Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI HOKIMI SHUHRAT G’ANIYEVNING TADBIRKORLARGA MUROJAATI

×

 2020-06-09 15:17:22    42

PDF yuklash
Chop etish



Hurmatli tadbirkorlar!

Dunyoda insonning ruhiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va yashash tarziga ta'sir etadigan, yurtga munosabati, hayotga qarashlarini o’zgartirib yuboradigan shunday yangilanishlar bo’ladiki, bu jarayonga – tarixiy voqealar, buyuk bunyodkorliklar, deya ta'rif beriladi.

Xalqimizning ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik salohiyatini yaqqol namoyon etayotgan bu kabi ezgu tashabbuslar barchamizni mushtarak maqsadlar yo’lida o’zaro jipslashtirayotgani, ahil-inoqlik va hamjihatlikda yangi kun – yangi istiqbolga peshvoz chiqishga rag’batlantirayotgani naqadar quvonarlidir. Bunday yangilanish va o’zgarishlarni ko’rib, qalbimizda g’urur va iftixor tuyg’ulari jo’sh uradi. Shu bois har birimiz bugungi hayotbaxsh islohotlar jarayonida faol va fidoyi bo’lib, tarixiy burilish davrining shunchaki kuzatuvchisi emas, eng oldingi safdagi ishtirokchisiga aylanishimiz zarur.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli loyihalar, yangidan ishga tushirilgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlarimizning davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida o’rni va roli tobora ortib borayotganligini alohida mamnuniyat bilan ta'kidladi. Farg’onadagi yangilanish va o’zgarishlarga hamohang ravishda “Tadbirkor-bosh islohotchi” degan ezgu tashabbusni ilgari surdilar.

Davlatimiz rahbarining bu yuksak e'tiroflari va ishonchlari har bir farg’onalik tadbirkor uchun faxr va iftixor baxsh etadi, albatta.

Darhaqiqat, mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida Farg’ona viloyatida xalq farovonligining muhim mezoni bo’lgan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, faol investitsiyalar jalb etish va eksport salohiyatini oshirish, qurilish, sanoat, qishloq xo’jaligi, ilm-fan, ta'lim, sog’liqni saqlash singari sohalarda tadbirkorlarimiz tomonidan quvonarli natijalarga erishilmoqda.

Bu borada “Sayqal” ishlab chiqarish korxonasi rahbari Abdurahmon Niyozov, “Narimteks” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi rahbari Nargizaxon Aminova, “Maxsus plast polimer” MChJ ta'sischisi Shavkatjon Yo’ldoshev, “Agromaks dolina” xorijiy korxonasi ta'sischisi Hokimnazar Mamatov, “Straus Farm” qo’shma korxonasi ta'sischisi Mamasobir Hojiahmedov, “Mehrigiyo” MChJ rahbari Xondamir Nuriddinov, “Oltin vodiy metal mahsulotlari” MChJ rahbari Erkin Yunusov, “Shaffof omadli sanoat” qo’shma korxonasi rahbari Ulug’bek Toshmatov, “Global tekstil” MChJ rahbari Muzaffar Razzoqov, “Moderna keramik indastris”qo’shma korxonasi rahbari Dilmurod Ahmedov, “Ekspo kollor printeks” MChJ rahbari Abduqahhor Jo’raboyev, “Ekokerama” MChJ ta'sischisi Salohiddin Yunusov,  “Uz-Segang” qo’shma korxonasi ta'sischisi va rahbari Xurshid Normatov kabi ko’plab farg’onalik tadbirkorlar erishayotgan yutuqlarni faxr bilan aytib o’tish mumkin. Ayni kunlarda ushbu tadbirkorlar tomonidan hayotga tadbiq etilayotgan istiqbolli va innovatsion loyihalar, jahon andozalari darajasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yangi O’zbekiston brendini dunyoga tanitmoqda.

Ammo hali jamiyatimizda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, viloyatimizning barcha hududlarida yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas'uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirishimiz zarur.

Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida davlatimiz rahbari bu boradagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Har bir hududning yeri, resurslari, imkoniyatlari o’ziga xos. Bugun Farg’onaga kelishimizdan maqsad – bu imkoniyatlarni to’liq safarbar qilib, odamlarga ish o’rni, daromad manbai uchun sharoit yaratish, har bir tuman bo’yicha aniq reja shakllantirish. Qanday mehnat qilsak, shunday hayot bo’ladi, deya ta'kidladi Prezidentimiz.

Aziz farg’onaliklar!

Tadbirkorlik faoliyatini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilishi rejalashtirilgan “Tadbirkor-bosh islohotchi” g’oyasi barchamiz uchun muhim dasturilamaldir.

Ayni jihatlarni inobatga olib, Prezidentimiz “Farg’onaning tadbirkori - Farg'onaning islohotchisi” bo’ladi va keyinchalik u butun mamlakat miqyosida qo’llanib, “Farg’ona tajribasi” deya atalishini yuksak ishonch bilan e'tirof etdi.

Farg’onalik tadbirkorlar tomonidan joriy yilning o’tgan davrida viloyat iqtisodiyotiga 332,5 mln. AQSh dollari miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar kiritilgani, bugungi kunda viloyatda 415 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatayotgani hamda yil yakuniga qadar ularning sonini 600 tadan oshirish bo’yicha izchil sa'y-harakatlar olib borilayotgani bu boradagi ishlar ko’lami, imkoniyatlarimiz nechog’li yuqori ekanligidan dalolat beradi. Viloyatimizda yaqin yillargacha ham asosan paxta xom ashyosi eksporti ustuvor yo’nalish bo’lgan bo’lsa, endilikda uni chuqur qayta ishlash yo’lga qo’yilmoqda. Bu esa to’qimachilikdan tashqari oziq-ovqat, sanoat, qurilish materiallari, farmatsevtika tarmoqlari singari istiqbolli sohalarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda.

Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi chog’ida tadbirkorlarning moliyaviy holatini yaxshilash, ularga tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar hajmini oshirish bo’yicha bir qator topshiriqlar berdilar.

Xususan:

- 2020 yilda pul tushumi keskin qisqargan korxonalarni aylanma mablag’ bilan to’ldirish va eksportchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun 1 trillion so’m kredit ajratiladi;

- Kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkalari 21 foiz atrofida bo’lishi belgilanib, ya'ni Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining 5 foizlik kompensatsiya xizmati bilan kredit foizi 16 foizga tushiriladi;

- Jahon banki ishtirokida 2020 yil qishloq joylarda tadbirkorlik loyihalari uchun 26 million dollar miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari ajratiladi;

- Tijorat banklarining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 400 milliard so’m kredit ajratilishi ta'minlanadi.

Yaratiladigan imkoniyatlar va tadbirkorlarimizning faol tashabbuskorligi asosida kelgusi ikki yilda viloyatda 16,5 trillion so’mlik 1047 ta istiqbolli loyihalar amalga oshirilib, 41 mingta ish o’rni yaratiladi. Joriy yilning o’zida 7,1 trillion so’mlik 744 ta loyihani ishga tushirish va qariyb 21 mingta ish o’rni yaratish rejalashtirilgan.

Milliy hunarmandchilik sohasida 123 milliard so’mlik 2 ming 445 ta loyiha amalga oshirilib, 9 ming 200 ta yangi ish o’rni yaratilishi ko’zda tutilayotgani ham e'tiborga sazovordir.

Muhtaram tadbirkorlar!

Biz azaldan el chorlaganda “Labbay!” deya xizmatda kamarbasta bo’ladigan xalqning farzandlarimiz. Bugun zimmamizga ana shunday mashaqqatli, shu bilan birga sharafli vazifa yuklanayotgani ayni haqiqatdir.

Koronavirus pandemiyasi davrida bir qarashda oldimizda o’tish qiyin bo’lgan murakkab dovonlar turgan edi. Tarixning qadim so’qmoqlaridan mardonavor o’tib kelayotgan xalqimiz bu dovondan ham qat'iy ishonch, aniq va puxta reja, yuksak aql-idrok, eng asosiysi, ajdodlardan meros tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tufayli yorug’ yuz bilan o’tmoqda. Bundan har qancha faxrlansak, g’ururlansak arziydi.

Bugungi tinch-osoyishta, farovon hayot, nurli manzillar sari dadil odimlayotgan yurt – bularning barchasi uchun bosh omil bo’layotgan eng ulug’, eng aziz ne'mat tinchlikdir. Shu ma'noda, yangilanayotgan Farg’ona timsolida ulug’vorlik bilan birga go’zallik, ko’rkamlik va muhtashamlik mujassam. Bu borada mas'uliyat va daxldorlik tuyg’usi bilan yashash, mehnat qilish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish ulkan baxt. Shuning uchun ham jonajon Farg’onamiz har kuni yangi manzaralar ichra yangilanib bormoqda.

Biz yashab turgan jannatmakon diyorning fayzi va obodligi aqlu zakovat, tafakkur mahsuli bo’lsa, farg’onaliklarning tadbirkorligi, hamjihatligi, o’zaro mehr-oqibati yuksak ma'naviyatimiz hosilasidir. Bu teran ma'nolar zamirida ulkan maqsadlar bilan birga ezgu xitoblar yangraydi.

Yangilanayotgan, yangi Farg’onaning ertangi kun istiqboli uchun barchamiz faol va fidoyi bo’lib, farg’onaliklar serqirra fazilatli, o’ziga xos tadbirkorlik hislatlariga ega ekanligini butun dunyoga namoyon etaylik!


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube