Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

ADABIYOT BAYRAMI BAG'DODDA DAVOM ETDI

×

 2019-11-26 17:38:42    48

PDF yuklash
Chop etish


Taniqli yozuvchi va publitsist Anvar Muqimov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan bugun Bag'dod tumanidagi 16-bolalar musiqa va san'at maktabida bir guruh ustoz yozuvchi-shoirlar ishtirokida adabiyot bayrami tashkillandi.

 

 Buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o'rganish va targ'ib etish, yoshlarimizni o'zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar adabiyotsevar xalqimizning kitobga bo'lgan muhabbatini yanada oshiryapti, desak mubolag'a bo'lmas.

Shu ma'noda, an'anaga aylanib borayotgan va juda ko'plab yoshlarni o'z atrofida jipslashtirayotgan adabiyot bayramlari endilikda keng ma'no-mazmun kashf etayotgani quvonarlidir.

Farg'ona viloyati hokimligining tegishli chora-tadbirlar rejasiga asosan, o'zbek milliy adabiyotining yirik namoyondalari – Jahon otin Uvaysiy tavalludining 240 yilligi, O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 83 yilligi, taniqli yozuvchi va publitsist Anvar Muqimov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

Tadbir avvalida Bag'dod tumani hokimi Alibek Tursunov so'z olib, ishtirokchilarni tashrif bilan samimiy qutladi.

- Go'zal Farg'onamizda ulug' ustozlar nazariga tushgan, ular ishonchini oqlagan, o'zbek va jahon adabiyoti rivojiga munosib hissa qo'shgan, o'ziga xos ovozi va uslubiga ega bo'lgan xassos yozuvchi-shoirlar, o'tkir qalam sohiblari etishib chiqqan, - dedi tuman hokimi o'z so'zida. – O'zbekiston xalq shoirlari – Erkin Vohidov, Anvar Obidjon, Iqbol Mirzo, Enaxon Siddiqova va yana boshqa ko'plab ustoz ijodkorlar bilan biz – farg'onaliklar haqli ravishda faxrlanamiz. Ular qalamiga mansub asarlar bugun har bir o'zbek xonadonida mavjud va bu asarlarni har safar qo'lga olganda, otashin satrlarni o'qiganda yuragimiz faxr-iftixorga to'ladi.

Ayni kunlarda tavalludining 90 yilligi keng nishonlanayotgan hajvchi yozuvchi Anvar Muqimov ham o'z so'zini baralla ayta olgan ijodkor, eng dolzarb mavzularda qalam tebratgan publitsist sifatida o'zbek milliy adabiyotida munosib o'rin oldi. Ayniqsa, uning “Pinhona jang qissasi”, “Qo'qon shamoli”, “Kichkina bola emasman”, “Erinsangiz kulmang” kabi ko'plab asarlari kitobxonlar tomonidan hali-hamon sevib o'qilmoqda.

Tadbirda so'z olganlar, Anvar Muqimovning o'zbek adabiyotida tutgan o'rni, asarlarining ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, muallifning insoniy fazilatlari haqida alohida to'xtalib o'tdilar.

 

 Anvar Muqimov o'zining 64 yillik umri davomida o'zbek hajvchiligi rivojiga munosib hissa qo'sha oldi. “Qovun sayli”, “Bizning tashabbus”, “G'alati odamlar”, “Xotinimdan o'rgulay”, “Siz bir yondan, biz bir yondan”, “Chuqur tekshirish” kabi o'nlab asarlari orqali xalqimizning ijtimoiy hayotida ro'y berib turadigan ayrim nuqson va kamchiliklarni satirik uslubda ro'y-rost ochib berdi.

Tadbirda, muallif qalamiga mansub “Xotinimdan qo'rqmayman” nomli hajviya Hamza nomidagi musiqiy drama teatri aktyorlari tomonidan sahnalashtirilib, ishtirokchilar e'tiboriga xavola qilindi. Shundan so'ng O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Ijod” fondi mablag'lari hisobidan chop etilgan Anvar Muqimovning “Tanlangan asarlar”i taqdimoti ham o'tkazildi.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Muhsin Mo'minov, 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi folklor jamoasi hamda 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarining chiqishlari tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati