Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

YOZYOVON QUM BARXANLARI NIMA MAQSADDA FOYDALANILMOQDA?

×

 2020-05-15 10:48:32    385

PDF yuklash
Chop etish


So’nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumani hududidagi qum barxanlaridan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Shu munosabat bilan Yozyovon tumani hokimligi Axborot xizmatining Bayonoti va Sirdaryo-So’x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Raddiyasi e'lon qilingan.

Quyida ular bilan tanishasiz.

Yozyovon tumani hokimligi Axborot xizmatining

BAYoNOTI

      Ijtimoiy tarmoqlarda “Yozyovon tabiat yodgorligi yo’qoladimi?” sarlavha ostida maqola e'lon qilingan.

     Maqolani o’qigan kishida Yozyovon tabiiy yodgorligi hududidagi qum barxanlari talon-taroj qilinayotgani, undagi noyob hayvonlar yo’qolib ketayotgandek fikr uyg’onadi.

     Aslidachi?

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 martdagi farmoyishi va Farg’ona viloyat hokimining 2012 yil 5 iyuldagi 05-30/1786-sonli yer ajratish haqidagi kafolat xatiga asosan Yozyovon tabiiy yodgorligi hududida, “Markaziy Farg’ona” suv ombori qurilishi uchun qum kar'eri tashkil qilish maqsadida 2009-2011 yillarda Farg’ona viloyati 22-son Qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyasi buyurtmasiga asosan, “Gidroproyekt” OAJ tomonidan Yozyovon tumanidagi janubiy 4 va 5-qum zahira manbalarida geologik qidiruv ishlari olib borilib, aniqlangan zahiralari 2012 yil 16 may kungi Zahiralar markaziy qo’mitasining 18-sonli Protokol bilan Markaziy Farg’ona qum zahirasi 12417.2 ming m3 miqdorda tasdiqlangan.

      Suv ombori qurilishi ishlari munosabati bilan Markaziy Farg’ona qum zahira manbaidan foydalanish uchun “Yuggazspetsmontaj” unitar korxonasiga 4 va 5-sonli uchastkalar uchun 04.04.2013 yilda FR 0018 F5 seriyali noruda foydali qazilmalari o’z ichiga olgan yer qari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berilgan. Hozirda suv omborini qurish ishlari “O’zgidrotexnik” MChJ tomonidan davom ettirib kelinmoqda.

      Shuningdek, jamiyat tomonidan 4 va 5-sonli uchastkalarda (jami 100 ga yer maydonida) qum qazish ishlari olib borish uchun Davlat geologiya qo’mitasi tomonidan 2019 yil 22 oktyabrdagi FR 0108 F5 seriyali litsenziya berilgan bo’lib, uning amal qilish muddati 2022 yil 20 iyul kuniga qadar belgilangan (surati ilova qilinadi).

     Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan 2019 yil 24 iyulda suv ombori uchun bu hududdan qum olishga hulosa berilgan. (surati ilova qilinadi).

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 7 martda “Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’tkazilgan yig’ilish bayoni”ning 29-bandida Farg’ona viloyatidagi suv ombori qurilishini joriy yilda yakunlash maqsadida Yozyovon tumanidagi 5-sonli qum kareridan foydalanish masalasini hal etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish va Yozyovon o’rmon bo’limidan qum olishga Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi rozi bo’lsa, O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi e'tiroz bildirmasligini ma'lum qilgan.

    “Markaziy Farg’ona” suv ombori strategik ob'ekt bo’lib, Oltiariq, Buvayda, Bog’dod, Uchko’prik hamda Namangan viloyatining Pop tumanlarida qishloq xo’jaligini rivojlantirishda juda katta o’rin egallaydi. Mamlakat miqyosidagi bu suv ombori qurilishi Yozyovon tabiat yodgorligiga hech qanday xavf solmasligiga hukumat qarori, nufuzli qo’mitalarning litsenziya va xulosasidan ham bilsa bo’ladi.

        YoZYoVON TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

                                        ***             ***          ***

Yozyovon tumanidagi qum kar'eri bo’yicha ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga Sirdaryo-So’x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan berilgan                                                                             RADDIYa

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008yil 25 sentyabrdagi 214-17-sonli maxsus qaroriga muvofiq, Farg’ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Inshoot” qurilishi ishlari boshlangan. Loyiha smeta hujjatlari “Gidroproyekt”AJ tomonidan tayyorlagan bo’lib, Davlat ekspertiza xulosalari olingan.

Suv ombori qurilishida asosiy qurilish elementi to’g’on hisoblanib, to’g’on ko’tarish ishlari uchun qum to’liqligicha hududda joylashgan atrof yerlardan olinishi ko’rsatilgan. Loyiha qidiruv ishlari jarayonida ushbu uchastkalardagi qumning granulometrik tarkibi fizik va kimyoviy xossalari o’rganilib, loyiha smeta hujjatlariga Yozyovon tumani Davlat zahirasidagi qishloq xo’jalik xaritasining 2-konturida joylashgan 5-qum kar'eri foydalanish ko’zda tutilgan.

2008-yil qurilish boshlangan davridan 2018-yilgacha ob'ektda “Yuggazspetsmontaj” UK bosh pudratchi sifatida qurilish-montaj ishlarini bajargan va kar'erlardan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya orqali foydalanib kelgan.

2018 yil 28 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining maxsus bayonnomasiga asosan ob'ektda bosh pudratchi qilib “Uzgidrotexnik”MChJ (nomi o’zgargan Yozyovon maxsus suv qurilish” DUK) tayinlangan.

Ushbu qarorga asosan, “Inshoot” qurilishi uchun zarur bo’lgan qum kar'eri berilishi bo’yicha Yozyovon tumani hokimining 2019 yil 18 apreldagi №96-sonli,Farg’ona viloyati hokimining 2019 yil 16 maydagi №01-25/2109-sonli kafolat xatlari olinib, O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo’mitasidan 2019 yil 22 oktyabr kuni FR №0108-sonli kar'erdan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya olingan. YEr qari uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya olish jarayonidaO’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan 2019 yil 24 iyul kungi №01-01/10-08-1574-sonli Davlat ekologik ekspertiza xulosalari olingan.

Ekologik ekspertiza xulosalarida kar'erdan foydalanish davrida bir qancha talablarga amal qilish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan. Bugungi kunda ob'ekt qurilishi uchun ushbu kar'erlardan foydalanish jarayonida yuqoridagi talablarga, hayvonot va nabodot olamiga zarar yetkazmaslikka alohida e'tibor qaratilmoqda.

Sirdaryo-So’x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

                            

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube