Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’onaga mediatur

×

 2019-10-28 13:04:11    105

PDF yuklash
Chop etish


Shu yilning 25-26 oktyabr kunlari mamlakatimizning bir guruh bosma nashrlari bosh muharrirlari, internet saytlari va teleradiokompaniyalar muxbirlari, blogerlar ishtirokida Farg’ona viloyatiga mediatur tashkil etildi.


Jurnalistlar Qo’qon shahrining sayyohlik manzillari bilan tanishdilar. Yangi ochilgan “Allomalar muzeyi”da bo’ldilar. Ijtimoiy tarmoqlarda ko’p muhokama qilingan Rishtondagi qayta qurilishning borishi haqida ma’lumot berildi. Hunarmandlarning uy ustaxonalariga bordilar. O’zbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova dala shiyponida uni bu yuksak unvon bilan tabriklashdi.

Safarning ikkinchi kuni “Farg’ona press-klub” sessiyasida qatnashib, “So’z erkinligi va so’z mas’uliyati” mavzusidagi baxs-munozaralarda o’z fikrlarini bayon etdilar. Quvasoydagi “Vodiy tulporlari” ot kompleksi, toshdan qog’oz ishlab chiqarish korxonasining qurilishi, O’zbekiston-Xitoy “Narimteks” tikuvchilik majmuasi faoliyati bilan tanishdilar. Marg’ilonda alloma shoir Erkin Vohidov haykali poyiga ehtirom gulchambari qo’yildi. An’anaviy hunarmandchilik – shohi va adras ishlab chiqarish ustaxonalarida bo’ldilar.


-Presstur Farg’onani yanada yaqinroq bilishimizga imkon yaratdi, - dedi O’zbekiston Milliy Axborot agentligi bosh direktori Abdusaid Ko’chimov. –Xalqning ahilligi, bunyodkorlik ishlari tahsinga loyiq. Bu erga kelgan har bir jurnalist o’zi uchun Yangi Farg’onani kashf etdi.


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.