Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'aniyev Lolaxon Murotovani O'zbekiston Qahramoni bo'lgani bilan tabrikladi

×

 2019-08-29 12:05:07    159

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova: Oddiy bir qishloq ayoliga ko‘rsatilgan yuksak e’tibordan boshim osmonga yetdi

Prezidentimizning farmoni bilan Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Lola Murotovaning “O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangani haqidagi xushxabar butun farg‘onaliklarni quvontirib yubordi. Qahramon opaning dala shiyponiga Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniyev va viloyat jamoatchiligi vakillari tashrif buyurib, davlatimizning yuksak unvoni bilan tabrikladi.

Hayoti, umrining mazmunini dehqonchilik rivoji-ravnaqida ko‘radigan Lolaxon opa istiqlol yillarida fermerlikdan chinakam baxt topdi. Opa hayot dorilfununini ado etdi. Traktorchi, oddiy ishchi, mexanik, tabelchi, brigadir, bo‘lim boshlig‘i, xo‘jalik raisi bo‘ldi. Markaziy Farg‘onaning cho‘l-dasht yerlarida paxta, boshoqli don yetishtirishda katta muvaffaqiyatlarga erishib, fermerlik sohasida o‘ziga xos tajriba va mahorat maktabi yaratdi. Hukumatning qo‘sha-qo‘sha ordenlariga, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” degan faxriy unvonga sazovor bo‘ldi.
Lolaxon Murotova hech bir mubolag‘asiz, dehqonchilik ilmi professori, akademigidir. Shu bois har bir nafasi, qarashi, hatti-harakatida g‘ayrat-shijoati barq urib turadigan fidoyi zamondoshimizning qaddi-kamoliga boqib, O‘zbekistonning g‘urur va iftixorining jonli timsolini ko‘rgandek bo‘lamiz. Fermerlikdan el aro hurmat topgan bu samimiy, tantilik barq urgan chehradagi chiziqlarda ilk bor chigit ungan kunlar, paxta guli ochilgan tonglar, paxtazorlar ko‘rkining ajib namunalari aks etgandek go‘yo.
– Oddiy bir qishloq ayoliga Prezidentimizning ko‘rsatgan yuksak e’tiboridan boshim osmonga yetdi, – deydi O‘zbekiston Qahramoni L. Murotova. – Hech qachon bu haqda o‘ylamagandim. Viloyat hokimimizning o‘zlari birinchilardan bo‘lib tabriklab, shunday deganlarida rosti juda ham hayajonlandim. Bunday e’zoz va e’tibor uchun davlatimiz rahbaridan minnatdorman.
“Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi madaniyat uyida davom etgan qahramon opani qutlash tadbiri katta shodiyonaga aylandi.

M. Sulaymonov, O‘zA