Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

MUROJAATLAR BILAN ISHLASHDA MAS'ULIYAT VA JAVOBGARLIK

×

 2020-06-26 19:20:42    66

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Shuhrat G’aniyevning Quvasoy shahrida o’tkazilgan navbatdagi sayyor qabulida yigirmaga yaqin muammo va masalalar o’rganilib, ularning ijrosi bo’yicha alohida mas'uliyat bilan yondashishga jiddiy e'tibor qaratildi.

Sayyor qabul davomida Yuqori Mo’yan MFY hududida ichimlik suvi qudug’i qazish masalasida yordam so’ragan Nishonboy Karimovning murojaati ijrosi bo’yicha bir oylik muddat belgilanib, viloyat “Suvoqava” DUK rahbariga aniq vazifa yuklandi.

Adhamjon Mirzajonovning Pastki Valik hamda G’anijon Yo’ldoshevning Yuqori Mo’yan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini qayta tiklash yuzasidan qilgan murojaati viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i ishtirokida o’rganildi. Zuleyxa Mirzaqulovani shahar markazidagi sobiq hammom faoliyatini qayta tiklash masalasida qilgan murojaati shu joyning o’zida ijobiy hal etildi. 

“Shohdil Osiyo” MChJ rahbari Shohruh G’aniyev 2015 yili xorijdan meva qadoqlash tsexi uchun texnologiya olib kelgan. Ammo joy yo’qligi sababli ushbu tsex faoliyatini ishga tushirishga qiynalyapti. Viloyat hokimi qarori asosida yosh tadbirkorga Quvasoy shahrida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida joy ajratib beriladigan bo’ldi.

Sayyor qabulda Muhabbat Matozirovaning davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida bog’cha qurish, “Omadli Yulduzxon” oilaviy korxonasi boshlig’i Jaloliddin So’piyevning kredit olish, “Mega Fayz parranda” MChJ rahbari Botir Sotvoldiyevning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, “Quvasoy avtoilg’or” MChJ ta'sischisi Ikrom Xudoqulovga yo’lovchi tashish faoliyatini yanada kengaytirishga kredit ajratish masalasida qilgan murojaatlari qonuniy asosda ko’rib chiqilib, ijrosi bo’yicha mutasaddilarga aniq vazifalar topshirildi.

- Shu kungacha Quvasoyga viloyat markazidan qatnab ishlardim,-deydi Farg’ona shahrida yashovchi Dilnoza Qurbonova. – Viloyat hokimi sayyor qabulda murojaatimni ko’rib chiqib, ishimni mutaxassisligim bo’yicha Farg’ona shahar bandlikka ko’maklashish markaziga ko’chirish uchun mutasaddi rahbarlarga amaliy tavsiya berdi.

Farg’ona viloyati hokimligi axborot xizmati