Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

BUXORODAN MINNATDORCHILIK XATI KELDI

×

 2020-05-16 10:36:57    384

PDF yuklash
Chop etish


Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida sodir bo’lgan kutilmagan ofatlarni bartaraf etishda hamda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlardan jabr ko’rgan yurtdoshlarimizga ko’mak berishda xalqimizning birdamligi, insonparvarlik fazilatlari namoyon bo’ldi.

Farg’onaliklar birinchilardan bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish materiallaridan iborat saxovat karvonini jo’natdilar. Shuningdek, yaxshi qo’shnichilik an'analariga muvofiq, Qirg’iziston Res-publikasining Batken viloyati aholisiga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan ko’maklashish maqsadida insonparvarlik yordami ko’rsatildi.

Kuni kecha Farg’ona viloyati hokimi Sh.G’aniyev nomiga Buxoro viloyati hokimi K.Kamolovdan buxoroliklarning minnatdorchiligi bitilgan xat keldi. Unda quyidagi dil so’zlari yozilgan:

“Hurmatli Shuhrat Madaminovich!

Sizga va Siz orqali butun Farg’ona xalqiga 27 aprel kuni kuzatilgan kuchli shamol va yog’ingarchilik tufayli Buxoroning tabiiy ofatdan zarar ko’rgan hududlariga jo’natilgan eng zarur qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat gumanitar yordam uchun tashakkur izhor qilaman.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin kurash kechayotgan bugungidek og’ir sharoitda ko’rsatilgan ushbu yordam tabiiy ofatdan zarar ko’rgan fuqarolarimiz duch kelgan qiyinchiliklarga butun xalqimiz yelka tutayotganini yaqqol namoyon etib, birdamlik hissini yanada oshirmoqda. Biz bunday murakkab vaziyatda “Do’st kulfatda bilinadi”, degan hikmatni yanada teranroq his etmoqdamiz.

Buxoroliklarning samimiy duolari bilan Sizni va farg’onaliklarni Yaratganning o’zi doimo panohida asrasin!

Cheksiz ehtirom bilan K.Kamolov.


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube