Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Shuhrat G'aniyevning tadbirkorlarga murojaati

×

 2019-08-10 15:20:21    104

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 2 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisida berilgan topshiriqqa asosan Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Sh.M.G‘aniyevning tadbirkorlarga 
MUROJAATI


Assalomu alaykum, hurmatli tadbirkorlar !!! 
Farg‘ona viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirish, aholining daromadlar manbaini kengaytirish hamda ularni tadbirkorlik sohasiga jalb qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “..Tadbirkor bu haqiqiy fidoyi inson. Shaxsan men bunday insonlarni, ikkitagina ish o‘rnini yaratgan tadbirkorni boshimga ko‘tarishga tayyorman. Tadbirkor boy bo‘lsa, davlat ham, xalq ham boy bo‘ladi, tadbirkor yo‘liga qarshi chiqish davlat siyosati, Prezident siyosatiga qarshi chiqishdir” degan so‘zlari bugun har bir tadbirkorning yuragiga yetib bordi.
Bugun oddiy fuqaro tezroq tadbirkor bo‘lishga, tadbirkorlar esa o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, o‘z sohasiga yangilik va innovatsiyalarni joriy qilishga harakat qilmoqda.
2019 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatda 5 mingga yaqin yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil qilinib, ularning umumiy soni 
28,0 mingtaga yetdi.
Kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsuloti tarkibidagi ulushi 70 foizni, sanoat mahsuloti hajmida 40 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotida 97 foizni, kiritilgan investitsiyalarda 64,1 foizni tashkil qilmoqda. Viloyatda eksportning 80 foizi aynan kichik biznes sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 1,5 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, kreditlash hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 martaga ortdi.
“Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida 29346 ta fuqarolarva tadbirkorlarga 550 mlrd. so‘m imtiyozli (8 foiz) kredit mablag‘lari ajratildi.
Bundan tashqari, viloyatda “Qo‘qon” EIZ va 15 ta kichik sanoat zonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shu kungacha “Qo‘qon” EIZ hududiga qiymati 180 mln. dollar bo‘lgan 94 ta loyihalar joylashtirildi. Loyihalarda 6000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish belgilab olingan.
Mazkur loyihalarni ishga tushirilishi hisobiga yiliga 5,0 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va 200,0 mln. dollar miqdoridagi qismi eksportga yo‘naltiriladi.
Viloyatning 11 ta shahar va tumanlarida 15 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan bo‘lib, ularda 58 ta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Hozirgacha umumiy qiymati 110, 0 mlrd.so‘mlik 42 ta loyihalar foydalanishga topshirildi. Loyihalar doirasida 1120 ta ish o‘rinlari tashkil etildi.
Ayni paytda, viloyatning Rishton, Bag‘dod, Farg‘ona, Toshloq, Beshariq, Uchko‘prik tumanlari va Qo‘qon shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti natijasida joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyat iqtisodiyotiga 250 mln. AQSh dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi,68 ta yangi qo‘shma va xorijiy korxonalar tashkil etildi. 
Ushbu korxonalar asosan qurilish, charm poyabzal, kimyo, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Tailand va Kirg‘iziston davlatlari kapitali ishtirokida tashkil etildi.
Bugungi kunda viloyatimizda jami 351 ta qo‘shma va xorijiy korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
2019 yilning birinchi yarim yilligi davomida investitsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Hamkorlik aloqalarini davom ettirish maqsadida Janubiy Koreya va Xitoy davlatlariga tashriflar uyushtirildi.Tashriflar davomida bir qancha istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

G‘ayrat-shijoatli tadbirkorlar!
Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, erishilgan natijalar o‘z samarasini berdi va Farg‘ona viloyati respublikamizda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. 
Albatta, bu o‘z o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Buning zamirida mushtarak maqsad yo‘lida faollik va fidoyilik ko‘rsatayotgan xalqimizning ulkan mehnati yotibdi.
Ammo ushbu yutuq va muvaffaqiyatlarni mustahkamlash, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz uchun hali ko‘p ishlar qilishimiz kerak.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev viloyatimizga amalga oshirgan tashriflarida 2019 yilning 20 mayidan – 2020 yilning 20 mayigacha Farg‘ona viloyatida sanoat va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yili bo‘ladi, deya e’lon qildilar. Shu bois viloyatimizni 2019 – 2020 yillarda rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 27 trilliondan ortiq 643 ta loyihadan iborat yangi hududiy investitsiya dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur doirasida 2,5 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi. 
2019 yil may oyidan boshlangan sanoat va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yili viloyatimiz iqtisodiyotida, xalqimiz farovonligida qanchalik o‘rin tutishini yurakdan his etaylik. Zero, shu muqaddas zaminda tug‘ilib, o‘zini shu yurt fuqarosi deb bilguvchi har bir inson davlati, xalqi, uni ne-ne umidlar bilan tarbiyalab, voyaga yetkazganini yaxshi anglab yetishi va jamiyat oldidagi farzandlik burchini sidqidildan ado etishi zarur.
Bugun mamlakatimizda har bir xonadon, har bir oila kichik biznesga daxldor – kimdir fermer xo‘jaligi, kimdir ishlab chiqarish, kimdir xizmat ko‘rsatish korxonasi egasi, yana kimdir boshqa turdagi tijorat bilan shug‘ullanmoqda. Opa-singillarimiz kasanachilik asosida biznesni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, kollejni bitirayotgan uka-singillarimiz imtiyozli kredit olib, tadbirkorlikning yangi yo‘nalishlariga qo‘l urmoqda.

Aziz tadbirkorlar!
Tadbirkorlikni rivojlantirish – mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishi etib belgilangan. Keyingi yillarda biznes muhitini yaxshilash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bo‘yicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar qisqartirildi. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari tadbirkorlik istagidagilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Natijada o‘tgan qisqa davr mobaynida viloyatimizda yangi tashkil etilgan sub’ektlar soni 2,3 baravarga ko‘paygani buning tasdig‘idir. 
O‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan tadbirkor va bunday tadbirkorlardan iborat bo‘lgan toifa bu boylikni yanada ko‘paytirish, asrab-avaylash, o‘zini va oilasini boqish, shu bilan birga, davlat va jamiyat zimmasida bo‘lgan ko‘pgina vazifalarni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Eng muhimi, o‘z yurtida tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda himoya qilish uchun astoydil jon kuydiradi.

Qadrli tadbirkorlar!
Jamg‘argan pullaringizni ishonchli hamkorlaringiz faoliyatiga sarmoya sifatida kiritib, doimo harakatda tuting. Shundagina sizning pullaringiz o‘zingiz qayerda yurmang, doimo hisobingizni to‘ldirib turadi.
Katta, porloq kelajakli va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun xorijdan investorlarni jalb etib, qo‘shma korxonalar tashkil etaylik. Dunyoning turli davlatlarida biz uchun eng ishonchli hamkor bo‘lgan tadbirkorlar safi tobora kengayib borayotgani quvonarlidir.
Bugungi kunda bu davlatlar tadbirkorlari bilan viloyatimiz tadbirkorlari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, o‘zining amaliy natijalarini bermoqda.
Mustahkam biznesni halollik va to‘g‘rilik asosida boshlang. Biznesdagi siz tanlagan soha yolg‘onlar, aldovlar, o‘g‘irlik va yashirin daromadlar asosiga qurilgan bo‘lsa, bir kun hammasi oshkor bo‘ladi. Bu esa biznesni albatta bankrotga olib boradi. Eng yaxshisi soliqlarni vaqtida to‘lab qo‘yib, xotirjam faoliyat yuritish yo‘lini tanlang.
Bugun oldimizda yil yakuniga qadar uch yuz mingdan ortiq ish o‘rni yaratishdek jiddiy vazifa turibdi. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan bu borada muhim chora-tadbirlar tashkillanmoqda, manzilli dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar!
Imkoniyatlaringizdan to‘liq foydalaning. Xalqimiz, vatandoshlarimiz chet ellarda ish izlab yurmasin, o‘z tug‘ilib o‘sgan Vatanida, farzandlari yonida mehnat qilib, farovon yashashi uchun yoshlarimizga munosib sharoitlarni yaratib beraylik!
Yoshlarimiz – kelajak bunyodkorlarining intellektual salohiyatini oshirish, ularning innovatsion g‘oya va tashabbuslari ro‘yobga chiqishi va yuksak marralar sari olg‘a intilishiga keng imkoniyatlar yaratib berish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod tadbirkorlarini shakllantirishga hissa qo‘shishimiz zarur.
Buyuk ajdodlarimizning avlodlari bo‘lgan xalqimiz jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatorida eng yaxshi sharoitlarda yashashga haqli. Ammo buni, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, hech kim chetdan kelib qilib bermaydi. Buni qalbi tubida his etgan har bir farg‘onalik ushbu ezgu safarbarlikka o‘z hissasini qo‘shmog‘i kerak. Shu fursatdan foydanib, Sizlarni ana shu buyuk maqsad yo‘lida, buyuk vazifani bajarishda birlashishga chaqiramiz!
Aziz Farg‘onamizning nurli kelajagi uchun kamarbasta bo‘laylik!

Barcha tadbirkorlar diqqatiga!
Bundan buyon Sizlarning murojaatlaringizni ko‘rib chiqishda shaffoflik va tezkorlikni ta’minlash, muammolarni tizimli hal etish, tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirish maqsadida haftaning har shanba kuni viloyat Tadbirkorlar markazida “Tadbirkorlar kuni”o‘tkazib boriladi.
Maqsadimiz aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada faol jalb etish va xususiy biznesini boshlashga, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining barcha bosqichlarida yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha sarsongarchiliklarsiz va qog‘ozbozliksiz tezkor hal etishdan iboratdir.
Ishonamizki, ezgu maqsad yo‘lida barcha farg‘onaliklar qo‘lni-qo‘lga berib, yelkadosh bo‘lib, yurt ravnaqi hamda xalqimiz farovonligining asosiy manbai bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini kundan-kunga rivojlantirib boraveradi. Bu esa, o‘z navbatida, yurt gavhari va marvaridi bo‘lgan Farg‘ona viloyatini mamlakatimiz miqyosida barcha sohalarda yuksak salohiyatga ega bo‘lishini ta’minlaydi.