Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Aprel 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

SENATORLAR XALQNING ICHIGA KIRIB BORMOQDA

×

 2020-02-11 14:32:49    372

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari hududlarda uchrashuvlar va sayyor qabullar o’tkazishmoqda. Aholi bilan tashkil etilayotgan ochiq va samimiy muloqotlarda fuqarolarning murojaatlari atroflicha ko’rib chiqilmoqda.

Farg’ona viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Sh. G’aniyev, Senatning fan, ta'lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi R. Mahmudova, “Ibrohimjon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, Oliy Majlis Senati a'zosi I. Sultonovlarning Farg’ona shahrida sayyor qabuli bo’lib o’tdi.

Qabul davomida fuqarolar asosan ish bilan ta'minlash, kredit olish, tibbiyot, kadastr hujjatlarini olish, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishdagi to’siqlar bo’yicha murojaat qilishdi.

“Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyilini amalga oshirish, hududlarda dolzarb muammolarni hal etishda senatorlarning ham xizmati katta. Ular shahar va tumanlarda, qishloqlarda aholi bilan uchrashib, muammolarini o’rganib, ko’plab masalalarni hal etishga yaqindan ko’maklashmoqda. Mana bunday sayyor qabullar ham bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir.

–2012 yilda “Sahovat” uyida shtatlar qisqarib, ishsiz qoldim , – deydi Farg’ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Feruza Iminova. – Hozirga qadar hech qayerda ishga joylasha olmayapman. Bugun bu borada amaliy yordam so’rab senatorlarga murojaat qildim. Ular murojaatimni ijobiy hal qilib, “Sahovat” uyiga hamshiralik vazifasiga ishga qabul qilindim. Albatta, buning uchun minnatdorligimni bildiraman.

Qabul chog’ida senatorlar tomonidan o’ttizdan ziyod murojaat tinglanib, ijobiy hal qilindi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube