Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyati hokimligiga 2019 yil 6 oyi davomida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari to’g’risida

×

 2019-07-10 15:01:20    238

PDF yuklash
Chop etish


 

Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan kelib tushgan murojaatlarni o’z vaqtida ko’rib chiqish hamda ularda ko’tarilayotgan masalalarni belgilangan tartibda qonuniy hal etish choralari ko’rilmoqda.

2019 yil 6 oyi davomida barcha manbaalar orqali jami 13538 ta murojaatlar kelib tushdi.

Shundan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari elektron tizimi orqali 10111 ta, viloyat hokimligiga to’g’ridan-to’g’ri 1917 ta yozma murojaat, 1510 ta og’zaki murojaatlardir.

Murojaatlarning mazmun-mohiyatiga ko’ra, murojaatlar ko’proq boshlang’ich to’lovsiz uy-joy bilan ta’minlash, uy-joy qurish va tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun er maydonlari ajratish hamda moddiy yordam ko’rsatish masalalarida tushmoqda.

Eng ko’p murojaatlar tushishi Farg’ona (2236 ta), Qo’qon (1251 ta), Marg’ilon (1190 ta) shaharlari, Oltiariq (956 ta), Quva (808 ta), Rishton
(767 ta), Farg’ona (734 ta), Dang’ara (675), Uchko’prik (632 ta) va O’zbekiston
(547 ta) tumanlari hisobiga to’g’ri kelmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, aholini qiynab turgan muammolari bilan yanada jiddiyroq shug’ullanish lozimligini inobatga olgan holda viloyat hokimining 10 marta ommaviy sayyor qabullari o’tkazildi.

Eng ko’p murojaatlar tushayotgan hududlarda yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yanada kengaytirish, muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida viloyat hokimi va hokim o’rinbosarlarining sayyor qabullar jadvali tasdiqlanib, ular tomonidan o’tkazilgan sayyor qabullarda 1510 nafar aholi vakillarining murojaatlari qabul qilindi.

Hisobot davrida viloyat boshqarmalari va korxona tashkilotlari hamda shahar, tuman hokimliklarining murojaatlar bilan ishlovchi xodimlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida viloyat hokimligi apparati hodimlari uchun, viloyat “Mahalla” jamoat fondi binosida mahalla faollari uchun, Farg’ona shahar yuridik kollejida shahar, tuman hokimliklarining murojaatlar bilan ishlovchi va ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun, Farg’ona shahar hokimligi bazasida boshqarmalar va hokimliklar rahbarlarining birinchi o’rinbosarlari va huquqshunoslari hamda boshqa mas’ul xodimlari uchun o’quv-seminarlari o’tkazildi.

Shuningdek, viloyat hokimligining 2019 yil 28 martdagi yig’ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ish yuritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, topshiriqlar bajarilishida nazoratni tizimli yo’lga qo’yish bo’yicha seminarlar tashkil etish reja-jadvaliga asosan barcha shahar, tuman hokimliklarida amaliy seminarlar o’tkazildi.

Viloyatda murojaatlar bilan ishlashning ahvoli 46 ta shahar, tuman hokimliklari va boshqarmalarda o’rganilib, natijalari kengaytirilgan yig’ilishlarda muhokama etildi.

Viloyat hokimligiga barcha manbaalar orqali kelib tushgan murojaatlar
8 marta tahlil etilib, viloyat boshqarmalari rahbarlari hamda barcha shahar, tuman hokimliklariga yo’l qo’yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralarini ko’rish yuzasidan nazoratli topshiriq xatlari yuborildi.

Tahlil va o’rganishlar yakunlariga ko’ra murojaatlarni ko’rib chiqishda kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’yganligi uchun 47 nafar turli darajadagi mas’ullarning intizomiy javobgarligi ko’rib chiqildi.

Olib borilgan ishlar natijasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarning 55,2 foizi, viloyat hokimligiga kelib tushgan murojaatlarning 48,4 foizi, shahar, tuman hokimliklariga bevosita kelib tushgan murojaatlarning 47,2 foizining ijobiy hal etilishi ta’minlandi va viloyat hokimligiga kelib tushayotgan murojaatlarning 6535 taga kamayishiga erishildi.

Viloyat hokimligi kelgusida ham murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularni o’rganish natijalari bo’yicha ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash choralarini ko’rib boradi.