Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘onada Xitoyning yirik qurilish kompaniyasi ish boshlaydi

×

 2019-07-17 19:20:16    166

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida urbanizatsiya jarayonlarini amalga oshirish harakatlari boshlanib ketdi. Jumladan, Farg‘ona viloyatida ham tuman markazlarida ham shahardagi kabi shart-sharoitlarni yaratish, har tomonlama rivojlangan turmush darajasiga erishishi uchun chora-tadbirlar belgilab olindi. Bugungi kunda ushbu ishlarni amalga oshirishda nafaqat o‘z ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarimizni ishga solish, balki chet ellik mutaxassislarni ham jalb qilishga kirishilgan.
Bugun Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy Majlis senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev hokimlik qabullar uyida Szyan Aymin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasining CCECC (Xitoy fuqarolik muhandislik-qurilish korporatsiyasi) korporatsiyasi vakillarini qabul qildi. 
Ushbu korporatsiya dunyoda uchinchi eng yirik qurilish kompaniyasi hisoblanadi. Korporatsiya aeroportlar, temir yo‘llar va boshqa inshootlar qurish bilan shug‘ullanadi. Uning vakillari O‘zbekistonga, xususan, Farg‘onaga 14 ta tuman markazida kanalizatsiya tizimini qurish loyihasi ustida ishlash maqsadida tashrif buyurganlar.
Viloyat hokimi Sh.G‘aniyev o‘z so‘zida “Bir makon, bir yo‘l” forumining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda, O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoriga chiqishida ahamiyatli ekanini ta’kidladi. Shuningdek, viloyatimiz aholisining 90 % i ichimlik suvi bilan ta’minlanganligini, kanalizatsiya tizimi bilan esa 47% ta’minlanganligini, aholida bunga ehtiyoj katta ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, SSESS kompaniyasi haqida shu forumdagi ishtiroki paytida ma’lumotga ega bo‘lganligi va ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilish istagi paydo bo‘lganini aytdi.
Janob Szyan esa Farg‘ona viloyatining istiqboli yaxshi ekanini, xalqimiz mehnatkashligi, bular davlat taraqqiyotining asosi ekanligiga urg‘u berdi va kompaniya Farg‘ona viloyati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini, mutaxassislar guruhi allaqachon tashkillanganini, bugun esa moliyalashtirish va investitsiya kiritish bo‘yicha mutaxassislar kelganlarini bildirdi. 
Rasmiy uchrashuv jarayonida hamkorlar ro‘yxati, kommunikatsiya masalalalari, loyihani amalga oshirish va hamkorlik shartlari haqida muzokara olib borildi, Xitoy taraqqiyot banki bilan hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimi albatta ushbu loyiha ikki tomonlama manfaatli asosda, O‘zbekiston va Xitoy qonunchiligiga muvofiq tarzda amalga oshirilishini ta’kidladi.
Szyan Aymin OAV uchun bergan intervyusida quyidagilarni so‘zladi:
- O‘zbekistonga birinchi kelishim. Xalqingiz mehnatkash va yaxshi yashashga intiluvchan ekanligi katta taassurot qoldirdi. Bizning SSESS kompaniyamiz Xitoyning eng yirik kompaniyasidir, biz mahalliy iqtisodiyotingiz rivojiga o‘z texnologiyamiz va investitsiyamiz bilan hissa qo‘shishga tayyormiz. Bugun kanalizatsiya tizimini modernizatsiyalash loyihasi dolzarb loyihalardan hisoblanadi, chunki hayot farovonligi, turmush darajasi ushbu tizimga ham bog‘liq, shuning uchun bu juda muhimdir. Biz O‘zbekiston va Xitoy hukumati rahbarligi va qo‘llab-quvvatlashi ostida sizning iqtisodingiz va hayot darajangizning rivojlanishi uchun o‘z kuchimizni sarflashga tayyormiz. Xalqlarimiz qadimdan do‘stlik aloqalarida bo‘lib kelgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Prezidenti ham qo‘llab-quvvatlayotgan “Bir makon, bir yo‘l” g‘oyasi ushbu tarixiy, qdimiy aloqalarimiznnig mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolari loyiha amalga oshiriladigan ob’ektlarni ko‘rishga bordilar. Hozircha Quvasoy, Beshariq va Buvayda tumanlarida xitoylik hamkorlarimiz loyiha ustida ish olib boradigan bo‘ldilar.

Gulbahor Saidg‘aniyeva