Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG’ONADA YIRIK SEMENT ZAVODI ISHGA TUSHDI

×

 2020-01-13 09:39:35    105

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati Beshariq tumanida sement ishlab chiqarishga mo’ljallangan “Farg'ona Yasin qurilish mollari” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasining birinchi bosqich loyihasi ishga tushirildi.







Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, Farg’ona viloyatida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida hududiy loyihalarni o’z vaqtida amalga oshirish va ijrosini ta'minlash borasida ishlar samarasida eng chekka hududlarda ham yangi korxonalar tashkil etilyapti. Asosiysi, xorijlik investorlar hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirmoqda. Mazkur yirik sement zavodi qurilishi investitsion loyihasi ham ana shulardan biridir. Qo’shma korxona “Great Amirxan oil” mas'uliyati cheklangan jamiyati va Xitoyning "Shanxi Xiangsheng" kompaniyasi tomonidan bunyod etildi.







Qo’shma korxonaning ochilish marosimida Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev so’zga chiqib, O’zbekiston-Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko’lam kasb etib, hududlararo aloqalar yo’lga qo’yilayotganligini ta'kidladi. “Shanxi Xiangsheng" kompaniyasining mazkur loyihasi ham buni yaqqol ko’rsatib turibdi. sement ishlab chiqarish liniyasi tantanali ishga tushirildi.

-Bir yarim yil ichida bu yerda xitoylik investorlarimiz bilan birgalikda keng ko’lamli ishlar bajarildi, -deydi “Farg'ona Yasin qurilish mollari” qo’shma korxonasi direktori o’rinbosari Erkinjon Mahmudov. –Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilib, loyihaning birinchi bosqichi ishga tushdi. Bu yerda bir kunda 2 ming 500 tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoni bor. Bugun ishga tushirilgan yirik sement zavodi nafaqat viloyat, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o’rin tutishishi shubhasiz. Loyihaning birinchi bosqichida 113 million dollar investitsiya o’zlashtirilib, 300 nafar yoshlar ish bilan ta'minlandi.

Ushbu investitsion loyihani amalga oshirish uchun aynan mazkur hudud tanlangani bejizga emas. Bu yerda ulkan xom ashyo zaxirasiga ega sement, ohaktosh va tuproq (glina) konlari mavjud. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 200 million dollarni tashkil etib, korxonada yiliga 2 million tonna sifatli sement ishlab chiqariladi. Loyihaning ikkinchi boqichi ishga tushgach, 700 nafar mahalliy aholi doimiy ish ta'minlanadi.







Korxonada ishlab chiqariladigan yuqori sifatli sement mahsulotlari nafaqat ichki bozorda sotiladi, balki, uning ma'lum qismi eksport qilinishi ko’zda tutilmoqda.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Suratlar muallifi M. Qodirov