Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Axborot xizmati:: Farg‘ona viloyati hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan Marg‘ilon shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

×

 2019-07-17 19:25:11    274

PDF yuklash
Chop etish





2019 yilning 17 iyul kuni Farg‘ona viloyati hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.G‘aniyev tomonidan Marg‘ilon shahar 1-Davlat ixtisoslashgan umumta’lim maktabida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 11 iyuldagi 07-1620-sonli topshiriq xatiga asosan hududlarda aholini qiynab kelayotgan va ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘layotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rish, fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilib, unda Marg‘ilon, Farg‘ona va Quvasoy shaharlari, Farg‘ona, Quva tumanlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Qabul jarayonida barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, prokuratura, IIB va sud organlari hamda shahar, tumanlarning sektor rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda jami 122 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita viloyat hokimiga 86 ta murojaat kelib tushdi. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining 25 ta uy-joy bilan ta’minlash va ta’mirlash, 8 ta ishga joylashish, 4 ta bank krediti ajratishdagi muammolar, 7 ta moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalarda murojaatlari ko‘rib chiqildi.
O‘tkazilgan qabul natijalari bo‘yicha 15 nafar murojaatchilarning masalasi joyida ijobiy hal etildi, 8 nafar murojaatchilarga tushuntirish berildi, 63 ta murojaatlar bo‘yicha amaldagi qonunlarga ko‘ra o‘rganib chiqish uchun qabulda ishtirok etgan viloyat boshqarma, tashkilotlari rahbarlari hamda shahar, tuman hokimlariga topshiriqlar berildi. 
Farg‘ona shahar O‘zbekiston ovozi ko‘chasi 14/14-uyda yashovchi Raxmonova Gulnora va boshqalarning “Noqonuniy qurilish to‘g‘risida”gi, Farg‘ona shahar O‘rmonchilar ko‘chasi 43-uyda yashovchi Mo‘sidinova Zulfiyaning “Ish bilan ta’minlash va to‘lov shartnomasi bo‘yicha mablag‘ni to‘lab berishga amaliy yordam berish to‘g‘risida”gi, Farg‘ona shahar Shodiyona ko‘chasida yashovchi Uzaqova Xalimaning “Ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, Toshloq tumani Turon ko‘chasi 50-uyda yashovchi Amriddinov Abdulalining “Farzandini topishda amaliy yordam berish to‘g‘risida”gi, Marg‘ilon shahar B.Marg‘iloniy ko‘chasi 294-uyda yashovchi Musayev A’zamning “Qurilish materiallari bilan ta’minlashda yordam berish to‘g‘risida”gi va boshqa qator murojaatlarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 
Ommaviy sayyor qabullar davomida maktab ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan gavjum bo‘ldi.
Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.