Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Aprel 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

XАLQ BIRLАSHАDIGАN KUN

×

 2020-03-20 12:40:28    211

PDF yuklash
Chop etish


Shu yilning 18 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi videoselektor yigʻilishida koronavirus muammosiga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda ushbu xavfli infeksiya dunyoning 160 dan ortiq mamlakatiga tarqaldi. Epidemiya keng yoyilib ketgani sababli Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti uni pandemiya deb eʼlon qildi. Аfsuski, bu yuqumli xastalik mamlakatimizni ham chetlab oʻtmadi.

Bu vaziyat oldindan toʻgʻri baholangan holda davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida Respublika maxsus komissiyasi tuzildi hamda yurtimizga kasallikning ommaviy kirib kelishi va keng tarqalishining oldi olinishiga erishildi.

Mamlakatimizning har bir hududida hokimlar rahbarligida maxsus shtablar tashkil etildi. Hududlar kesimida epidemiologik vaziyat boʻyicha kunlik maʼlumotlar tahlil qilinib, tezkor choralar koʻrib borilmoqda.

Prezidentimiz boshchiligida oʻtkazilgan selektordan soʻng viloyat hokimi va oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, soliq, sogʻliqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi, xalq taʼlimi viloyat boshqarmalari boshliqlari va boshqa ishchi guruh aʼzolari ishtirokida viloyat shtabining tezkor yigʻilishi oʻtkazildi.

Viloyat hokimi, maxsus shtab rahbari Shuhrat Gʻaniyev vaziyat toʻliq nazorat ostida ekanini aytib, hech qanday xavotirga asos yoʻqligi bois vahimaga tushmaslik borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqqa murojaati maʼno-mazmunini viloyatdagi vaziyat bilan bogʻlab tushuntirib berdi.

Аziz fargʻonaliklar!

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganlaridek, xalqimiz bu hayotning koʻp ogʻir sinovlarini va yaxshi-yomon kunlarini boshidan kechirgan. Millati, tili va dinidan qatʼi nazar, hammamiz yakdilmiz va, ishonamizki, bu qiyinchiliklar, albatta, oʻtib ketadi.

Hozirgi kunda viloyat boʻyicha sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazlarida 335 ta, davolash profilaktika muassasalarida 2098 ta maxsus himoya kiyimi va vositalari, 2554 kg zararsizlantirish moddalari va 220 dona avtomaks (purkagich) apparatlari zaxirasi yaratildi. Viloyat hokimligi tomonidan qoʻshimcha ravishda 1,2 tonna gipoxlorid kalsiy zararsizlantiruvchi moddasi, 40 ta purkagich, 20 ta masofadan turib oʻlchovchi termometr, 70 ta maxsus ish kiyimlar ajratildi.

Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni yotqizish uchun shahar va tumanlarda 100 dan ortiq zaxira oʻrinlari tashkil etildi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda 19 ta shahar va tuman boʻlimlarida maxsus bokslar, malakali mutaxassislardan iborat 22 ta tezkor brigadalar shay holga keltirildi. Ularga maxsus reanimobillar biriktirilib, himoya vositalari bilan taʼminlandi. Har bir shahar-tumanda eng kerakli 21 xil turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasi yaratildi.

Viloyatning chegara hududlarida joylashgan 8 ta sanitariya-nazorat punktlari tibbiy koʻriklar oʻtkazish uchun kerakli jihoz va anjomlar bilan taʼminlanib, tunu kun navbatchilik tashkil etildi. Chegara hududlarda bojxona postlari qoshidagi 5 ta nazorat punktlari masofadan turib istimali bemorlarni aniqlash uchun teplovizorlar bilan taʼminlandi.

Shu yilning oʻtgan davrida viloyatimizga endemik davlatlardan qaytgan 508 nafar fuqarolar nazoratga olindi. Hozirgi kungacha 381 nafarida 14 kunlik tibbiy kuzatuv muddati tugadi, 117 nafarida tibbiy kuzatuv davom etmoqda. Qirgʻiziston va Tojikiston bilan chegara hududlardagi 7 ta chegara oʻtkazish punktlarida chet el fuqarolarini yurtimizga kirib kelishi vaqtincha toʻxtatildi.

Belgilangan tadbir asosida savdo va oziq-ovqat, maishiy xizmat va ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi gavjum joylarda dizenfeksiya hamda zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda. Viloyatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari vaqtincha yopildi. Respublikamizning turli oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan 8414 nafar fargʻonalik talabalar toʻliq yashash manzillariga yetib keldi. Fargʻonaga boshqa viloyatlardan kelib taʼlim olayotgan 527 nafar oʻquvchi va 3835 nafar talbalar uylariga qaytarildi.

Prokuratura va soliq organlariga bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi sunʼiy oshishining oldini olish boʻyicha tegishli vazifalar yuklatildi. Har bir hududda prokuratura, departament, soliq inspeksiyasi, dehqon bozorlari rahbarlari va boshqa mutasaddi idoralar masʼul xodimlari ishtirokida ishchi guruhlari shakllantirildi.

Ishchi guruhlari tomonidan 27 ta dehqon bozorlari va ularda faoliyat olib borayotgan 15 mingdan koʻproq tadbirkorlar, 28 ta savdo komplekslari, 2950 ta oziq-ovqat doʻkonlari, 20 dan ziyod supermarketlar, 803 ta dorixonalar, 7 ta un va 2 ta oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subʼektlari narxni asossiz oshirmaslik, aks holda jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan choralar qoʻllanishi xususida rasman ogohlantirildi.

Navroʻz bayrami munosabati bilan dehqon bozorlarida aholiga arzon narxda kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun savdo yarmarkalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, viloyatdagi yirik savdo obyektlarida 521,6 tonna oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasi shakllantirilib, sotib boʻlingan mahsulotlar oʻrni peshma-pesh toʻldirilmoqda. Fargʻona, Margʻilon va Qoʻqon shaharlari aholisini qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlash maqsadida 17-31 mart kunlari tumanlardagi fermer, dehqon, chorvachilik xoʻjaliklari tomonidan mahsulot yetkazib berish reja asosida amalga oshirilmoqda.

Аyni shunday sinovli kunlarda viloyatning barcha hududlarida narx-navo barqarorligini taʼminlash, mahsulotni qoʻldan-qoʻlga oʻtishi va sifatini nazorat qilish, savdo tartib-qoidalarini qatʼiy taʼminlash boʻyicha mahalliy hokimliklar, sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi, soliq, monopoliya, statistika va veterinariya sohasi mutaxassislari biriktirilib, kunlik nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

Ishonamizki, Ibn Sinoning vahimaning oʻzi yarim kasallikdir, xotirjamlik yarim sogʻliqdir, sabr esa shifoning boshlanishidir, degan hikmatli oʻgitiga amal qilgan Fargʻona ahli milliy qadriyatlarimiz ruhida oʻzaro ahil va inoq, hamjihat boʻlib, bu kasallikni yorugʻ yuz bilan yengib oʻtishda faollik va fidoyilik xislatlarini namoyon etadilar.


Fargʻona viloyati hokimligi Аxborot xizmati

FacebookTelegramVeb saytYouTube