Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Taqdirlash marosimi MUKOFOTLAR MUBORAK!

×

 2019-08-31 12:33:15    111

PDF yuklash
Chop etish



Mustaqillik halqimiz hayotining ma"no-mazmunini butunlay o’zgartirgan, tarihimizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea. U, avvalo, milliy demokratik davlat qurish, dunyo mamlakatlari bilan teng bo’lib, farovon hayot barpo etishga zamin yaratgani bilan qadrli va mo’"tabar sanalsa, o’zligimizni anglash, halqimizning orzu-intilishlari, millij manfaatlariga javob beradigan kelajagimizni qurish jo’lini ochib bergani bilan abadiyatga daxldordir.

Aslida bugun mard va olijanob halqimiz, barkamol yigit-qizlarimiz erishayotgan olamshumul marralar, bunyodkorlik va yurtsevarlik qudrati bilan qad rostlagan muhtasham binolar, obodlik sururi kirib borgan shaharu qishloqlar, keng ko’lamli islohotlar zamirida ulug’vor tashabbuslar mujassamdir.

Qadr mehnatda bilinadi, izzat rag’batda, deydilar. Shiddat bilan kechayotgan jarayonning tomoshabini emas, uning ishtirokchisi bo’lish, tezkor davrning faol va tashabbuskor kishisiga ajlanish albatta o’z mevasini beradi. Fidoyilik, tinimsiz mehnat, o’z huzurini o’ylamaslik, halq manfaati yo’lida izlanish ertaga rag’batini topajak.

Muborak istiqlol ayyomi arafasida Prezident Farmoniga ko’ra ilm-fan, madaniyat, ta’lim, adabiyot, san’at, sog’liqni saqlash, sport sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, mustaqillik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo’shgan hissasi, jamoat ishlaridagi ko’p yillik samarali ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo’ldilar.

Kejingi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida qo’lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarga munosib hissasini qo’shayotgan, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni jalb etayotgan, eksport salohiyatini oshirishda samarali mehnat qilayotgan, do’stlik va totuvlikni ta’minlash borasida xizmatini ayamayotgan, yosh avlodni tarbiyalashda ibrat namunalarini ko’rsatayotgan davlat xizmatchilari va ishlab chiqarish, ijtimoij-iqtisodij sohalar xodimlari ham Prezidentimiz tomonidan munosib mukofotlandilar. Eng e‘tiborlisi va quvonchlisi shuki, ular orasida farg’onaliklar bor hamda ularning soni ko’pchilikni tashkil etadi! Bu esa shu muazzam kunlarda butun Farg’ona ahlini quvontirib, g’ururlantirib yubordi.

Viloyat hokimligida ana shunday yuksak mukofot egalarini taqdirlash marosimi o’tkazildi. Marosimda Oliy Majlis Senati a’zolari, deputatlar, boshqarmalar boshliqlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, mehnat fahriylari, yoshlar, OAV vakillari hamda mukofotlangan farg’onalik fidoyilar ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Shuhrat G’aniev tadbir ishtirokchilarini eng shukuhli bayram – Mustaqilligimizning 28 yilligi bilan chin dildan qutladi.

– Istiqlol ayyomi arafasida davlatimiz rahbari tomonidan bir guruh farg’onaliklarning davlatimizning yuksak unvonlari, orden, medallari bilan taqdirlanganliklari Vatan, uning istiqboli jo’lidagi fidoyilik va chinakam mehnatning munosib e"tirofi bo’ldi, – deya ta’kidladi viloyat rahbari. – Ajniqsa, Farg’onaning faxri Lolaxon Muratovaga “O’zbekiston Qahramoni” unvoni berilgani bayram shukuhini yanada oshirib yubordi.

Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat G’aniev, “Farg’onaazot” AJ tseh mashinisti Biloljon Ahmadjonovga “Mehnat shuhrati” ordeni, “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning cekh smena boshlig’i Dmitriy Budylkin, Quvasoy shahar “Maxsus plast polimer” MChJ ta"sischisi Shavkatjon Jo’ldashev, viloyat rus drama teatri oliy toifali aktyori Ol'ga Burmich, Oltiariq tumani “Agromaks dolina” horijiy korxonasi ta"sischisi Hakimnazar Mamatovga “Do’stlik” ordeni, yozyovonlik hunarmand Dilrabo Zulimova “Jasorat” medali, viloyat hokimining o’rinbosari Halimjon Umarov, Dang’ara tumani hokimi Saidmurod Aminjonovga “Sodiq hizmatlari uchun” medali, viloyat madaniyat boshqarmasi qoshidagi maqom ansambli xonandasi Sherali Rahmonov va qo’shtepalik 100 yoshdan oshgan Karim ota Sheraliyevga “Shuhrat” medali hamda qator zamonamiz qahramonlariga berilgan mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimida mukofotlangan, mehnati e’tirof etilgan hamyurtlarimiz so’z olib, yurt taraqqiyoti, Farg’ona ravnaqi jo’lida hormay-tolmay xizmat qilishga shay ekanliklarini samimiy tarzda izhor etdilar.

Qutlovlar, tabriklar mukofot egalariga yo’llandi.

–Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mukofotni qo’limga olar ekanman, shu Vatanning bir yosh vakili sifatida juda to’lqinlanib ketdim, –deydi “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Abdullajon Homidov. –Farg’ona politexnika instituti iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limiga rahbarlik qilar ekanman, yigit-qizlardagi qobiliyat, yangi kashfiyotlar, ilmiy izlanishlar yaratilgan sharoitlar bois yuzaga chiqishiga ishonaman.

–Quvonchimning cheki, adog’i jo’q, – deydi “Do’stlik” ordenini viloyat rahbari qo’lidan olgan Ol'ga Burmich. – Prezidentimiz tomonidan berilgan bu yuksak mukofot madaniyat, rus teatri, jamoamga bo’lgan e’tiborning yorqin namunasidir. Bu mening ilk mukofotim, ammo ishonch va faxr bilan ayta olamanki, yutuqlarim bardavom bo’ladi. Chunki men endi izlanishdan, yangi-yangi rollar bilan tomoshabin ko’ngliga kirib borishdan charchamayman!

–Yurtimizda sportga bo’lgan yuksak e’tibordan quvonaman, –deydi viloyat sport yakkakurashiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o’smirlar sport maktabi taekvando bo’limi o’qituvchisi Solijon Xudoyarov. – Shogirdlarimni 2020 yili Yaponiya poytaxtida o’tkaziladigan Tokio olimpiadasiga tayyorlashimda menga berilgan “Do’stlik” ordeni yanada kuch-quvvat bahsh etadi. Chempionlar safini kengajtirib, yurtimiz bayrog’ini ko’klarda hilpirashiga o’z hissamni qo’shaveraman.

Mukofotlar muborak, Farg’onaning aziz insonlari! Unvon, orden va medallar sizga buyursin! Mana shu rag’bat kuchi yana sizni oldinga intiltiraversin!

Sohiba ABDURAHMONOVA,

“Farg’ona haqiqati” gazetasi maxsus muxbiri.

Suratlarni Sherzod QORABOEV olgan.