Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

To‘yga to‘yona AYoLLAR BANDLIGI –MUHIM MASALA

×

 2019-08-31 12:01:29    277

PDF yuklash
Chop etish



Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta ezgu tashabbus bo‘yicha dasturlar yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Beshinchi tashabbus dastur loyihasidan 2019-2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish masalalari o‘rin olgan.
Mustaqilligimizning 28 yillik bayrami arafasida beshinchi tashabbusga ko‘ra Qo‘shtepa tumani Qorajiyda qishlog‘ida bunyod etilgan “Qorajiyda” tikuv sexining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tikuv maskanining qisqa fursatlarda qurilib, foydalanishga topshirilishi hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar loyihasining tumandagi amaliy ifodasidir.
Tikuv sexining ochilish marosimi viloyat hokimligi vakillari, boshqarma va tashkilotlar boshliqlari, Qo‘shtepa tumani mutasaddilari va keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazildi.
Marosimda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilafruz Qosimova qo‘shtepaliklarni ushbu mo‘’jazgina yangi korxonaning ochilishi bilan samimiy qutladi va jamoaning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
– Qorajiyda qishlog‘imizda barpo etilgan bu tikuv-trikotaj seximiz ishga tushirilishi bilan 350 ta yangi ish o‘rni yaratildi, 5 ta qishloq xotin-qizlarining bandligi ta’minlandi, – deydi sex boshlig‘i, tadbirkor Yoqutoy Valiyeva. – Bu yerga zamonaviy Yaponiya va Xitoy texnologiyalari, eng so‘nggi rusumdagi tikuv dastgohlari keltirildi. Bu esa albatta, sifatli, xaridorbop mahsulotlar tayyorlanishiga zamin yaratadi. Bir oy mobaynida endigina chevarchilikni boshlayotgan ayollarimizga bu hunar sirlarini to‘liq o‘rgatamiz. Kelgusida tikuvchilik korxonasini yanada kengaytirib, tikuv-trikotaj mahsulotlarini yanada ko‘proq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz.
– Tikish va bichish kurslarida o‘qib, chevarchilikni yaxshi o‘rganib olmoqchiman, – deydi yigirma yoshni qarshilagan Ra’noxon Abdurasulova. – Tengdoshlarim qatori ishli bo‘lganligimdan, beshta tashabbus aynan yoshlar manfaatiga xizmat qilayotganligidan xursandman. Bu tikuv sexi qishlog‘imiz ayollari uchun istiqlol to‘yiga munosib to‘yona bo‘ldi.
Tikuv-trikotaj korxonasining ochilishi munosabati bilan bir piyola choy tashkil etildi. Kuy-qo‘shiqlar avjiga chiqib, ishli bo‘lgan ayollarni shodon davraga chorladi.
Sohiba ABDURAHMONOVA.