Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg‘onada Janubiy Koreyaning KOICA o‘quv markazi binosiga tamal toshi qo‘yildi

×

 2019-07-24 17:15:12    274

PDF yuklash
Chop etish


2019-yil 24-iyul kuni Farg‘ona shahrida “KOICA” o‘quv-markazi binosi qurilishiga ta’mal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Farhod Murodovich Toshpo‘latov, Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kan Chje Kvon, Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakili janob Cong Il, Bandlik va Mehnat munosa…batlari vazirining 1-o‘rinbosari Erkin Madorbekovich Muhitdinov ishtirok etdilar.

Farg‘onada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan yana bir istiqbolli loyiha amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasb-hunar va mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2017 yil 10 apreldagi 199-son qarori qabul qilingan. 
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan 2017 yil 20 dekabrda Farg‘ona viloyat hokimligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida Farg‘ona shahrida “Kasb-hunarga o‘qitish markazi”ni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
Bugun mana sizlarning ushbu markazga yangi bino qurish uchun tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Koreya xalqaro hamkorlik agentligining ko‘magi bilan kasb-hunarga o‘qitish markazi 2,0 ga maydonda yangi bunyod etilib, yoshlarning bilim olish va kasb-hunar o‘rganishlariga yaqindan yordam beradi. 
O‘quv markazi uchun Koreya Respublikasi tomonidan 8,9 million AQSh dollari miqdorida grant ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 240 o‘rinli o‘quv binosi, mashg‘ulot va laboratoriya xonalari, uzoqdan kelib tahsil oluvchilar uchun zamonaviy yotoqxona, kutubxona, oshxona va sport maydonchasi Janubiy Koreyadan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy o‘quv jihozlari keltirib o‘rnatiladi. 
Kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘qitish 1 yilgacha bepul amalga oshiriladi va o‘qish davrida tayyorlanuvchilarga bandlikka ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Markazda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklarga, jumladan, elektr va elektronika, axborot texnologiyalari, tikuvchilik ishi, mashinasozlik ishlab chiqarishi, kosmetika buyumlari ishlab chiqarish mutaxassisliklari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitiladi. Dars mashg‘ulotlarini Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytgan tajribali pedagog va ustalar olib boradi.
Markaz bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.

G.Saidg‘aniyeva