Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG'ONA VILOYATI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATIDAN

×

 2019-12-12 18:05:24    356

PDF yuklash
Chop etish


“Ishonch” gazetasining 2019 yil 30 noyabr №143-144 sonida “Ko'z ko'zga tushmaydi deb o'ylashmoqda(mi)” sarlavhali maqola e'lon qilingan. Unda ko'tarilgan masala yuzasidan shularni ma'lum qilamiz.

         Farg'ona tumani Shohimardon qishlog'ida 1988 yilda “O'zbekbirlashuv” paychilari mablag'iga restoran binosi qurilgan. Keyinchalik bu tashkilot tugatilgach bino O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyatiga beg'araz foydalanish uchun berilgan. Oradan yillar o'tsada jamiyat binodan foydalanmagan, biror so'm investitsiya kiritilmagan. Aksincha, bino kundan kun nurab borgan. Hatto molxonaga aylantirilgan. (video tasvirlar mavjud). Bu O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyatida  binoni tasarruf qilish, ta'mirlash uchun mablag' yo'qligi uchun bo'lsa kerak.  Maqolada aytilgan  “2018 yilda 300 nafar, joriy yilda ham 300 nafar ko'zi ojiz nogironlar maskanda maroqli dam olgan”i haqiqatga mutlaqo mos emas. Bu raqamlarni tasdiqlovchi hech qanday hujjat (ruyxat,qayd kitobi va h.k) yo'q.  Toshloq tumani ma'muriy sudining 2019 yil 16 sentyabrdagi hal qiluv qarorida ham bu holat ta'kidlangan.    

      Ikkinchidan, maqolada go'yo ma'muriy sud binoning mulkiy tavsifini e'tirof etganligi ta'kidlanadi. Holbuki, O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyati Farg'ona viloyat bo'limi raisi B. Boltaboev ma'muriy sudga “viloyat hokimligining Idoralararo komissiyasiga nisbatan uning xulosasi asosida ta'sirchan soliqqa tortilishi” ni bekor qilish yuzasidan murojaat qilgan.Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 sentyabrdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ №3928-sonli Qarori asosida tuzilgan “Ob'ektlardan samarali foydalanish bo'yicha Idoralararo komissiyasi” majlisining 2018 yil 17 dekabrdagi 69-sonli bayonida O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyatiga nisbatan Qarorning 4-bandida belgilangan soliqqa tortish tartibi qo'llanishi ko'rsatilgan. Unga ko'ra Farg'ona tumani, Shohimardon mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan bino-inshootlari “foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni” sifatida e'tirof etilib, mazkur mulkdorni  umumbelgilangan tartibdagi soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlarni to'lashga belgilangan tartibga o'tkazish choralarini ko'rish, qonunchilikka ko'ra soliq to'lovlari bo'yicha taqdim etilgan imtiyoz va preferentsiyalar amal qilishini  to'xtatish, Qarorda ko'rsatilgan ta'sir choralarini qo'llash hamda bu bilan bog'liq  harakatlarni amalga oshirish belgilangan.

      Oradan bir kun o'tgach, O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyati Markaziy Boshqaruvi Rayosatining 2018 yil 18 dekabrdagi 108-sonli qarori bilan “Shohimardon” dam olish maskani jamiyatning Farg'ona viloyat bo'limi balansiga o'tkazib berilgan. Lekin bu bilan ahvol mutlaqo o'zgarmagan.   Sud o'zining 2019 yil 16 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan “Idoralararo komissiya “Shohimardon” dam olish maskani mavsumiy ob'ekt ekaniga e'tibor qaratmasdan unga nisbatan ta'sirchan soliq qo'llanishi mumkin bo'lgan xulosa bergan”deb topdi va “... arizachi O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyati Farg'ona viloyat bo'limining javobgar Farg'ona viloyat hokimligi Idoralararo komissiyasiga nisbatan “Mansabdor shaxs hatti-harakatlari yuzasidan” shikoyat arizasi qanoatlantirilsin” degan qaror qabul qilgan. Bu erda mulkiy dahldorlik masalasi muhokama qilinmagan, u haqda qaror chiqarilmagan.

       Farg'ona tuman hokimligining binoni dastlab davlat zahirasiga qaytarib olishi va so'ngra “Ma'naviyat va ma'rifat markazi” Farg'ona viloyat bo'limiga berishi yuqorida qayd etilgan Qaror asosida amalga oshirilgan.     

      Oradan o'tgan qisqa vaqt davomida yuzdan ortiq quruvchi va mutaxassislar binoda qayta qurish va ta'mirlash ishlarini bajarmoqda. Yaqin kunlar ichida shoximardonliklar uchun bu erda 300 ishchi o'rinli tikuv-trikotaj, gilamchilik korxonasi va ayollarning sog'lig'ini mustahkamlash Markazi ochiladi. Bu esa ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan birga hukumatning Shohimardonda turizmni rivojlantirish borasidagi amaliy harakatlariga ham mosdir.

      Muxbir Jamshid Ergashev voqelikni joyiga berib o'rganmagan, ikkinchi tomondan vajlar yuzasidan munosabat so'ramagan, binoning qay ahvolga tashlab qo'yilganini aniqlamagan, sudning hal qiluv qarori mazmun-mohiyatini tushunib etmagan va bir yoqlama yondashuvda yozgan maqolasi bilan  ommani chalg'itishga harakat qilgan.  

      Biz “Ishonch” mamlakat OAV ichida eng o'qimishli gazeta ekanini va Farg'ona viloyatida uning minglab mushtariylari borligini e'tirof etgan holda har qanday ko'rinishda hamkorlik qilishga tayyorligimizni bildiramiz.      

                                            Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati