Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

KICHIK SANOAT ZONALARI: IMTIYOZ VA IMKONIYATLAR

×

 2020-05-20 10:22:54    390

PDF yuklash
Chop etish


Kichik sanoat zonalarida 342,6 mlrd. so’mlik 52 ta loyiha ishga tushirilib, 1491 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Farg’ona viloyatining 13 ta hududida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Ular uchun 70,3 gektar ishlab chiqarish maydonlari ajratildi. Bu yerda umumiy qiymati 912, 2 milliard so’m bo’lgan bank sarmoyalari, xorijiy investitsiyalar jalb etilish orqali 142 ta yangi loyihalarni amalga oshirish, 5739 ta ish o’rinlari yaratish borasida ish olib borilmoqda.

Eng muhimi, kichik sanoat zonalarida eksportbop, import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi loyiha tashabbuskorlari kun sayin ortib bormoqda, istiqbolli taklif va murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu bejiz emas. Chunki kichik sanoat zonalarida ish boshlagan, investitsiya jalb etgan tadbirkorlik subyektlari yer va mulk solig’idan ozod qilindi. Bundan tashqari, yo’l, tabiiy gaz, suv, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar mahsulot tannarxini arzonlashtirish, sifatini oshirish imkoniyatini bermoqda.

Farg’ona shahridagi “Farg’ona mexanika” kichik sanoat zonasida hozirga qadar umumiy qiymati 33,9 mlrd. so’m bo’lgan 6 ta loyiha amalga oshirilib, 246 ta yangi ish o’rini yaratildi. Joriy yilning dastlabki ikki oyida, bu yerda 390,5 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Eksport 10,6 ming dollardan oshdi.

“Farantepkorpetes” mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo’shma korxona faoliyat ko’rsata boshlaganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Bu yerda turkiyalik sarmoyadorlar umumiy qiymati 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi investitsiya kiritdi. Shvetsiya texnologiyasi asosida gilam to’qish uskunalari olib kelib o’rnatildi. Mahalliy xom ashyolardan tayyorlangan gilamlarga ichki va tashqi bozorda talab tobora ortib bormoqda.

“Fores kolor” mas'uliyati cheklangan jamiyati ham kichik sanoat zonasida ishga tushirilgan istiqbolli loyihalardan. Bu yerda tayyorlanayotgan bejirim liboslar mahalliy va xorij bozorlari peshtaxtalarini to’ldirmoqda. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari 250 nafardan ortiq mahalliy yoshlar bandligini ta'minladi.

Joriy yilning ikkinchi yarmiga qadar dizaynerlik va bo’yash sexlari ham ishga tushiriladi. Bu bir vaqtning o’zida yana 200 ta qo’shimcha yangi ish o’rinlari yaratish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, Germaniya texnologiyasi bilan jihozlangan “Dolina mebel servis” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 1 mln. AQSh dollari bo’lgan loyiha amalga oshirilmoqda. Binoda ta'mirlash va qayta rekonstruksiyalash ishlari nihoyasiga yetkazildi, 400 ming AQSh dollari miqdorida uskunalar olib kelib o’rnatildi. Ayni kunda korxonada ofis mebellari ishlab chiqarish jarayoni boshlandi.

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 avgustdagi “Farg’ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek, davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 2018 yil 12 dekabrdagi “Farg’ona viloyatida qo’shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari ijrosini ta'minlash borasida keng ko’lamli amaliy ishlar olib borilmoqda, — deydi viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi” rahbari Shokirjon Ahmedov. — Hozirgi kunga qadar, kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati 342,6 mlrd. so’mlik 52 ta loyihalar ishga tushirilib, 1491 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Qolgan 90 ta loyihalar bo’yicha qurilish-montaj va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi umumiy maydoni 35,9 gektar bo’lgan bo’sh yer maydonlarining 131 ta lotlariga tender tanlovlari bo’lib o’tdi.

Ayni kunlarda kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga bo’lgan talab ortib bormoqda. Masalan, “Navro’z” kichik sanoat zonasidagi “Al safo Marva” va “Abdu Siddiq baraka” xususiy korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan atlas, adras va baxmallar. “Nadirmat” kichik sanoat zonasi ishtirokchisi “Seniorita” xususiy korxonasi tomonidan tayyorlanayotgan bejirim charm poyabzal mahsulotlari, “Saxovat biskvit” oilaviy korxonasining pechene, vafli va shirinliklariga qo’shni davlatlarda ham katta qiziqish bildirilmoqda.

Joriy yilda viloyatning yana 9 ta hududida qo’shimcha 13 ta kichik sanoat zonalari tashkil etish, ularni muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.



Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube