Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Hurmatli tadbirkorlar va o’z faoliyatini kengaytirish istagida bo’lgan ishbilarmonlar!!!

×

 2019-09-07 16:08:22    68

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil    25 avgustdagi “Farg’ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish  chora-tadbirlari to’g’risida”gi  672-sonli qarori  hamda 2018 yil 12 dekabrdagi “Farg’ona viloyatida qo’shimcha kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1007-sonli qarorlari asosida Farg’ona viloyatining 11 ta shahar va tumanlarda jami 15 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etilgan bo’lib, hozirda ushbu kichik sanoat zonalarida 96 ta istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Kichik sanoat zonalaridagi bo’sh turgan bino va inshootlar va er maydonlariga tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish va istiqbolli loyiha tashabbuskorlarini tanlash maqsadida joriy yilning sentyabr oyida tender tanlovlari o’tkaziladi. Unda viloyatimizdagi barcha tadbirkorlar o’zlarining eksportbop, import o’rnini bosa oladigan xalq xo’jaligi, qurilish, avtomobilsozlik, elektro texnika va engil sanoat sohalarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Aniq talabgorlarning investitsiya kiritish bo’yicha puxta rejaga asoslangan Biznes loyihalari viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direktsiyasi” tomonidan joriy yilning            28 avgustidan 28 sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Kichik sanoat zonasi hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik sub’ektlariga, davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to’lovi stavkasi bo’yicha, amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsientlarni qo’llamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqarish ehtiyojlariga ko’ra elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanadilar.

Asosiysi, kichik sanoat zonalarida joylashadigan korxonalar investitsiya shartlarini bajargan holda, yuridik shaxslarning mol-mulk va foyda solig’i to’lovidan, shuningdek, yagona soliq to’lovidan ikki yil muddatga ozod etiladi. Shu davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning 30 % dan ko’p miqdori eksportga yo’naltirilsa, imtiyozlar qo’shimcha ravishda yana uzaytirib beriladi.

Tenderda quyidagi kichik sanoat zonalaridagi lotlar o’ynaladi:

Oltiariq tumani “Yangi qo’rg’on” MFY hududidagi tashkil etilgan kichik sanoat zonasining 10,1 ga dan iborat, jami 10 ta lotiga;

Qo’shtepa tumanida tashkil etilgan kichik sanoat zonasining bo’sh er maydonidan iborat, jami 3 ta lotiga;

Quva tumanidagi “Soyguzar” MFY, “Sanoatchilar” MFY  va “Turk” MFY hududida joylashgan 3 ta kichik sanoat zonasining bo’sh er maydonidan iborat, jami 33 ta lotiga;

O’zbekiston tumanidagi “Kichik tagob” MFY hududidagi 5,0 ga bo’sh er maydonining, jami 18 ta lotiga;

Yozyovon tumanidagi “Guliston” MFY hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasining bo’sh er maydonidan iborat, jami 24 ta lotiga;

Marg’ilon shahridagi Nadirmat KSZ dagi o’rni bo’shab qolgan 2 ta lotga;

Marg’ilon shahridagi Navro’z KSZ dagi o’rni bo’shab qolgan 3 ta lotga;

“Quvasoy” kichik sanoat zonasidagi o’rni bo’shab qolgan 19 ta lotga;

Farg’ona shahridagi “Farg’ona ko’prik xo’jaligini saqlashga ixtisoslashgan ta’mirlash foydalanish korxonasi” negizida tashkil etilgan kichik sanoat zonasining qattiq to’shamali bo’sh er maydonidan iborat, jami 2 ta lotiga;

Farg’ona shahridagi “Farg’ona Mexanika” kichik sanoat zonasining bino va inshootlar va er maydonlaridan iborat, jami 18 ta lotiga.

 

Eslatib o’tamiz: ushbu lotlar bo’yicha to’qimachilik,  xalq xo’jaligi va sanoat  tarmoqlarida eksportbop hamda import o’rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish  loyihalari qabul qilinadi.

Eng yaxshi loyihalar sanoat zonasi hududiga tanlov asosida joylashtiriladi.

Tanlov taklifini taqdim etishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Investitsiya summasi, moliyalashtirishning aniq manbalari, yaratiladigan ish o’rinlari, majburiyatlar muddati va ularni bajarish shartlari, ishlab chiqarish xom-ashyo resurslarining manbalari, mahsulot bozorining tanlanganligi va eksport hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar jamlangan Biznes-reja, korxona Nizomi va guvohnomasi nusxalari.

 

Shoshiling, qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

 

Tanlovga hujjatlar  2019 yilning 28 avgust kunidan boshlab  Farg’ona shahar Aviasozlar ko’chasi 2-uyda joylashgan Farg’ona viloyat hokimligi huzuridagi Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direktsiyasi  tomonidan qabul qilinadi. 

O’zingizni qiziqtirgan savollar bilan Farg’ona viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direktsiyasi”ning (90) 584 84 20, (90) 277-63-08, (93) 980-14-50, (91) 325-44-33 va (73) 226-46-36 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.