Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG'ONADA JURNALISTLAR UChUN MEDIA-TUR TAShKIL ETILDI

×

 2019-11-23 15:14:58    90

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jurnalistlar ishtirokidagi yangi loyihani boshladi. Unda Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama sog'lom tarbiyalashga qaratilayotgan e'tibor natijasida viloyatlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasi bilan jurnalistlarni batafsil tanishtirish reja qilib olingan.

Shu maqsadda boshlangan dastlabki media-tur Farg'ona viloyatidan boshlandi. 22-23 noyabr kunlari respublikamizdagi bir qator OAV vakillari Farg'ona viloyatida bo'ldi.

Marg'ilon shahrida o'ziga xos mehmondo'stlik ruhida kutib olingan jurnalistlar dastavval shahardagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi faoliyati bilan tanishdilar. Ular shu kuni Farg'ona shahridagi ko'p tarmoqli sport majmuasi,  Quvasoy shahridagi “Vodiy tulporlari” majmuasiga ham tashrif buyurdilar.

 Media-tur dasturidan o'rin olgan Farg'ona shahrining al-Farg'oniy ko'chasi bo'ylab ommaviy yurish marafoni, velomarafon, Farg'ona davlat universiteti stadionida tonggi badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi. Yuzlab tibbiyot xodimlari, minglab yoshlar, keng aholi vakillari tonggi marafonda katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. 

–  Ommaviy marafon bizda har shanba kuni tashkil etiladi. Bu galgi marafonni 1 dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuniga bag'ishladik, – deydi  vrach-epidemiolog  Nargiza Ergasheva. – Marafonda bizga jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar vakillari ham hamrohlik qilishdi. Safimiz kengaymoqda. Sog'lom turmush tarziga amal qilish barcha uchun muhimligini yurtdoshlarimiz teran anglab etmoqdalar.


Jurnalistlar Farg'ona shahridagi suv sport saroyiga ham tashrif buyurdilar. Bu erda suzish va sinxron suzish bo'yicha tarbiyalanayotgan o'g'il-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg'ulot jarayonlarini kuzatdilar. Ana shunday samimiy tashrif viloyat sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabiga ham bo'ldi. Bugungi kunda ushbu majmuada 200 nafarga yaqin yoshlar sportning 12 turi bo'yicha saboq olayotgani, tennis bo'yicha 4 ta nufuzli musobaqaning aynan shu erda o'tkazilishi  samarali natijalarga asos bo'lmoqda.

Media-tur qatnashchilari shu kunning o'zida viloyat bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. “Neftchi” sport majmuasida bo'lib o'tgan yunon-rum va sambo turlari bo'yicha viloyat birinchiligi musobaqalari  ularning e'tiboridan chetda qolmadi.


Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik qilaman, elimga nafim tegsin, degan odam borki, ular har tomonlama qo'llab-quvvatlanyapti. Sport murabbiysi Ulug'bek Madaminov  ana shu imkoniyatlarga suyanib xayrli ishga bel bog'ladi. Bank sarmoyasi evaziga tadbirkor Farg'ona shahridagi “Yangi zamon” mahallasida mo''jazgina Olimpiya sport majmuasiga asos soldi. Ushbu majmua  aynan mehmonlar ishtirokida ilk faoliyatini boshladi. Bir vaqtning o'zida 30 nafarga yaqin ishtirokchiga xizmat qiluvchi mashg'ulotlar zali O'zbekistonda ishlab chiqarilgan sport jihozlari bilan ta'minlangani diqqatga sazovordir.

– Sportni rivojlantirish borasida Farg'ona tajribasini barcha hududlarda targ'ib qilsa arziydi, – deydi media-tur ishtirokchisi, O'zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri Ulug'bek Asrorov.– O'z navbatida bu kabi media-turlar barcha OAV vakillari uchun o'zaro tajriba va mahorat almashish imkonini beradi. Har bir hududdagi sport komplekslari va ularda yoshlarimiz erishayotgan yuqori natijalar barchamizni xursand qildi.


Media-tur qatnashchilarining keyingi manzili Qo'qon shahri bo'ldi. Mehmonlar bu erda ham yaqinda foydalanishga topshirilgan yopiq suzish havzasi hamda bolalar va o'smirlar sport maktablari faoliyati bilan tanishdilar.

Farg'ona viloyat hokimligi axborot xizmati.