Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“NEFTCHI” - “FARG’ONA VILOYATI HOKIMI KUBOGI-2020” SOHIBI!

×

 2020-02-07 17:50:32    440

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onada bo’lib o’tgan “Farg’ona viloyati hokimi kubogi-2020” musobaqasi poyoniga yetdi. Musobaqaning final uchrashuvida Farg’onaning “Neftchi” va Yaypanning “Turon” jamoalari ro’baro’ kelishdi. Shiddatli kurashlar ostida o’tgan hal qiluvchi o’yinda farg’onaliklar penaltilar seriyasida g’alaba qozonishdi.

Ayniqsa, Farg’ona Davlat Universiteti stadionida o’tkazilgan final o’yini juda shiddatli tarzda kechdi. Dastlab “Turon” futbolchilari hisobni ochishdi. Keyinchalik tashabbusni o’z qo’liga olgan “Neftchi” futbolchilari ketma-ket ikki marta raqib darvozasini aniq nishonga olib, oldinga chiqib olishdi.


Uchrashuvning hakam tomonidan qo’shib berilgan daqiqalarida yaypanliklar penalti orqali hisobni tenglashtirishdi. Shu tariqa, o’yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakun topdi. Reglamentga ko’ra, penaltilar seriyasiga navbat berildi. Penaltilar seriyasida esa raqibidan ustunroq bo’lgan “Neftchi” vakillari 4:1 hisobida g’alaba qozonishdi va bosh sovrinni qo’lga kiritishdi.


Final o’yindan keyin turli nominatsiya g’oliblari viloyat hokimligining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev “Neftchi” klubi a'zolariga kubokni tantanali ravishda topshirdi.



Bir necha kun davom etgan futbol bayrami ana shunday quvonchli voqealar bilan o’z nihoyasiga yetdi.


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube