Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG‘ONA VILOYaTI HOKIMI XITOYLIK FORUM IShTIROKChISINI QABUL QILDI.

×

 2019-08-08 11:51:45    59

PDF yuklash
Chop etish



Farg‘ona viloyatida kecha 7 avgust kuni Xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimida dunyoning 28 ta mamlakatidan eng yirik kompaniyalar rahbarlari, investorlar ishtirok etdilar. Ushbu Forum chet elliklarning Farg‘ona viloyatiga qiziqishini orttirishda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Bugun 8 avgust kuni Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy majlis senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev viloyat hokimligi qabullar uyida Xitoyning China-Eurasian Economic Cooperation Fund (Xitoy-Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik fondi) rahbari Sun Honghuini qabul qildi. 
Sun Honghui avvalo farg‘onaliklarga mehmondo‘stlik uchun katta minnatdorchilik bilan Forum ishiga yuqori baho berdi. Farg‘ona ularda juda katta taassurot uyg‘otganligini va hamkorlik qilish istagi tug‘ilganligini bildirdi.
-Ushbu Xalqaro investitsiya forumiga taklif etilganligim uchun minnatdorchilik bildiraman va Forumda ishtirok etganimdan baxtliman. Xalqaro Forum juda ham yuqori saviyada tashkillangan, - dedi o‘z so‘zida Sun Honghui. – Har doim O‘zbekistonga, ayniqsa, Farg‘ona viloyatiga qiziqishimiz baland bo‘lgan. Forum orqali biz O‘zbekistondagi, xususan Farg‘onadagi islohotlar, investitsion muhit bilan yanada yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘ylaymanki, kelajakda Farg‘ona vodiysiga, viloyatga investitsiya kiritib, hamkorlikda ish olib boramiz.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Sun Honghui o‘z kompaniyasi haqida ma’lumot berdi. Chine-Eurasian Economic Cooperation Fund kompaniyasi 2016 yilda tashkil topgan bo‘lib, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi asosida faoliyat olib boradi. Uning maqsadi MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishdir. Kompaniyaga Xitoyning ikki yirik banki – Xitoy Eksim banki va Xitoy Xalq banki ta’sischilik qiladi. 
Asosiy faoliyati aksiyalar bozorida qimmatbaho qog‘ozlar, munitsipal obligatsiyalar bilan ish olib borish bo‘lib, yangi ochilgan kompaniyalarga mablag‘ beradi. Kompaniyaning umumiy mablag‘i 1 milliard AQSh dollaridan iborat bo‘lib, mablag‘larni turli sohalarga investitsiya sifatida kiritishi va 1 million dollardan tortib 10 million dollargacha miqdordagi loyihalarda ishtirok etishi mumkin. 
Ushbu fond Chine Silk Road kompaniyasi kabi faoliyat olib boradi, faqat ushbu kompaniya asosiy e’tiborni MDHga qaratganligi hamda kichik va o‘rta hajmli loyihalarda ish olib borishi bilan farqlanadi.
Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev xorijlik mehmonning tashrifidan xursandligi, fond faoliyatidan xabardorligi va kelgusidagi muvaffaqiyatlarimizda kompaniyaning yordamidan foydalanish niyati borligini aytdi. 
Joriy yilning 25-27 aprel kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” Xalqaro forumida ishtirok etgan Sh.G‘aniyev ana shu Forum tufayli Farg‘ona viloyatiga xitoylik yirik hamkorlarning e’tibori qaratilganligini alohida ta’kidladi. Buning natijasida bugungi kunda Farg‘onada qator qo‘shma korxonalar ish boshlamoqda.
Farg‘oan viloyati hokimligi axborot xizmati