvchilari ham tashrif buyurdilar.
Viloyat hokimi mehmonlar tashrifidan mamnunligini bildirib, Edvard Kimning har safargi kelishi viloyat uchun samarali ekanligini va bu farg‘onaliklar uchun quvonchli ekanini bayon etdi. Shuningdek, viloyatda yangi universitet filiali ochilishiga katta tayyorgarlik ko‘rilayotgani, joriy yilning sentyabr oyidan filialga talabalar qabul qilinib, o‘quv faoliyati boshlanishi maqsadida ekanligini bildirib o‘tdi.
Edvard Kim, Park Joon Ho va Shuhrat G‘aniyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda universitetga qabul masalalari, uning joylashuvi, ajratiladigan yer maydonlari, ochiladigan fakultetlar bo‘yicha muhokama olib borildi. 
Ushbu universitet Xalqaro maqomga ega bo‘lib, Koreyadagi hamma universitetlar bilan aloqada bo‘ladi. Shu kungacha Janubiy Koreya tomonidan Toshkent shahrida uchta universitet filiali ochilgan, ularda 2-3 tadan fakultet faoliyat ko‘rsatadi. Farg‘onadagi universitetda esa 10 dan ortiq fakultetlar ochish ko‘zda tutilgan.
- Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti 2019-2020 o‘quv yilidan o‘z ish faoliyatini boshlaydi, hammasi bo‘lib 16 ta fakultet ochiladi, - deydi yangi universitet prezidenti janob Park Joon Ho. –Boshlang‘ich davrda ta’lim o‘zbek va koreys tillarida olib boriladi. Koreys tilini bilmagan talabalar uchun tarjimonlar jalb qilinadi, og‘zaki va yozma tarjimonlar orqali hech qanday muammosiz darsni to‘liq tushunishlari mumkin. 4 yillik o‘qish tugaganidan so‘ng talaba ikkita diplomga ega bo‘ladi, ikki tomonlama daraja oladi. O‘zbekistonda bakalavr diplomini olgach, Koreyaga borib yarim yil o‘qigandan so‘ng Koreya universitetining ham diplomiga ega bo‘ladi. Boshqa universitetlar bilan ham hamkorlik olib borilganligi uchun faqat Seojeong universiteti emas, boshqa universitetlarga ham yuboriladi, hamkorlikda ish bilan ta’minlanadi. Qabul jarayoni hozirgi kunda Koreya universitetlarida kechayotgan jarayon bilan bir xil tartibda bo‘ladi. Ya’ni maktab, litsey-kollejdagi oxirgi yillardagi reyting ballari ko‘rib chiqiladi, birinchi etapda bu imtihon o‘rniga o‘tadi, eng yuqori reyting ballarga ega abituriyentlar tanlab olinadi. Ikkinchi etapda esa universitet o‘qituvchilari suhbat o‘tkazadilar. Suhbatdan o‘tgandan keyin talabalikka qabul qilinadi. 
Yangi universitet Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti (KIUF – Korea International University in Ferghana) deb nomlanadi. Koreyalik hamkorlarimiz o‘zbek tilida xuddi shu nomda kitob nashr ettirib olib kelganlar, bunda qabul, yo‘nalishlar, kerakli hujjatlar va boshqa ma’lumotlar to‘liq berilgan.
2019 yilda 9 ta fakultet ochiladi, qolganlari esa keyingi yilga ochiladi. Eng asosiysi, bu yil ochiladigan fakultetlar ichida maktabgacha ta’lim, turizm menejmenti, koreys tili, go‘zallik menejmenti, kompyuter hisob-kitob menejmenti, internet va axborot-kommunikatsiya, avtomobilsozlik, arxitektura muhandisligi, elektrotexnika-gaz muhandisligi yo‘nalishlari bor. 2000 ta talaba qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Rasmiy qabul yakunida mehmonlarga viloyat hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Kunning ikkinchi yarmida koreyalik hamkorlarimiz Seojeong universiteti uchun ajratilgan joy bilan tanishish uchun bordilar. Shundan keyin Farg‘ona davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga rahbariyat hamda qabul jarayonlari bilan tanishish uchun tashrif buyurdilar. 
Janubiy Koreya Seojeong universiteti vakillarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi 4-5 iyul kunlari ham davom etdi.
4 iyul kuni Tadbirkorlar markazi binosida viloyatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari, litsey bitiruvchilari uchun Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti (KIUF – Korea International University in Ferghana)ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Koreya delegatsiyasidan “Koreya-O‘zbekiston biznes markazi” rahbari Edvard Kim, universitet prezidenti janob Park Joon Ho, vitse-prezident, professor Yu Seongi va boshqalar, viloyat hokimi o‘rinbosari M.Abdurahmonov, viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
M.Abdurahmonov viloyat hokimligi nomidan mehmonlarni qutladi hamda o‘z so‘zida bugungi kunda viloyatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida Janubiy Koreya davlati salmoqli o‘rin tutishiga alohida urg‘u berdi. Hozirgi kunda 20 dan ortiq Koreya bilan hamkorlikda korxonalarimiz faoliyat olib borayotganini ta’kidladi.
Tadbirda so‘zga chiqqan universitet prezidenti Park Joon Ho, Edvard Kim hamda taqdimotni o‘tkazgan vitse-prezident Jung Ji Won yangi universitetga qabul va o‘qish jarayoni, o‘qish yakunlangandan so‘ng ishga joylashish yuzasidan keng ma’lumotlar berdilar. Taqdimotdan so‘ng bitiruvchilar va universitet vakillari o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. 
Shundan so‘ng mehmonlar TATU Farg‘ona filiali, Ta’lim inspeksiyasi viloyat boshqarmasi va viloyat kollejlar boshqarmasida bo‘ldilar.
5 iyul kuni esa Farg‘ona politexnika instituti, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Farg‘ona shahridagi xususiy til o‘rgatish markazlari, Farg‘ona shahridagi “Sirius” xususiy maktabiga tashrif buyurdilar.
Janubiy Koreya delegatsiyasining ushbu tashrifi Farg‘ona viloyati uchun natijali bo‘ldi va oliy o‘quv yurtlarimiz qatoriga yana bitta oliy ta’lim muassasasi qo‘shildi. Ma’lumotlar olish uchun ushbu yangi Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti (KIUF – Korea International University in Ferghana) sayti ham faoliyat ko‘rsatmoqda (www.kiuf.uz). Viloyatimizda 2019-2020 o‘quv yilidan jami 9 ta oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatadi.
Gulbahor Saidg‘aniyeva