Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Aprel 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

KUN CHIQAR YURT VAKILLARI QUYOSHLI O’ZBEKISTONDA

×

 2020-02-21 19:22:12    231

PDF yuklash
Chop etish


   2019 yil 17-20 dekabr kunlari mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi chog’ida  Yaponiya imperatori Naruxito  va hukumat vakillari bilan uchrashib, muzokaralar olib borgandi. Unda belgilab olingan O’zbekiston-Yaponiya munosabatlari, shu jumladan, istiqbolda rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yo’nalishlari bo’yicha amaliy ishlar olib borilyapti.

        Bugun 21 fevralda Farg’ona viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Farhod Toshpo’latov Yaponiya davlatining vakillari Xiroshi Vatase, Xiroshi Kodzima, Tsunouti Yoshinori janoblarini qabul qildi. 

Uchrashuv avvalida viloyat hokimi o’rinbosari kun chiqar mamlakatning vakillariga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, har ikkala mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohasidagi hamkorliklar haqida gapirdi. “Rishton-Yaponiya” madaniy iqtisodiy aloqalar markaziga “Qalaynav” qishlog’i hududida 3,0 gektar yer maydoni uzoq muddatli ijaraga berilgan. Shuningdek, ikki davlatning Savdo-sanoat palatalari, tadbirkorlari, ishbilarmon doira vakillari hamda manfaatdor tashkilotlari o’rtasida biznes forumlar o’tkazish, turizm bo’yicha madaniy yodgorliklar, dam olish maskanlari, sanatoriy va sihatgohlari haqida ma'lumot almashish kabi bir qator muhim yo’nalishlarda ishlar olib borilayotganligini aytib o’tdi.

Uchrashuvda Yaponiya davlatining vakili Vatase Xiroshi O’zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib, quyoshli mamlakat xalqining mehnatsevarligi va mehmondo’stligi yapon xalqi udumlariga juda ham mos keladi, dedi.      

   -Bizning delegatsiyamiz viloyatning Rishton tumanida eksportbop choy plantatsiyalarini barpo etish va bu borada zamonaviy texnolgiyalarni jalb etishni maqsad qilgan. Bu borada qishloq xo’jaligi olimlari va agronomlar bilan bu hududning ob-havosi, suvi va tuprog’i tahlil qilinmoqda. Bundan tashqari dengiz bo’yida joylashgan Maizuri shahri bilan Farg’ona viloyati o’rtasida har tomonlama iqtisodiy va agrar sohasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yamiz, -dedi Vatase Xiroshi.

       Shu kuni Yaponiya delegatsiyasi a'zolari Farg’ona viloyatning Rishton tumanida ham bo’lishdi.

                                           Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

                                                         Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube