Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Respublika ko'rgazmasida viloyatimiz tadbirkorlarining muvaffaqiyatli ishtiroki

×

 2019-11-29 12:56:22    40

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil qilingan O'zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ko'rgazmasida viloyatimizdan  40 ta kichik va yirik biznes sub'ektlari ishtirok etdi va o'z ko'rgazmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Mazkur sanoat va kooperatsiya yarmarkasi tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishda va kengaytirishda juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Shuningdek, elektron kooperatsion portal (www.cooperation.uz.) faoliyati sheriklarni topish va iqtisodiy aloqalarni o'rnatishning muhim vositasi bo'lganligi bilan xam diqqatga sazovordir.

- O'n kun mobaynida davom etgan ushbu yarmarka barcha ishtirokchilar qatori viloyatimiz tadbirkorlarida ham katta taassurot qoldirdi, -deydi  viloyat  Savdo–sanoat palatasi boshlig'i Otabek Atabaev. - Ko'rgazma yuqori saviyada va ko'tarinki ruhda o'tdi hamda o'z oldimizga qo'ygan  natijalarga erishishimiz uchun imkoniyatlar eshigini ochib berdi.  

Ko'rgazma yopilish marosimida yarmarkada ishtirok etgan eng faol tadbirkorlik sub'ektlari aniqlanib, ularga turli nominatsiyalar bo'yicha maxsus diplomlar topshirildi.

Shuni mamnuniyat bilan e'tirof etish joizki, viloyatimiz vakillari “Viloyatlar o'rtasida eng yaxshi ko'rgazma stendi” nominatsiyasini qo'lga kiritdilar.

 

Qayd etish lozim, davlatimiz rahbari ko'rgazmaga tashriflari doirasida mahalliylashtirishni kengaytirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, sifatini ta'minlash orqali xaridorlar sonini ko'paytirish zarurligini alohida ta'kidlagan edilar.

Vazirlik va tarmoq rahbarlari hamda kichik biznes vakillari bilan muloqotlari chog'ida quyidagi ikkita: birinchisi ish o'rinlari yaratish va ikkinchisi import o'rnini bosuvchi va eksportga yo'naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida o'zaro hamkorlik sxemasini doimiy ravishda tashkil etish kabi masalani qo'ydilar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sanoat yarmarkasiga tashrifi tadbirkorlik sub'ektlariga sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoat va mintaqalarda mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ishlab chiqarish ob'ektlaridan to'liq va samarali foydalanish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish orqali butlovchi qismlar, ehtiyot qismlar va materiallar ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta yordam ko'rsatdi.

 

Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati