Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruvining a’zosi “O‘zbekiston Qahramoni” bo‘ldi

×

 2019-08-29 10:07:33    369

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekistonimiz ayollarining ehtiromga munosib mehnatkash vakilasi, Xotin-qizlar qo‘mitasining qadrdon hamrohi, maslahatgo‘yi, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Lola Murotova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 avgustdagi Farmoniga asosan “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga munosib ko‘rildi. Lola Murotova O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruvining a’zosi hamdir.




O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining TABRIKNOMASI

Qadrli Lolaxon opa!

Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi bu ulug‘ unvonga qadar bosib o‘tgan uzoq yillik mehnatlaringizni, dala va tuproq bilan tillashish zahmatlaringizni, tabiatning injiqliklarini ayol boshingiz bilan yengib, vodiy bag‘rida gulu guliston yaratganingizni e’tirof etadi.

Fermerlik faoliyatingizning boshidayoq, avvalo, qishloq ayollarining mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning huquqlarini ta’minlash, ayolni e’zozlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratdingiz. “Ayol zoti mehnatidan qadr topsin, oilasida tinch va xotirjam yashasin, hayotidan rozi bo‘lib umrguzaronlik qilsin”, deya o‘zingiz ham hayotingizni, shijoatingizni dala mehnatiga bag‘ishladingiz va shu bois mudom ehtiromda bo‘ldingiz.

Siz O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshqaruvining a’zosi sifatida tizimni takomillashtirish, uning oddiy xalqqa yaqin usullarda faoliyat olib borishini ta’minlash, ayollar muammolarini hal etish va dardiga darmon bo‘lish borasida ham o‘zingizning Sharq ayollariga xos donishmandona maslahatlaringizni ayamay kelmoqdasiz.

Yurtimiz ayollarini hammadan ko‘p qadrlaydigan inson — muhtaram Prezidentimiz o‘tgan yillarda Siz rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligida bo‘lib, jamoangizning mehnatidan gullab-yashnagan dalalarni ko‘rib, erishgan yutuqlaringizni e’tirof etganlarida yurtimiz ayollari chin dildan quvonganliklari tabiiy. Bugungi yuksak unvon esa o‘sha mehnatlarga berilgan ulkan baho va xalqimiz qilgan duolar ijobati bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Siz munosib ko‘rilgan unvon oddiy dala mehnatkashlariga, butun Farg‘ona ahliga va mamlakatimizning barcha ayollariga muborak bo‘lsin!

Yosh qizlarimizga Sizning halol mehnatli va yorug‘ yo‘lingizni bersin!