Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

VILOYAT HOKIMINING SAYYOR QABULI “QUCHOQ OCHIB XALQ ICHIGA BORAYLIK...”

×

 2020-03-13 18:10:18    345

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 13 mart kuni O’zbekiston tumanidagi "Turkiston" mahalla fuqarolar yig’inida viloyat hokimi, 1-sektor rahbari Shuhrat G’aniyevning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo’yicha ommaviy sayyor qabuli o’tkazildi.

Unda, viloyatdagi boshqarma va bo’limlar, sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya, kommunal soha idoralari hamda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabul davomida 35 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan bevosita viloyat hokimiga 21 ta murojaat kelib tushdi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o’tgan sayyor qabulda viloyat hokimi har bir murojaatchi bilan suhbatlashib, unda ko’tarilgan masala va muammoni qisqa fursatda ijobiy hal etish uchun viloyat hamda tuman mutasaddi idoralari rahbarlariga zarur topshiriqlar berdi.

Tumanning "Shodlik" MFY, "Jangir" ko’chasi 44-uyida yashovchi Nodira Matxoliqovaning ishga joylashish, Beruniy nomli MFY, "Borliq" ko’chasida istiqomat qiluvchi Murodjon Meliqo’ziyevning mazkur ko’chadagi elektr ta'minoti xavfsizligini ta'minlash maqsadida beton tayanch ustunlar o’rnatish bo’yicha murojaati shu joyning o’zida ijobiy hal etildi.

"Shakarobod" MFY, Qaqir ko’chasida yashovchi Muxtasar Mamatqulovaning jazoni o’tash muassasasida bo’lgan farzandlarini afv etish masalasida qilgan murojaati ko’rib chiqilib, qonuniy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qabul jarayonida kelib tushgan boshqa murojaatlar borasida ham taalluqliligi bo’yicha har biri alohida o’rganilib, huquqiy va amaliy yo’l-yo’riqlar ko’rsatildi.

 

                              Farg’ona viloyati hokimligi axborot xizmati.   

                                        Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube

 

 

 

ghghgh